Metodololik rivojlanish Psixofiziologiya bugungi kelib psixologiyaning istalgan boshqa sohasiga qaraganda yaxshiroq metodologik afzalliklarga ega. Ushbu afzalliklaning bazilari genlar ekspressiyasi va oqsil sintezi jarayonlarini tadqiq qilish bilan bogliq.
Molekulyar biologiyaning asosiy prinsipi mRNKda transkriptsiyalanuvchi genlar oqsillarni sintezlanishida ishtirok etadi va genlar ekspressiyasi ushbu jarayonga tasir qilish jarayonini organishdir. Biz xulq-atvor ham xuddi fizik jismoniy mashqlar kabi mRNK va oqsilning ekspressiyasiga (masalan, retseptorlarning zichligiga) tasir qilishini aniqlashdi. Xuddi shunday tasirni gormonlar ham yuzaga keltirishi mumkin. Miya va xulq- atvor ortasidagi ikki tomonlama yol gen va oqsil ortasidagi ikki tomonlama yolga tasir korsatishi mumkin. Molekulyar biologiya sohasidagi yangi metodlar fizik jismoniy mashqlarni organishda aktual bolib kelmoqda.
Barcha hujayralar bir xil genga ega. Individual hujayraning funksiyasini belgilovchi omil genlar ekspressiyasi deb ataladi. Genlar alternativ splaysing jarayonida turli xildagi mRNKlarda ekspressiyalanadi. Har bir mRNK yagona oqsilni sintezlaydi, biroq mRNK mikdori sintezlanayotgan oqsil miqdoriga mos bolishi shart emas. CHunki oqsillar biologik aktiv bolib, hujayraning protein komplementi hujayraning funksiyasini belgilaydi. Bunday holatda, xulosa qilib aytganda, biz qanday qilib fizik jismoniy mashqlar genlar ekspressiyasi va hujayradagi oqsillarga tasir korsatishini bilishni istaymiz. Organishning har bir darajasida yangi metodlar mavjud. Mitsroarrays, SAGE (ekspressiyasining oltingugurtli analizi) va subtraktiv gibridizatsiya tekshirishlari bir vaqtning ozida minglab genlarni organishga imkon yaratadi (Datson, van Der Perk, de Kloet, & Vreugdenhil, 2001; Tong, Shen, Perreau, Balazs, & Cotman, 2001). Minglab gen mahsulotlaridan faqat yuztachasi eksperimental amaliyotlarga javoban ozgaradi, jismoniy mashqlar ham bundan mustasno emas (masalan, Tong i dr., 2001). Istalgan tajribalar kabi ushbu tajribalarda ham yangi metodlardan foydalaniladi va bunda olimlar ozgarishga uchragan bir yoki ikki genni aniqlashadi. Bu natijalarni ehtiyotkorlik bilan kuzatish uchun bir nechta sabablar mavjud. Bu analiz genlar ekspressiyasini ikki marotaba tekshirish imkonini beradi. Bunday holatda, hujayralarda yuzaga keluvchi istalgan mayda ozgarish ham kozga tashlanmasligi mumkin. Bunday metodlarning juda qimmatligi har bir guruhdagi hayvonlar sonini kamayishiga sabab boladi, shu sababli ham tadqiqotchilar ham faqat malum bir hayvonlar guruhini tanlashadi. Bazi genlar xulq- atvor manipulyasiyalari tasir korsatishi sababli, xulq- atvor bilan bogliq elementlar ham tajriba davomida kozda tutilishi lozim. Xulosa qilib aytganda, genlar ekspressiyasiagi ozgarishlar yangi metodlar bilan birgalikda odatiy usullar yordamida ham tekshirilishi lozim.
Oqsil va tokimalarni 2-D gel- elektroforezi va oksil chiplari yordamida organilganda bir vaqtning ozida yuzlab oqsillarni organish mumkin. Hozirgi kunda ushbu metodlar ham kamchiliklarga ega bolib, bu metodlar rivojlanishi davom etmoqda. Ushbu barcha metodlar xulq- atvorning genlar ekspressiyasi va oqsillarga tasirini va oz navbatida genlar ekspressiyasi va oqsillarning xulq-atvorga tasirini chuqur organish imkonini beradi.
Songgi fikrlar
Bazi tadqiqotchilar kontrol muhit sharoitidan kora tajriba davomida davolovchi sharoitlardan foydalangan afzalroq degan fikrni bildirishadi. YOvvoyilashgan kalamushning xulq-atvorida fiziologik aktivlik kuzatiladi. Kemiruvchilar katta va toza joyda saqlanadi va hech qanday qobiliyatni ozgartirishga imkonlari bolmaydi.
YUqorida biz neyronlar aktivligi oshishinining yurish va yugurish bilan boglik tomonlari, neyronlar aktivligi ortishining miyaga tasiri haqidagi umumiy farazlarni keltirib otgan edik. Bu gipotezalar yugurish vaqtidagi jismoniy mashqlar tufayli lokal strukturalarning plastiklik bilan hosil qiladigan javobi haqida karashlarni ilgari suradi. Alternativ ravishda aytish mumkinki, jismoniy mashqlarning turli xildagi effektlari miyaning turli soxalarida umumiy gormonal va qon aylanishiga tasir korsatadi. Bu effektlar miyaning ichki sohalari boylab tarqaladi. Koplab tadqiqotlar natijasi asosiy gipotezaga mos keladi va effektlarning regional spetsifikligini tasdiqlaydi. Masalan, haddan ortiq jismoniy mashqlar targil tananing neyronlarini shikastlanishiga sabab bolishi, gippokampning SA3 maydonidagi neyronlarning zaralanishiga sabab boladi, biroq gippokampning SA1 maydoniga tasir kilmaydi (Stummer et al., 1994). Jismoniy mashq postloqning harakatlantiruvchi qismi va targil tananing metabolizmini tezlshtiradi, ammo gippokampga tasir korsatmaydi (McCloskey et al., 2001). Chennaoui va boshq. (2001) miyachada joylashga jismoniy mashqga nisbatan sezgir serotonin retseptorlarini aniklovchi tajriba usulini taklif etdilar. Jismoniy mashqlar keng kolamdagi tasirlarni hosil qila olmagani sababli, ushb u izlanishlar har bir tanlab organilayotgan individual soha uchun tegishli boladi va shu sohani illyustratsiyalaydi. Buning natijasida, jismoniy mashqlar yuzaga keltiradigan plastiklikka doir mavjud gipotezalar individual miya sohasidagi nevrologik aktivlik ortishi jismoniy mashqlarning qon- tomir sistemasi va periferik gumoral azolarning gormonlarga bilvosita tasiri natijasida yuzaga kelishini tasdiqladi.
Psixofiziologlar biologits plastiklik va uning funksional ahamiyatini bilish bilan qiziqishmoqda. Boshqacha qilib aytganda qanday turdagi plastiklik xulq-atvorga tasir etadi? Biz jismoniy mashqlarning neyromediatorlar tizimi, osish faktorlari, nerv hujayrasi bolinish jarayoni, kon- tomir tizimi va xattoki hujayraning tashqi tasirlardan himoyalanishiga tasirini korib chiqdiq. Bir xil hayvonlarda yoki har xil hayvonlarda otkazilgan bir xil tajribalarda jismoniy mashqka boglik bolgan elastiklik yoki jismoniy mashqka bogliq bolgan effektlarning xulq-atvorga tasirini birlashtirishimiz mumkin. Birok aynan plastiklikning bir shakli xulq-atvorga tasir qilishini aniqlash qiyin. Buni aniqlovchi nazariy tadqiqotlarning asosiy qismi amaliy jihatdan imkonsizdir. Biz organish jarayoni ortiq rivojlanmayotganini isbotlash maqsadida plastiklikni bloklab qoyishimiz mumkin. Baxtga qarshi, biz odatda kopincha plastiklikni qanday qilib bloklash mumkinligini bilmaymiz. Buning imkonini topganimizda esa, plastiklikka bogliq bolgan hujayralarning holatini ehtiyotkorlik bilan test qilib korishimiz kerak boladi. Plastiklikni organishning yana bir alternativ usuli bu plastiklik maydonini kengaytirishdir. Bu strategiya juda qiyin, chunki biz odatda plastiklik potensiali qanday ortishini aniq bilmaymiz. SHunisi aniqki, nevrologik plastiklik va xulq-atvor alteratsiyalari ortasidagi aniq bogliqlikni aniqlash neyrofiziologlar oldida turgan muhim vazifadir. Neyrobiologlar miya plastikligini taminlovchi biokimyoviy kaskadlar kompleksi haqida bilimlarni rivojlantirib borishar ekan, bu bilimlar keyinchalik yangi strategiyalarning yaratilishiga imkon yaratib boradi. Vaqt va sabr bilan biz miya plastikligi shakllari va ularning axamiyati ortasidagi bogliqlik tabiatini yaxshiroq tushunish uchun imkoniyatlarga ega bolamiz.