Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар



Download 3,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/246
Sana14.08.2022
Hajmi3,75 Mb.
#847030
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   246
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

Kalit so‘zlar: 
Bolani erta o‘qish,yozish,sanashga o‘rgatib uning bilish jarayonlari
bu davrda bola, fan asoslarini o‘rganinsh uchun biologik va psixologik jihatdan tayyor bo‘ladi.
fiziologlarning fikriga ko‘ra, 7 yoshga kelib bolaning katta miya yarim sharlari ma’lum darajada 
rivojlangan bo‘ladi.Lekin bu yoshda inson miyasining psixik faoliyatni rejalashtirish boshqarish, 
nazorat qilish kabi murakkab shakllariga javob beradigan maxsus bo‘limlari hali to‘liq shakllanib 
bo‘lmagan bo‘ladi.Miyaning bu qismlari 12 yoshga kelib rivojlanib bo‘ladi. bu jarayon to‘liq 
shakllanib bo‘lmaganligi kichik maktab yoshidagi bolalarning xulq-atvorida,faoliyatlarini tashkil 
etishlarida va emotsional sohalada yaqqol namoyon bo‘ladi.
Pedagoglar ota-onalar bolalarni erta maktabga berishning foyda yoki zarari to‘g‘risida 
o‘ylaganlarida inson miyasining neyrofiziologik qonuniyatlarini ham alohida e’tiborga olishlari 
lozim. bolani erta o‘qish,yozish,sanashga o‘rgatib uning bilish jarayonlari zo‘riqtirilsa,bolaning 
emotsional hissiy rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan miya quvvatining tanqislashuviga sabab 
bo‘ladi. bolani erta o‘qish,yozish,sanashga o‘rgatib uning bilish jarayonlari zo‘riqtirilsa,bolaning 
emotsional hissiy rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan miya quvvatining tanqislashuviga sabab 
bo‘ladi. buning oqibatida bolaning emotsional hissiy jarayonlarining kechishida yoki jismoniy 
rivojlanishida kamchiliklar sodir bo‘ladi.bunday holatda energiya taqsimlaninshining majburan 
buzilishi sodir bo‘lib,u 7-8-yoshli bolalarni qo‘rquv,agressivlik yoki giperaktivlik holatlariga olib 
keladi. bu bolani maktabga o‘qishga tayyorlash kerak emas degan fikr emas,lekin bolanining 
aqliy kamolotiga erta o‘qishni, yozishni, sanashni o‘rgatish bilangina erishib bo‘lmaydi.
Ma’lumki,rivojlanish qonuniyatiga ko‘ra har qanday taraqqiyot ko‘rgazmali obrazlilikdan 
abstract mantiqiylikka qarab boradi. Agar bola hali o‘qishga aqliy, ma’naviy-ruhiy jihatdan 
tayyor bo‘lmay turib,unga xarf va raqamlarni yozish,o‘qishga o‘rgatilsa psixik rivojlanishning 
teskari tomonga ketishiga sabab bo‘ladi.Psixolog olimlarning fikricha,psixik va evolyutsiya 
taraqqiyot qonunlari ham fizik qonunlar kabi o‘zgarmas,hamda universaldir.Yuqoridagi fikrlarni 
umulashtirib aytish mumkinki,neyrofiziologik jihatdan ixtiyoriy diqqat va o‘qish uchun zarur 
bo‘lgan ko‘plab miyada kechadigan jarayonlar asosan 7-8 yoshga kelib shakllanadi.Ya’ni shu 
yoshda bola 45 daqiqalik aqliy mehnatga tayyor bo‘ladi.
6-7-yoshli maktabga tayyor bolada’’Men shuni xohlayman ‘’ motividan ‘’Men shuni bajarishim 
kerak’’motivi ustunlik qila boshlaydi.
kichik maktab yoshidagi bolaning asosiy faoliyati o‘qish hisoblanadi.kichik maktab yoshidagi 
o‘quvchilarning ahloqiy onglari 1-4-sinfdagi o‘qish mobaynida muhim o‘zgarishlarga uchraydi va 
ahloqiy sifatlar, bilim va tasavvurlarning boyish sezilarli darajada boyiydi.
Bu davrda kattalar bolalarni amaliy jihatdan o‘z vaqtlarini to‘gri taqsimlash borasida yaxshi 
o‘qish,o‘ynash,sayr qilishva boshqa narsalar bilan shug‘ullanish qoidalariga o‘rgatadilar.demak, 
oilada bola u bilan hisoblashadigan,maslahatlashadigan yangi bir o‘rinni egallaydi. kichik maktab 
davri bu ijobiy o‘zgarishlar va yangilanishlar davridir.Shuning uchun ham rivojlanishning bu 
bosqichida har bir bola erishgan muvaffaqiyatlar darajasi nihoyatda muhim hisoblanadi. Agar 
shu yoshda bola bilish,o‘rganish quvonchini his etmasa,o‘qish malakalarini egallay olmasa, 
do‘stlashishni bilmasa,o‘ziga nisbatan,o‘z imkoniyat va layoqatlariga nisbatan ishonchli bo‘la 
olmasa,bu ishlarni kelgusida amalga oshirishi qiyinroq bo‘lib,boladan yuqori ruhiy va jismoniy 
zo‘riqishni talab etadi.


132
10
Kichik maktab davrida o‘qish faoliyati bilan shug‘ullanish,jumladan moddiy narsalarning 
har xil xossalari bilan tanishish sezgilarning o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.kichik maktab 
yoshidagi o‘quvchilarda asosan farq qila olish,ko‘rish va eshitish sezgilari ayniqsa tez o‘sadi.7-
10-yoshli bolalarda ranglarning tuslarini sezish 45 foiz ortishi,10-12-yoshgacha bolalarda esa 65 
foizgacha ortishi rus olimlari tomonidan aniqlangan.kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni rasm 
chizishga o‘rgatish ranglarni farqlash sezgirligini o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.Ohanglarni farq 
qilish sezgirligi,ayniqsa bolalarga musiqava ashula o‘rgatish jarayonida kuchli sur’atda o‘sadi. 
Sezgilarning o‘sishida shuningdek,jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining ham ahamiyati katta. Aniq 
harakat qilishga jalb etuvchi mashqlar bolalarning muskul –harakat sezgilarini o‘stiradi.
O‘quvchilar tushuncha va qoidalarni ta’riflab berolmay qolganlarida yoki ta’riflab berish 
mushkul bo‘lgan paytlada tasvirlab, taqqoslab,xarakterlab,misollar bilan ko‘rsatib beradilar.
dars jarayonida o‘qituvchi turli vaziyatlarni tasavvur qilishni so‘raydi. bu holat,albatta biror-
bir yordamchi qurollar,predmetlar,maketlar,sxemalar bo‘lgan taqdirdagina o‘quvchi tasavvurini 
rivojlantirishi mumkin.Aks holda bu yoshdagi bolalar mustaqil tasavvur,harakatlar qilishga 
qiynaladilar.kichik maktab davrida tasavvur asosan bolalar rasm chizayotganlarida,shuningdek 
ertak va hikoyalar to‘qiyotganlarida rivojlanadi. kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar o‘z hayollari 
va tasavvurlariga asoslangan holda qiziqarli ertak va hikoyalar to‘qiy oladilar. bu yoshdagi bolalar 
tasavvuri juda keng va xilma-xil bo‘ladi.Ayrim o‘quvchilar real borliqni tasavvur etsalar,boshqalari 
esa fantastic obraz va vaziyatlarni tasavvur etadilar. Shu bois turli tasavvurlar zamirida ularning 
qo‘rquvni yengishi,do‘st topishi,xursandchilik hislari yotadi.
Maktabga kelish arafasida bolaning so‘z boyligi o‘z fikrini bayon eta oladigan darajada ortadi. 6 
yoshdagi normal rivojlanayotgan bola o‘z nutqida 3000-7000 so‘zni ishlatadi.bu davrda bolaning 
yozma nutqi ham shakllanadi. Ta’lim jarayonida tafakkur operatsiyalariga,mustaqil fikrlashga 
o‘rgatish kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni barkamollikka erishtirishning garovidir.
kichik maktab davridagi bolalarning aqliy rivojlanishi ijtimoiy omillar bilan belgilanadi.Individ 
ijtimoiy munosabatlar ta’sirida o‘zgaradi.bolaning maktabda muntazam ravishda o‘qishga o‘tishi 
uning barcha bilish jarayonlarini rivojlanishiga va o‘z-o‘zidan atrof-hayotdagi narsa –hodisalarga 
nisbatan fikrini,munosabatlarini o‘zgarishiga olib keladi.
kichik maktab yoshidagi bolalar shaxsi rivojlanishiga ularning atrofidagi odamlar, ota-
onasi,o‘rtoqlari va ayniqsa o‘qituvchisi bilan bo‘ladigan munosabatlari katta ta’sir ko‘rsatadi.
bola o‘qituvchisini aql sohibi,ziyrak,sezgir,mehribon inson deb biladi.O‘qituvchining obro‘si 
oldida ota-onalar,oilaning boshqa a’zolarining nufuzi keskin kamayadi.Shu sababli bolalar bu davrda 
o‘qituvchining so‘zini qonun sifatida qabul qiladilar.bolalarning o‘quv faoliyatidagi muvaffaqiyati 
hamda shaxsining shaklllanishi ko‘p jihatdan ularning o‘qituvchisi bilan munosabatlaridagi o‘ziga 
xos xususiyatlariga,sinfdagi o‘z mavqeini qay darajada anglab yetishiga,tarkib topgan o‘quvchilar 
jamoasi bilan o‘zaro munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi.
KIchik maktab yoshidagi o‘quvchilarning hislari o‘zining ancha barqarorligi,anglanganligi 
bilan maktabgacha yoshdagi bolalarning hislaridan farq qiladi, bu hislar anchagina osoyishtalik 
bilan o‘tadi,ancha chuqur va kuchli bo‘lib qoladi.kichik maktab yoshidagio‘quvchilarning 
umumiy emotsional tonusida xushchaqchaqlik,ruhiy tetiklik kayfiyati ustunlik qiladi.darslarda va 
tanaffus vaqtlaridagi o‘yinlardaular quvnoq va tetik bo‘ladilar.bunday holat esa kichik maktab 
yoshidagi o‘quvchilarning emotsional hayotida norma bo‘lib hisoblanadi.
Bu yoshdagi bolalarni maktab dasturiga kiritilmagan juda ko‘p atrof-muhit hodisalari 
haqidagi bilimlar qiziqtiradi.bu qiziqishlar bolaning ko‘pincha e’tiborga olinmaydigan ijodiy 
o‘yinlarga nisbatan qiziqishlarida ham namoyon bo‘ladi. bunday o‘yinlarda uning ijtimoiy 
qiziqishlari,emotsiyalari,jamoa uchun tashvishlanish kabi hislari aks etadi.Qiziquvchanlik kichik 
maktab yoshidagi bolalarning keng aqliy faolligininamoyon etilish shakli hisoblanadi.
bu davrda bolalarda muvaffaqiyatga erishish motivlari tarkib topa boshlaydi.bu yoshdgi 
bolalar soatlab yolg‘iz holda sevimli mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlari mumkin va shular 
asosida ularda mehnatsevarlik va mustaqillik fazilatlari shakllanadi.Ularda mehnatga havas 
uyg‘onadi,mehnatga va mehnat ahllariga hurmat bilan qarash,ijtimoiy foydali ishlarda qatnashishga 
intilish singari fazilatlar tarkib topadi. 
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning intelektual hislari bilish jarayonida rivojlanadi.O‘quv 
faoliyatida bolalar katta hajmdagi bilimlar va faktlarga duch kelib ular bolalarda taajjublanish, 
ishonchsizlik, quvonch hislarini yuzaga keltirib,qiziquvchanlik, urichoqlik,shubhalanish va shu 
kabi boshqa hislarning shakllanishiga asos bo‘ladi.


133
10
O‘qishga nisbatan ijobiy munosabat kichik maktab davrining oxirlariga kelib birmuncha 
pasayish ko‘zga tashlanadi.O‘quv faoliyatiga qiziqish 1-2-sinflarda ko‘tarilib, 3-4-sinflarda 
pasayadi.kichik maktab yoshidagi o‘qishga qiziqishning pasayishi sabablaridan biri sifatida 
V.A.Suxomlinskiy o‘qituvchi tomonidan past bahoning ko‘p qo‘yilishi,bu esa bolada o‘qishga 
nisbatan qiziqishning pasayishi va o‘z imkoniyatlariga nisbatan bo‘lgan ishonchning pasayishida 
deb biladi.
O‘quv faoliyati kichik maktab yoshidagi o‘quvchi uchun nafaqat bilish jarayonlarining yuqori 
darajada rivojlanishi,balki shaxs xususiyatlarini rivojlantirish uchun ham imkoniyat yaratadi.
kichik maktab yoshi davrida bola shaxsining shakllanishi davom etadi.O‘quvchining maktabdagi 
muvaffaqiyati uning keying psixik rivoji va shaxsining shakllanishida to‘liq ijobiy asos bo‘ladi.
buning natijasida o‘z-o‘zidan oilasi,o‘qiyotgan sinfi va boshqa jamoalardagi o‘z o‘rnini anglay 
boshlaganini ko‘rish mumkin. 
Xulosa sifatida aytish mumkinki,boshlang‘ich sinf o‘quv faoliyatining asosiy vazifasi – 
bu o‘quvchilarni ‘’o‘qish’’ga,bilim olishga o‘rgatishdir.kichik maktab yoshidagi bolalarning 
psixik rivojlanishida ta’limning ta’sirida jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi.bu o‘zgarishlar ularning 
hayotlarining ma’suliyatli davri bo‘lmish o‘smirlik davriga o‘tish uchun tayyorlaydi. 
Barchamizga aqlan yetuk, ma’nan barkamol, ruhan va jismonan sog‘lom farzandlar kamolini 
ko‘rish nasib qilsin.
foydalanilgan adabiyotlar ruyxati.
1. M.G.davletshin va boshqalar ‘’Yosh davrlar va pedagogic psixologiya’’ T.TdPU.2009.
2. Petrovskiy .A.V. Yosh psixologiya va pedagogic psixologiya. M.1979.
3. Nishanova Z.T. Mustaqil ijodiy fikrlash.- T. fan.2003.
4. G‘.b.Shoumarov .Oila psixologiyasi.T.Sharq. 2010.


134

Download 3,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish