Internet orqali tajribalar olib borishdagi etik muammolar
Internetda ochiq bahslar yuritiladigan xalkaro forumlar mavjud bolib, ular xulq-atvor ustida tajriba olib boruvchi olimlarda qiziqish uygotadi. Bu bahslar xulq-atvorni organuvchi tadqiqotchining internetdagi ochiq saytlar -Internet Relay Chat va Multi-user dungeons (Miskevich, 1996) ga “yashirincha” kirish imkoniyatini beradi. Kiberfazoodatda jamiyatyutugi sifatida qaralsada, unda maxfiylik kafolatlanmaydi va ananaviy etik prinsiplarni qollab bolmaydi(Jones, 1994). Internet-tadqiqotlardagi ikkinchi etik muammo onlayn kirishni yoldan adashtirish imkoniyati mavjudligidir. Masalan, bolalar va aholining boshqa himoyasiz qatlamlari ozlari bilmagan holda tajriba subekti sifatida qamrab olinishlari mumkin (Frankel & Siang, 1999). Bu muammolarni hal qilishmaqsadida maqbul xulq-atvor uchuntarmoqdagi etiket korinishidagi norasmiy prinsiplar toplami ishlab chiqildi (Smith & Leigh, 1997). Ushbu norasmiyprinsiplarga toldirish kiritish maqsadida APA (1997) Internet, Michalak va Szabo (1998) etikasi bilan boglik bolgan koplab qoidalar royxatiga ega kollanmasini, APA (1990) Internet tadqiqotlarida qabulqilingan etik qoidalar qollanmasini taqdim etdi. Bulardan tashqari rahbariy prinsiplar tadqiqotchilar ozlarini aynanlashtirishlari, shaxsiy malumotlar maxfiyligini taminlashlari, imkon qadar malumot beruvchilarning roziligiga erishishlari va ishtirokchilarga tadqiqot haqida axborot berishlarini taqozo etadi.
Humphreys, Winzelberg va Klaw (2000) guruhlardagi bahslarda ham psixolog, ham teng qatnashchi sifatida ishtirok etuvchi psixologlarning majburiyatlarini tushuntirib berdilar. Bier,Sherblom va Gallo (1996) tadqiqotchilar tajriba davomida ishtirokchilar bilan sodir bolishi mumkin bolgan stress, huquqiy majburiyatlarning buzilishi, ozini ozi qadrlashning pasayib ketishi kabi potensial zararlar, oqibatlarni oldindan kora bilishlari kerakligini takidlaydilar.
Odamga oxshamagan hayvonlar bilan olib borilayotgan tadqiqotlar doirasida yozilayotgan “Eksperimental psixologiyaning tadqiqot metodlari” nomli malumotnomaga hissa qoshish ancha qiyin vazifadir. Bugungi kunda malumotlar kop, lekin odamga oxshamagan hayvonlarni chuqur organadigan metodlarni psixologiya fanida toliq, londa ifodalash qaysi korinishda boladi? Turli metodlarni qolllash uchun nimalar qilish kerak? Malumki, oquvchilar uchun foydali bolishi uchun ilm dunyosida yuqori ishonchga ega bolgan metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Lekin bu metodlar qanday tanlanishi lozim?
Bu muammoni hal qilish uchun biz qiyosiy psixologiya sohasida hurmatga ega bolgan psixolog Garri Xarlouning fikriga tayandik, uning metodlari orqali hayvonlarning bilish imkoniyatlari va ijtimoiy aloqalarning zaruriyati haqidagi qimmatli malumotlar olingan. 1956 va 1957 yillarda Xarlou “Amerika psixologiyasi”da ikkita maqola chop ettiradi (Xarlou, 1956, 1957). 1957 yilda Xarlou ikki tipdagi tadqiqotlar orasidagi farqlarni keltirib otadi: oltin farishta tadqiqoti va kumush farishta tadqiqotlari. Xarlouning takidlashicha, oltin farishta tadqiqoti alohida shaxslar tomonidan olib borilgan bolib, insonlarning fanga nisbatan munosabatini ozgartirgan, fanga yangiliklar olib kirgan. Oltin farishta tadqiqotiga misol qilib Garsia va Koelling (1966) talim togrisidagi psixologik tafakkurni ozgartirgan va juda tez osish talimda susayish va biologik kamchiliklar haqidagi maqolasini olish mumkin. Kumush farishta tadqiqoti oltin farishta tadqiqotidan keyin keladi. Xarlou kumush farishta tadqiqotini maqolasida aniq olchanadigan metodikalarga kiritadi, qachonki gruppada tegishli nazorat bolganida hamda fanda aniq natijalarga olib keladigan tizimli parametrik tadqiqotlar bolganida aniq olchanadigan metodika boladi. Ushbu ikkala tadqiqot ham fan va bilim rivojiga katta hissa qoshadigan tadqiqotlar doirasiga kiradi hamda ushbu bobning maqsadiga erishish uchun kumush farishta tadqiqotlari ham kiritildi.
Albatta, bazi maqolalar Xarlouning kriteriyalariga mos keladi, lekin ular kam sonni tashkil etardi.
Bizning keyingi vazifamiz kumush farishta tadqiqoti boyicha hujjatlar jamlashdan iborat edi. Xarlou yana bir bor kalitni berib otdi. 1956 yilda chop etilgan Xarlou maqolasi korgazmali materiallarga asoslangan bolib, u 1955 yildagi APA kun simpoziumi uchun “Psixologiya fanidagi yaqindagi taraqqiyot va kutilayotgan ozgarishlar” deb nomlangan maqolasiga asoslangan. Nutqining kirish qismida Xarlou deyarli barcha psixologiya sohasidagi “gigant”lar ularning mavqeiga etganini, chunki ular ozlarining ishlari uchun zarur narsalarni topganliklarini aytib otdi. Xarlouning takidlashicha “bu natijalarga erishishda harbiy dengiz flotini tadqiq qilish ofisi, harbiy vrachlar, veterenlar boshqarmasi, milliy soglomlashtirish instituti va milliy ilmiy fondlarning moddiy taminlashi yotibdi”. Bu borada rivojlanish va ozgarishlar katta moddiy taminlashni talab qiladi.
Qiyosiy psixologiya va neyrobiologiya sohasidagi moddiy taminlashning kattagina qismi AQSHda ikki tashkilot tomonidan amalga oshiriladi: Milliy Ilmiy fond va Umumiy Sogliq deportamenti tomonidan (Purdi i Domjan, 2001). Umumiy sogliq deportamenti, Psixik salomatlik Milliy instituti tomonidan psixologiya sohasida odamga oxshamagan hayvonlar bilan olib boriladigan tadqiqotlar moliyalashtiriladi. Oz tadqiqotlarimizda bir yoqlamalikdan qochish uchun Amerikalik bolmagan olimlarning tadqiqotlari bilan ham tanishdik. Ushbu tadqiqotchilar xuddi Amerikalik tadqiqotchilar kabi moddiy taminlashga ehtiyoj sezardilar.
Ushbu maqsadda yakka shaxslar tomonidan otkazilgan tadqiqotlarni ham organdik:
Psixologiya sohasida hayvonlar bilan otkazilgan tadqiqotlar doirasida yaqin orada hech bolmasa bitta maqola chop etilgan tadqiqotlar.
Mavjud grantlar doirasidagi tadqiqotlar.
Kopchilik tadqiqotchilar tomonidan tanqidga uchragan ishlar.
Biz Ilmiy malumotlar instituti tomonidan taqdim etilgan, tadqiqotchining ishiga murojaat keltirilgan malumotlardan foydalandik.
Bu bobda psixologiya sohasidagi metodlar qisman yoritilgan bolib, tadqiqot predmeti sifatida odamga oxshamagan hayvonlar olingan. Ushbu organilayotgan sohadagi tadqiqotlardan tashqi moliyalashtirishni jalb qiladigan hamda tadqiqot predmetiga mos keladigan ishlarga ahamiyat berdik. Ushbu bobni yozish uchun 1999-2001 yillarda chop etilgan, hayvonlar bilan otkazilgan emperik tadqiqotlar aks ettirilgan ishlarni ajratib oldik; nazariy maqolalar kiritilmadi.
Bu bobning qolgan qismlari 3 ta bolimga ajratilgan. Birinchi bolim xulq-atvordagi ozgarishlarni lobaratoriya sharoitida tadqiq qilishga bagishlanadi, bu birinchi navbatda hayvonlarni orgatish G qiyosiy psixologiyaga tegishlidir. Ikkinchi bolim ham lobaratoriya tadqiqotlariga bagishlangan bolib, asosan xulqiy nevrobiologiyaga bagishlangan tadqiqotlarga toxtalib otilgan. Uchinchi bolimda biz lobaratoriya va tarmoq sohalaridagi hayvonlar xulqini organishga doir asosiy tadqiqotlarga urgu berganmiz.
Barcha bolimlar xuddi qolyozma bolimi metodi asosida shakllantirilgan. Biz avvalo subektlarning xarakteristikasini (turlari, demografiyasi, yashash sharoiti, tirik qolish vositalari va mavjud sharoiti) berganmiz. Ikkinchidan, biz zarur texnik vositalarni va mavjud kelib chiqishini keltirib otamiz. Uchinchidan, uchta bolimda keltirilgan tadqiqotchilarning ishlash jarayonini yoritib boramiz.
Bob yigirmanchi asrning boshidan boshlab eksperimental psixologiyada hayvonlarni organish metodlarini tanlashga, umumiylashtirish va rivojlantirish boyicha olib borilgan ishlarga qisqacha oz nuqtai nazarimizni keltirib otish bilan tugagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |