Kadrlar xizmatida ish yuritishni tashkil etishga doir talablar
Zamonaviy ishlab chiqarishning murakkablashuvi, iqtisodiyotni boshqarishni qayta qurish kadrlar menejmenti sohasida axborotlar sonini sezilarli darajada oshiradi. Xizmat hujjatlarining hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Bir qator yirik korxona va birlashmalarda kadrlar xizmatlari hujjatlarini mashinali qayta ishlash tizimini joriy etilishi xodimlar sonini qisqarishiga olib kelmadi, aksincha, ish yuritish bilan bog’liq ishchilar sonining ko’payishiga olib keladi. Zero, boshqaruv xodimlari sonining oddiy o’sishi ijobiy samarani bermasa, kadrlar xizmati ish yuritish bo’yicha tashkiliy masalalarni echish uchun katta kuch talab etiladi.
Butun kadrlar menejmenti jarayonining samaradorligi ko’pincha hujjatlami qayta ishlash jarayonini to’g’ri tashkil etish va yanada to’liqroq avtomatlashtirishga bog’liq. Ko’p vaqt hujjatlar bilan ishlash uchun ketadi: dastlabki kо’rib chiqish, hisobni yuritish, saqlash, hujjatlarning ijro etilishini nazorat qilish, turli topshiriqlar va h.k.
Kadrlar xizmatida ish yuritishni tashkil etish quyidagi bir qator masalalarni echishni nazarda tutadi:
birinchidan, kadrlar bo’limining faoliyatini tashkiliy jihatdan to’g’ri tuzish va hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish bo’yicha eng unumli shakllami tanlab olish;
ikkinchidan, alohida ijrochilar va bo’linmalar o’rtasida ulaming malakasi bo’yicha vazifalami to’g’ri ajratish, zamonaviy ish yuritish usullarini tatbiq etish. Bu masala me’yoriy hujjat, standart, lavozim yo’riqnomalarini ishlab chiqish va joriy etish yo’li bilan hal etiladi. Kadrlar xizmatidagi inspektorlar va referentlaming lavozim yo’riqnomasini to’g’ri ishlab chiqishga alohida e’tibor berish lozim;
uchinchidan, kadrlar xizmati ishchilarining mehnatini to’g’ri me’yorlash. U ishchilaming har bir ish joyida normal mehnat qizg’inligi sharoitida ish kuni, xafta, oy va yil davomida ishchilaming normal mehnat yukini ta’minlashga xizmat qiladi, har bir ishchining faoliyatini baholashga yordam beradi;
to’rtinchidan, kadrlar xizmati xodimlaming malakasini oshirish va mehnat madaniyatini doimiy ravishda oshirish. Ushbu jarayonni tashkil etish kadrlar xizmati menejerining to’g’ridan-to’g’ri majburiyati hisoblanadi. U ham bevosita ishlab chiqarishda ishdan ajralgan yoki ajralmagan holda kurslami tashkil etish, ham ishchilarni institut, universitet va boshqa tashkilotlarga malaka oshirish kurslariga yuborish hamda amaliyot o’tash, shu jumladan xorijiy korxona va tashkilotlarda amaliyot o’tashni tashkil etish yo’li bilan amalga oshiriladi;
beshinchidan, ish joylarini unumli tashkil etish va qulay mehnat sharoitlami ta’minlash. Har bir kadrlar bo’limi xodimining ish joyi mutaxassisning aqliy va jismoniy harakatlari ishda noqulayliklardan qutilish emas, balki mehnat vazifalami bajarishga yo’naltirish maqsadida munosib ravishda tashkil etilishi lozim.
Qulay mehnat sharoitlari deb mehnat jarayonida insonning salomatligi va ishlash qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi ishlab chiqarish muhiti omillarining yig’indisiga aytiladi. Ushbu omillar sanitariya-gigiena sharoitlari (to’g’ri yoritilishi, maksimal darajadagi jimlik, optimal harorat, namlik); munosib mebellar to’plami va ish joylar uchun orgtexnika vositalari (yozuv stoli, idora javonlari, kompyuterlar uchun mo’ljallangan stollar, ko’tariladigan va aylanadigan stullar, kartotekalami saqlash uchun stellajlar), stol ustida turadigan kartoteka, konstelyariya mollar to’plami, telefon apparatlari, yig’majildlar, xatlar uchun maxsus tortmalar va h.k.) bo’lishi mumkin.
Kadrlar xizmati xodimlarining ish o’rinlari lavozim toifa va yo’riqnomalarga muvofiq holda jihozlanishi lozim. Kadrlar bo’limi xodimlarining ish o’rinlarini rejalashtirishda va jihozlashda quyidagi talablami hisobga olish tavsiya etiladi:
hujjatlar saralash uchun mebel, jihoz, stellajlar ulardan foydalanish qulay bo’lgan tarzda o’matish;
mehnat predmeti va vositalami bajarilayotgan operastiyalami hisobga olgan holda joylashtirish;
tezkor qayta ishlash talab etilmaydigan materiallami maxsus papkalarda saqlash.
Agar hujjatlar keyinchalik qayta ishlanishi talab qilinsa, ularni boshqa xodimlar ulardan bemalol foydalanishi mumkin bo’lgan joylarga qo’yiladi; kichik orgtexnika vositalari harakatlarini avtomatlashtirishga olib kelish uchun unga etib oladigan joyga joylashtirishi lozim. Barcha doimiy holda foydalanilayotgan materiallami kerak bo’lgan paytda ulami bemalol olish mumkin joylarga qo’yilishi; hujjatlami tez va xatosiz qidirib topish uchun turli rangdagi papkalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |