Personalni boshqarish


Qonun - eng yuqori yuridik kuchga ega yuqori davlat hukumat organlarining huquqiy hujjatidir. Qaror -



Download 112,83 Kb.
bet3/11
Sana21.04.2022
Hajmi112,83 Kb.
#569198
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

Qonun - eng yuqori yuridik kuchga ega yuqori davlat hukumat organlarining huquqiy hujjatidir.
Qaror - yuqori va ayrim markaziy davlat boshqaruv organlari oldida turgan eng muhim va dolzarb masalalami echish va muayyan barqaror intizom qoidalami o’matish maqsadida mazkur organlar tomonidan qabul qilinadigan huquqiy hujjatdir.
Farmoyish - muayyan masalalami echish maqsadida rahbar shaxsan o’zi (avvalombor davlat boshqaruvining kollegial (bamaslahat) organi) tomonidan qabul qilinadigan huquqiy hujjatdir. Odatda uning amal qilish muddati cheklangan va faqatgina tor doiradagi tashkilot, mansabdor shaxslar va fuqarolarga tegishli.
Qaror - vakolat doirasida eng muhim masalalami echish uchun kollegial tartibda qabul qilinadigan ijro qo’mitalaming huquqiy hujjatidir.
Buyruq - eng muhim operativ masalalami echish uchun korxona, muassasa, tashkilotlar rahbarlari tomonidan qabul qilinadigan huquqiy hujjatdir. Bo’yruqlar yuqori turuvchi organlaming me’yoriy hujjatlami ijro etish ham, muassasaning ichki faoliyatini tartibga solish uchun tashabbuskorlik tartibda ham chiqariladi.
Yuqorida sanab o’tilgan me’yoriy hujjatlar ishlab chiqarishda xodimlami boshqarish chog’ida kadrlar xizmatlarining hujjatlarini ishlab chiqish va shakllantirishning asosini tashkil etadi. Hujjatlarning alohida guruhga xizmat xatlari, telegrammalar, telefonogrammalar bo’lib, ular tezkor xabarlar, topshiriqlar, hisobotlar, ma’lumotnomalar va h.k.ni etkazib berish uchun qo’llaniladi. Hisobot hujjatlari - kadrlar bilan ishlash bo’yieha turli davlat statistik hisobotlar, kadrlaming sifat tarkibi, kadrlar qo’nimsizligi natijalari va h.k. Shaxsiy tarkib bo’yieha hujjatlarga shaxsiy tarkib bo’yieha buyruqlar, arizalar, tavsifnomalar, mehnat daftarchalari, shaxsiy kartochkalar va boshqa shaxsiy ishga taalluqli hujjatlar kiradi.
Kelib chiqishi bo’yieha hujjatlar xizmat va shaxsiy hujjatlarga bo’linadi. Xizmat hujjatlari deb korxona, tashkilot va uning tarkibiy bo’linmalarining faoliyatini aks ettiruvehi hujjatlarga; shaxsiy hujjatlar deb esa alohida shaxslar tomonidan tuzilgan xat, arizalarga aytiladi (ishga qabul qilish uchun ariza, ish haqini to’lamagan holda ta’til berish va h.k.)
Paydo bo’lishi bo’yieha hujjatlar ichki va tashqi hujjatlarga bo’linadi. Ichki hujjatlarga mazkur muassasa ichida yaratilayotgan va qo’llanilayotgan hujjatlar, tashqi hujjatlarga esa boshqa tashkilot, korxona, muassasalardan keladigan hujjatlar tushuniladi.
Shoshilinchligi bo’yicha hujjatlar o’ta shoshilinch, shoshilinch va shoshilinch bo’lmagan hujjatlarga bo’linadi. O’ta shoshilinch va shoshilinch hujjatlar mazkur hujjatni ijro etish bo’yicha me’yoriy hujjatlarda o’rnatilgan umumiy muddatdan oldin ijro etish talab etiladi. Shoshilinchligi, odatda, rahbarning yozilgan ko’rsatma yoki hujjati ustida “O’ta shoshilinch” yoki “Shoshilinch” grifi qo’yiladi, bu esa ulaming ijro etishning navbatsiz va kechiktirmay ijro etilishi tushuniladi. Shoshilinch bo’lmagan hujjatlar bilan umumiy qoidalar bo’yicha ishlanadi va ularga hech qanday grif qo’yilmaydi.
Oshkoralik bo’yicha hujjatlar maxfiy, maxfiy bo’lmagan va xizmatda foydalanish uchun mo’ljallangan hujjatlarga bo’linadi. Maxfiy hujjatlar “O’ta maxfiy”, “Maxfiy” yoki “K”(konfedenstial) alohida belgiga ega. Maxfiy hujjatlar bilan ularga ruxsat etilgan xodimlar ishlaydi. Maxfiy bo’lmagan hujjatlar ochiq matbuotda chop etilishi mumkin.
Shakl bo’yicha hujjatlar individual va tipik hujjatlarga bo’linadi. Individual hujjatlar har bir yangidan yaratilayotgan hujjatlarga taalluqli bo’lib, undagi matn boshqa hujjatlarda takrorlanmaydi. Tipik hujjatlar bir xil boshqaruv holatini aks ettiradi va namuna sifatida olingan matn asosida tuziladi (kadrlar hisobini yuritish bo’yicha shaxsiy varaqa, shaxsiy kartochka, qabul qilish arizasi va boshqalar). Mazkur hujjatlaming doimiy qismi blankalarda chop etiladi, o’zgaruvchan qismi kadrlar xizmati xodimi tomonidan qo’l bilan to’Idiriladi yoki alohida hollarda kompyuterda teriladi (masalan, mukofot qog’ozini rasmiylashtirish).
Saqlash muddati bo’yicha hujjatlar doimiy, uzoq muddatli (10 yildan ortiq) va vaqtinchalik (10 yilgacha) saqlash mumkin bo’lgan hujjatlarga bo’linadi. Hujjatlami chop etish bosqichlari bo’yicha esa ularni homaki, asl nusxa, nusxa va dublikatga bo’linadi. Xomaki hujjat - dastlabki tahrir qilishdagi hujjat. Asl nusxa - qo’yilgan talabga muvofiq holda tuzilgan hujjatning birinchi nusxasi. Asl nusxa tegishli mansabdor shaxs tomonidan imzolangan taqdirda yuridik kuchga ega bo’ladi. Nusxa - asl nusxani to’g’ri ko’chirgan hujjat bo’lib, uning o’ng tomoni tepasiga “Nusxa” yozuvi qayd etiladi. Nusxalar oddiy va tasdiqlangan (notarial idoralar, kadrlar bo’limi, rahbar va boshqalar tomonidan tasdiqlangan) bo’lishi mumkin.
Ba’zida butun hujjat emas, balki uning bir qismini ko’chirish talab etiladi. Bunda ko’chirma (masalan, mehnat daftarchasidan, bo’yruqdan va h.k.) qilinadi. Dublikat - nusxa turi bo’lib, u yoki bu asl hujjat (masalan, mehnat daftarchasij yo’qolgan hollarda beriladi. U xuddi asl nusxadek yuridik kuchga ega.
Hozirgi kunda korxona va tashkilotlarda kadrlar bo’yicha unifikastion shakldagi hujjatlar tizimi qo’llanilmoqda. Ushbu tizim tashkiliy-topshiriqli hujjatlar unifikastion tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Uni ishlab chiqish maqsadi - ABU (avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimijda foydalana olish mumkin bo’lgan va hujjatlami qayta ishlash bo’yicha an’anaviy usullar sharoitida zarur bo’lgan unifikastion hujjatlashtirish majmualarini yaratishdan iborat. Ushbu hujjatlar tizimi barcha boshqaruv pog’onalarida foydalanish uchun tavsiya etiladi. Unga xodimlarni qabul qilish, boshqa joyga o’tkazish, ishdan bo’shatish, rag’batlantirish, ularga ta’til berish, intizom jarimalarini rasmiylashtirish bo’yicha vazifalami amalga oshirishni ta’minlovchi unifikastiyalashgan shakldagi hujjatlar va unifikastion shakldagi hujjatlardan foydalanish bo’yicha yo’riqnomalar kiradi.
Hujjatlami kadrlar hujjatlar turlariga bo’lish uchun qabul qilingan formulyarga muvofiq holda tuzish va rasmiylashtirish lozim. Hujjatning formulyari deb standart tarzda o’matilgan ketma-ketlikda joylashgan rekvizitlar yig’indisiga aytiladi. Hujjatning rekviziti - muayyan hujjat turining majburiy unsuri hisoblanadi. Har bir hujjat quyidagi asosiy rekvizitlarga ega bo’lishi lozim: yo’nalganligi (xizmat xatidan tashqari), muallif, mazmuni, sana, imzo yoki tasdiqlanishi va boshqalar.
Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlami:

  • pasport yoki uning o’mini bosadigan boshqa hujjatni, o’n olti yoshgacha bo’lgan shaxslar esa, - tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma va turar joyidan ma’lumotnomani;

  • mehnat daftarchasini, birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno. O’rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasi o’miga asosiy ish joyidan olgan ma’lumotnomani;

  • harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar tegishincha harbiy biletni yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnomani;

  • qonun hujjatlariga muvofiq maxsus ma’lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega shaxslargina bajarishi mumkin bo’lgan ishlarga kirayotganda oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar o’quv yurtini tamomlaganligi to’g’risidagi diplomni yoxud mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnomani yoki boshqa tegishli hujjatni taqdim etadi.

Fuqarolar ishga kirgan paytida yozma ariza yozadi, unda ular o’zining kasbi, malakasi, mutaxassisligi, lavozimini ko’rsatgan holda ularni korxona, tashkilot, muassasaga qabul qilishni so’raydi. Ariza uchun quyidagi rekvizitlar o’ziga xos xususiyatlarga ega:

  • yuboriladigan tomon (ariza kimga yuboriladi);

  • muallif;

  • muallifning yashashjoyi;

  • hujjat (ariza) turining nomi;

  • matn;

  • tuzuvchining imzosi;

  • tuzilgan sanasi.


Download 112,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish