Foydalanilgan asbob-uskunalar
Hayvonlarni organadigan olimlar tomonidan kalamush va kabutarlarni organish uchun operant kameralar koproq tanlanadi. 75 % tadqiqotchilar tadqiqot uchun shartli reflekslarni vujudga keltiradigan kameralardan foydalanadi. Bu kameralar turli manbalardan olingan bolishi mumkin (Med Assciates, Campden Instrument Co.) hamda tuzilishi va vazifalari boyicha oxshashdir. Quyida esa biz kalamush, kabutar, maymun va boshqa hayvonlarni organish uchun kerak boladigan turli asbob-uskunalarga toxtalib otamiz.
Kalamushlar uchun asbob-uskunalar. Kalamushlar bilan ishlaydigan yuqorida nomlari keltirilgan tadqiqotchilar turli asbob-uskunalardan foydalanishadi. Bunday asbob-uskunalar ozida maxsus shartli reflekslarni chaqiruvchi kamera, otish labirinti, Morris suvli labirinti, reaksiyalar apparati va moslashtirilgan tadqiqot kameralarini mujassamlashtirgan. Kalamushlar uchun odatiy maxsus kameralar orqa va oldi tomoni 26x25x19 sm korinishida, bir tomoni esa alyuminiydan yasalgan boladi. Qolgan tomonlari va yuqori qismi plastikdan qilingan. Kameraning poli polat sterjenli trubalardan tashkil topgan bolib, ular oldingi devorga, razvedka paneliga perpendikulyar ravishda joylashgan. Razvedka paneli ovqat idishi, olovli stimulyasiya maydonchasi, manipulyasiya operantidan (suriladigan richag) iborat.
Suriladigan richag ekspermentatorga instrumental vazifalarni bajarishda, klassik tadqiqotlarda yordam beradi. Juda kop tadqiqotlarda ovqat granulalaridan mukofot sifatida foydalaniladi. Mukofot sifatida ovqatdan koproq foydalanilsada, suyuqlik (Dickinson, Smith & Mirenowicz, 2000), kokain (Olmstead, Lafond, Everitt, & Dickinson, 2001), miyaning elektr stimulyasiyasi (Gallistel, Mark King, & Latham, 2001) kabilardan ham ijobiy ragbat sifatida foydalaniladi. Oyoq orqali shokka tushirish, kameradagi pol orqali amalga oshiriladi. Kompyuter va maxsus apparatlar stimul nazoratini, vaqtni, nazoratni va barcha malumotlarni saqlashni amalga oshiradi. Operant kameralarga asosan eksperiment stimullarini oshirishga xizmat qiladigan tovush va yoruglik joylashtiriladi. Bu kameralar toza havo kelishini taminlaydigan ventilyator, shovqin va yorugliqni yumshatadigan asboblar bilan jihozlangan. Vaqti-vaqti bilan oziga xos xidlar derezalar yoniga kochiriladi, bu qozgatuvchilar bilan manipulyasiya qilish imkonini beradi (masalan, Frohardt va boshqalar, 2000).
Radial konsal va Morris suvli labirinti fazoni va xotirani organish uchun hamda erda orientir (masalan, Hogarth, Roberts, Roberts, & Abroms, 2000) olish uchun ishlatiladi. Odatiy labirintlarda yolaklar uzun (72.5 sm) va tor (8.75 sm) hamda dumaloq ovqat idishi yolakni oxirisida joylashgan boladi (Hogarth va boshqalar, 2000).
Sakkizqirrali labirint markazining diametri 35,5 sm bolib, butun labirint polning ustiga joylashgan hamda ichkarida qator orientirlar bolgan katta xona joylashgan. Morris suvli labirintida suv bilan toldirilgan katta dumaloq basseyn, bazida polistrol lateks, zaharlamaydigan modda yoki sut bilan toldiriladi. Basseynda doimiy temperatura saqlab turiladi va asosi taxta bolgan katta xonada joylashgan. Tadqiqotchilar yana ikkinchi korinishdagi suvli labirintidan, yani togri tortburchak kulrang plastmassali bak, suv bilan toldirilgan va bir temperaturani taminlab turadigan bakdan foydalanishadi. Devorni songida joylashgan kulrang plastik tosiq labirintni ikki bosh kameraga ajratadi. Stimul suvning tepasiga osib qoyilgan (George, Ward Robinson, & Pearce, 2001).
Tadqiqotchilar kalamushlar bilan ishlashda yana vaqtinchalik reaksiyalarni chaqiradigan apparatdan foydalanadilar (Gollandiya, Han, & Gallagher, 2000). Vaqtinchalik reaksiyalarni chaqiradigan kameralar toqqizta bolim (Paul Fray, Cambridge, Buyuk Britaniya) oldingi devori burilgan zanglamaydigan polatdan, yoritiladigan toqqizta bolimdan iborat. Rangsiz plastik tosiqlardan yolaklardagi tosiqlarni yaratishda foydalaniladi. Infraqizil fototranzistor burunni harakatini aniqlaydi. Oxirgi devorning markazida choktirilgan ovqatli idish joylashtirilgan bolib osilgan plastik eshik ovqatlanishni taminlaydi. YUqoridagi devorga yoruglik manbai joylashtirilgan. Malum bir vaqtda teshiklardan bittasida yonadi. Agar kalamush burnini teshikka malum bir vaqt tiqib tursa, u kameraning qarama-qarshi tomonida joylashgan tomonidan ovqat oladi.
Hayvonlarni organadigan tadqiqotchilar eksperimental kameralarning turli boshqa xillaridan (Escobar va boshqalar, 2001) hamda oddiy plastik qafaslardan (Dwyer, Bennett & Mackintosh, 2001) ham foydalanishadi. Millerning shishali kameralari yo togri tortburchak (R) korinishda yoki V korinishda (V) boladi. Kamera poli zanglamaydigan polat sterjenlardan yasalgan bolib, bu oyoqqa doimiy ravishda tok kelishini taminlaydi. YUqori qismi shishadan, har bir kamera suv keladigan truba, yoruglik manbai va tovush kuchsizlantirilgan ekologik kameralardan tashkil topgan. Dispenser tizimi (Lafayette Instruments, Lafayette, IN) maxsus intervallarda suyuqlikning taxminiy miqdorini aniqlaydi. Kalamushlar suv ichish uchun burnini idishga tiqqanida infraqizil fototranzistorga tegadi va belgi beradi.
Kabutarlar bilan ishlatiladigan asbob- uskunalar. YUqorida nomlari keltirilgan tadqiqotchilar kabutarlarni xotirasini organishda faqat operant asbob-uskunalardan foydalanishgan. Kabutarlar uchun ananaviy kameralar kalamushlarnikiga nisbatan birmuncha katta bolib (27x27x35 sm), kuzatuv panelida ovqatli idish emas, balki donli bunker bor.
Kalamushlarning operent kamerasidan farqli ravishda, kabutarlarning kamerasini paneli alyuminiydan yasalgan. Qolgan qismlari va yuqorisi rangsiz plastikdan yasalgan. Xuddi kalamushlarning kamerasi kabi kabutarlarning kamerasining poli polat trubalardan yasalgan bolib, oldingi devorga perpendikulyar ravishda joylashtirilgan. Bazi kameralarda esa 11.8x14.5 smli akrilli kalit teshigi ovqat bunkerining markazida joylashgan.
Vasserman, qozgovchilarni kuzatish uchun aniq sensor ekrandan foydalanadi
Primatlar bilan ishlatilgan asbob-uskunalar. Primatlar bilan tadqiqot olib boradigan eng kuchli tadqiqotchilar, odatda tadqiqotlardagi asosiy savollarni organish uchun, assotsiatsiya va xotirani organish mental kameralaridan foydalanishadi. Roberts maymunlarni organishga moslashtirilgan tekshiruv kameralaridan foydalangan.
Maymunlar ovqatni poldagi setkadagi 12x12 razmerdagi 144 ta teshikdan xohlaganidan quruq ovsyankani kavlab oladilar. Tadqiqotlar vaqtida orientir olish uchun 4 ta taxtali shpon har safar har xil tarzda tadqiqotchilar tomonidan joylashtiriladi. Wright laboratoriyasida, makak rezus va kaputsin maymunlari teshiklari bolmagan, koz bilan chalgitish uchun kichik derazalari bolgan alyumin xonada testdan otkazildi. Unda sayohat rasmlari 33sm NEC video monitor (model JC — 1401P3A Multisync rangli monitor 800x560) orqali korsatildi. Test rasmlariga qayta tegish va oq togri tortburchak Carrol Touch Infared Smart — Frame (Model 50023801, Carrol Touch, Round Rock, TX) yordamida kuzatildi. Plexiglas namunasi yordamida esa rasmlardagi bolaklar va yonaltiruvchi chaqiruvlar tekshirildi (Wright, 1998, 1999). Wasserman va Fagotning tadqiqotlarida, babuinlar chegaralangan hududda testdan otkazildi, unda babuin djoystik, metall tachpad va 14 rangli monitor Pentium protsessoriga ega bolgan kompyuter bilan toqnashdi. Tosiqning oldingi tomonida kuzatish uchun deraza, qol kirishi uchun teshik va 190mg banan tamli Noyes sharchali ovqatlarni beradigan maxsus idish bor. Djostikni ishlatish kursorning monitordagi izomorfik harakatlariga sabab boladi.
Boshqa turlar uchun asbob-uskunalar. Quyonlardagi orgatishga doir asosiy muammolarni tadqiq etish uchun eng kuchli tadqiqotchilarimiz kozni pirpiratishdan foydalanishgan. Karobkaning bir chekkasidan quyonning boshi chiqib turadi. SHartli qozgovchilar sifatida ochib yonadigan chiroq, tebranish, yumshoq elektr tokidan foydalanildi, ular kozning paroorbital qismiga tasir korsatadi. Qozgalish stimullari laboratoriya kompyuteri yordamida nazorat qilinadigan elektron impulslar generatori yordamida organiladi. Quyonni kozini yumishi quyonning boshiga ornatilgan fotorezistiv yordamida nazorat qilinadi. Quyon kozining 0.5 mmga yumilishi, perayozuv apparatida 1 mm chiziq chizilishiga sabab boladi va poligrafda yozib qolinadi.
Koz pirpirashining shartli refleksini vujudga keltiradigan xona 66x48x48smli izollyasiya qilingan maxsus xonada joylashgan. Har bir xona koz uchun bir xil korinishga ega bolishi uchun alyumin folga bilan qoplangan. Ventilyatorlar esa doimiy shovqinni taminlab beradi (Myers, Vogel, Shin, & Wagner, 2001).
Petra deb nomlanadigan kulrang rangli oddiy plastik idishlar turli rangdagi plastik disklar bilan qoplangan bolib arilarni orgatishni aniqlash uchun ishlatiladi (Couvillon, Ablan, Ferreira, & Bitterman, 2001). 2.5 smli rangli plastik disklar diametr boyicha kulrang qoplamaga yopishtirilgan. Xid beruvchi stimulyatorlar kulrang qoplamada teshik ochish va paxta tolalari bilan toldirish orqali amalga oshirilgan. Turli xidlar (yalpiz va boshqa xidlar) paxtaga tomizib qoyilgan. SHakarli suv tomchilari esa ragbatlantiruvchi vosita sifatida xizmat qiladi.
Reproduktiv xulqning ahamiyatini organish uchun, Domjan fanera yopishitirilgan va oq rangga boyalgan eksperimental xonadan foydalanadi (Burns & Domjan, 2000). Xonaning bir tomoni tosiqli simlardan iborat bolib, u kletkaning boshqa tomonidagi vizual aloqani taminlaydi, bu erda esa bedananing onasi joylashgan. Kichik suriladigan taxtali blok esa stimulyator vazifasini otaydi. Odatda har beshinchisi plyonkaga yozib olinadi. Taxtali blok va turli rangli chiroqlar bilan birga Domjan va uning jamoasi tabiiy stimulyatorlardan, yani bedananing boshi va boynidan ham foydalanishgan. Tabiiy stimulyatorlardan foydalanish esa fanda tadqiqotchilar tomonidan kamdan-kam qollaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |