Pedagogika va psixologiya fakulteti


Xavflar va afzalliklarni baholash



Download 2,25 Mb.
bet9/48
Sana14.07.2022
Hajmi2,25 Mb.
#799471
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48
Bog'liq
wwwww

Xavflar va afzalliklarni baholash
Institutsional Maslaxat Kengashi (IMK) ning majburiyatlaridan biriquyidagi savol bilan murojaat qilishdan iborat: Ushbu tajribadan orttirilgan bilim ishtirokchining sarflayotgan kuchi va nokulayliklarga arziydimi? Tajribaning ishtirokchi uchun afzallik va kamchiliklari hamda ijtimoiy qadr-qimmati hisobga olinishi zarur(Fisher&Fryberg, 1994). Psixologik tajribadan olinadigan afzalliklarga:a) psixologik jarayonning asosiy bilimlarini oshirishi;b) amaliyotni metodologik mukammallashtirish; v) amaliy natijalarning foydaliligi; d) tadqiqotchilar uchun afzalliklar, talabalarda kreativ va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish; e) klinik tajriba davomida ishtirokchilarga bevosita, bazida davolovchi foyda keltirish.
Tajriba ishtirokchisi uchun fiziologik va sotsial noqulaylik, zerikish, notinchlik, stress, ozini ozi baholashning pasayib ketishi, huquqiy muammolar, iqtisodiy, ijtimoiy muammolar va boshqa noxush natijalar potensial yoqotish bolib hisoblanishi mumkin. Umumiy qilib aytganda, tajriba davomida yuzaga keladigan muammolarga tadqiqotchi va ishtirokchi hamda jamiyat tomonidan baho berilishi kerak. Bundan tashkari, tadqiqotchi ishtirokchi bilan yuzaga kelishi mumkin bolgan barcha noxush holatlarni oldini oluvchi strategiyalardan foydalanishi kerak (Sieber, 2000).Mazkur harajat va foydalar taqsimoti boyicha olib boriladigan ishlar murakkab, chunki ular juda turli-tuman (Martin, Meslin, Kohut, & Singer, 1995). Institutsional Maslahat Kengashi (IMK) asosiy prinsplarni belgilashda va tadqiqotni tashkillashtirishda Belmont maruzasida kozda tutilgan normalarga mos usullardan foydalanishi kerak. Belmont maruzasida tajriba jarayonida yuzaga kelishi mumkin bolgan muammolarning jabhalari va ushbu muammolarga javoblar keltirilgan bolib, ularga rioya qilishorqali tajriba davomida ishtirokchilarga etishi mumkin bolgan zararlarni kamaytirish kerak (National commision, 1978).
Meslin (1990) xavf-xatarning turli korinishlaridan kelib chiquvchi zararning ehtimollik va kattalik xajmini oz ichiga olgan xavf—xatarni baholashni yaxshilovchi modelni taklif etdi. Harajatlar nuqtai nazaridan izchil oylab korilganda tadqiqotlardagi foydaning mutanosibligi shu bilan ahamiyatliki, aqli zaiflarda qatnashchining ogohlantirilgan roziligiga erishib bolmaydi(Karlawish & Sachs, 1997); qatnashchi uchun bevosita foydasi bolmagan xavf mavjud tadqiqotlar (Carpenter & Conley, 1999); aholi guruhlarining bolalar va osmirlar kabi zaif guruhlari ishtirokidagi tadqiqotlar (Fisher & Wallace, 2000); va nihoyat tadqiqotchi xatto muvaffaqiyat hamda nojoya samaralar ehtimoli haqida toliq va ochiq bayonnoma bergan, qatnashchi davolanishga muhtoj bolgan terapevtik tadqiqotlarda ham xavfning ahamiyatini batafsil baholab bolmaydi (Capron, 1972). Takidlash joizki, aholi uchun tadqiqotlar foydasi ahamiyatli bolganda ham qatnashchilardan axborot olish istagi tendensiyasi mavjud(Fox, 1974).
Arxiv tadqiqotlarining tadqiqotchi uchun metodologik jihatdan afzallik tomoni shundaki, unda qatnashchilar ozlarini qanday tutishlariga tasir korsatish borasidagi tadbirlar kam boladi(Kazdin, 1979). Lekin shunga qaramay, arxiv malumotlari bilan olib boriladigan tadqiqotlarda ogohlantirilgan rozilikni olish bilan bogliq muammo mavjud, chunki tadqiqot masalalari birlamchi malumotlardan kuchli farq qilishi mumkin (Fischman, 2000). Kop vaziyatlarda shaxsiy hayot daxlsizligi bolmasligi mumkin, chunki aynanlashtirilgan axborotni ochirib tashlash uchun arxiv ozgartirilishi mumkin. Arxiv malumotlari oz ichiga patsientlar yozuvlarini kiritgan holatda ARA (1992) tomonidan maqullangan etik prinsiplar tadqiqotchi tomonidan maxfiylik boyicha etik va huquqiy mushohadalar asosida ozgartirilishi mumkin (Taube & Burkhardt, 1997). Arxiv tadqiqotlari bilan bogliq etik muammolardan songgisi arxiv yaratayotganlar tomonidan malumot toplanayotganda sistematik xatoga yol qoyish ehtimolidir. Bu alohida tashvishlanishga loyiq, chunki arxiv birinchi navbatda rasmiy jihatdan yozilganligi bois, qatnashchilarning ustanovkalari, etiqodlari yoki xulq-atvorini aniq taqdim etib berolmaydi. (Rolph, 1998).

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish