10
O‘SMIRLARDA XARAKTER AKSENTUATSIYASINING YUZAGA KELISHIDA
OILAVIY MUNOSABATLARNING ROLI
Fayzullayeva Farida Yusufjon qizi
Namangan davlat universiteti talabasi
Telefon:+998 99 872 04 18 fayzullayevafarida6@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o‘smirlarda o‘smirlik yoshida yuzaga keladigan xarakterdagi
salbiy va ijobiy xususiyatlar ularni bartaraf etish, ijobiy xususiyatlarni rivojlantirish borasida fikr
yuritilgan. Maqoladan bola tarbiyasi bilan mashg‘ul ota-onalar va pedagoglar foydalanishlari
mumkin.
Kalit so‘zlar:
xarakter, xarakter aksentuatsiyasi, o‘smirlik, oilaviy konflikt.
Yurtimizda oila va oilaviy munosabatlarga bo‘lgan e’tibor kuchli.Sababi kelajakda har qanday
mamlakat va millatning kelajakdagi taqdiri ayni hozirgi kunda oilalarda o‘sib-ulg‘ayib voyaga
yetayotgan, tarbiyalanayotgan yosh avlodning qo‘lida. Insonning kelajakda egallaydigan mavqeyi
va hayot yo‘lida muvaffaqiyatga erishishida, atrofdagilar bilan munosabatga irishishida,jamiyatga
kirishishida ayni u o‘sib voyaga yetgan oilaviy muhit o‘zining kuchli ta’sirini o‘tkazadi. Oila- har
qanday inson ta’lim-tarbiya oladigan ilk dargoh hisoblanadi.
Inson hayoti davamida bir necha yosh davrlarini bosib o‘tadi. bu yosh davrlari orasida o‘smirlik
davri o‘zidagi yuzaga keladigan ko‘plab o‘zgarishlar bilan boshqa yosh davrlaridan keskin farq
qiladi.bu davrda o‘smirlar organizmida ham anotomik, ham fiziologik,ham psixologik jihatdan
o‘zgarishlarni yaqqol ko‘z bilan ko‘rishimiz mumkin. O‘smirlik bolalikdan kattalikka o‘tish
davridir. Organizmda yuz berayotgan o‘zgarishlarning o‘smir ruhiyatiga ta’sirini to‘g‘ridan-tog‘ri
guvohi bo‘lishimiz mumkun. O‘smirlar bu davrda o‘zlarini kattalardak tutishga harakat qiladilar.
O‘smirlik davrida ko‘pincha so‘zga kirmaslik, o‘jarlik, tajanglik, o‘z kamchiliklarini tan olmaslik,
urushqoqlik kabi salbiy xislatlarni ko‘zga tashlanadi. O‘smirlar organizmida yaqqol ko‘zga
tashlanadigan salbiy xarakter xislatlari fan tilida “xarakter aksentuatsiyasi deb ataladi”. ko‘pincha
bu davrda ota-onalar va tarbiyachilar o‘smirlarni tarbiyalashda turli muammo va qiyinchiliklarga
duch kelishadi. bunday qiyinchilikka duch kelishga sabab ota-onalarning o‘smirlar organizmida
ro‘y berayotgan o‘zgarishlar haqida ma’lumotga ega emaslik va bu o‘zgarishlarga shunchaki
injiqlik va qaysarlik sifatida qarash natijasida yuzaga keladi. Xarakter ijtimoiy xususiyat ekanligini
inobatga olib fikr yuritadigan bo‘lsak xarakter aksentuatsiyasi ham ijtimoiy hodisa bo‘lib,
vaqtincha davom etishi mumkin. Agar yetarlicha chora tadbirlar qo‘llanmasa yuzaga kelgan salbiy
xislat bir umrga saqlanib qolishi ham mumkin. Salbiy jihatlarni mustahkamlanib qolmasligida
o‘smir tarbiyalanayotgan oilaviy muhit va ta’lim olayotgan muassasasi va do‘stlar davrasi asosiy
rol o‘ynaydi. O‘smirlik davrida o‘smirlar ko‘proq mustaqil bo‘lishga intiladilar. fikrlari inobatga
olinishini istaydilar(ularning to‘g‘ri yoki notog‘ri ekanligi ahamiyatsiz).
Yuqorida ta’kidlaganimizdek xarakter ijtimoiy hodisa hisoblanadi, ya’ni atrof-muhit ta’sirida
o‘zgaradi. Agar bola voyaga yetayotgan oilaviy muhitda ota-onalar o‘rtasida oilaviy janjallar
va tushunmovchiliklar ko‘p bo‘lsa bu bolaning ota-onadan uzoqlashishiga, umuman oiladan
uzoqlashishiga olib keladi. Xarakter aksentuatsiyasini o‘rgangan olimlarning xususan k.Leongard
fikricha 50-80% o‘smirlar organizmda xarakter aksentuatsiyasi uchraydi.
Psixolog va pedagog olimlarimizning ta’kidlashlaricha agar oilada oilaviy munosabatlarda
samimiylik bo‘lsa, ota-ona va farzandlar o‘rtasida, ota-ona o‘rtasida iliq munosabatlar yo‘lga
qo‘yilgan bo‘lsa o‘smirlik yoshidagi salbiy xususiyatlarni paydo bo‘ishi yoki ularda o‘zgalarga
nisbatan salbiy munosabat yoki harakatlar paydo bo‘lmas ekan. Pedagog va psixologlar tomonidan
bunday holatlarning oldini olishda bir qator tavsiyalar berib o‘tiladi.
birinchidan, o‘smir o‘sib voyaga yetayotgan muhitni yaxshilash. Ma’lumki, inson dastlabki
bilimlar manbaini o‘zi tug‘ilib o‘sayotgan oila a’zolaridan oladi. dastlabki hayotiy bilimlar ham
bolaga ayni oila a’zolari tomonidan beriladi. Shu sababdan dastlab oilaviy muhitni yaxshilash talab
etiladi. Ota-ona muammolarini bolalardan holi hal qilishga harakat qilishlari lozim. chunki, ota-
ona bolalar oldida tortishsalar agar bola kichik yoshda bo‘lsa bu tortishuvga o‘zini sababchidek
his qilar ekan.
Ikkinchidan, o‘zaro do‘stlik aloqalarini o‘rnatish. Tarbiya jarayonida haddan tashqari ko‘ngli
bo‘shlik ham, haddan tashqari qattiqqo‘llik ham yaramaydi. Ota-onalar ko‘proq ko‘proq samimiy
135
10
suhbatlarni tashkil etishlari, o‘smir organizmida yuzaga kelayotgan ayrim o‘zgarishlar haqida
tushnchalar berishlari lozim.
Uchinchidan, bolada ma’suliyat hissini shakllantirish. Ota-ona farzandini doimo nazorat qilib
turishi lozim. Ma’lum bir vazifani topshiriq sifatida berib albatta uni natijasini so‘rab olish kerak.
Ana shunda bolada berilgan topshiriqlarga ma’suliyat bilan yondashish hissi vujudga keladi.
To‘rtinchidan, bolada kichik yoshidan boshlab atrofda bo‘lib o‘tayotgan voqea-hodisalarga
to‘g‘ri baho berish xususiyatini shakllantirish.
Eng avvalo ota-onaning o‘zi bola uchun birinchi muallim hisoblanadi. bola ota-onasidan
ko‘rib o‘rgangan tajribalarini amaliyotga tadbiq etadi, ulardan o‘rgangan so‘zlarini takrorlaydilar.
Ma’lumotlarga asoslanadigan bo‘lsak bolalar ota-onalarining 70% xarakter xususiyatlarini
takrorlashar ekan. Ayni paytda o‘smirlar anchagina taqlidchi ham hisoblanishadi. Ota-onalar
ma’lum bir faoliyatni amalga oshirishda, boshqalar bilan munosabatlarni o‘rnatishda o‘zlarining
xatti-harakatlariga be’etiborlik bilan qaramasliklari zarur. Shu sababdan ota-onalardan bola
tarbiyasida e’tiborsizlik qilishlariga yo‘l qo‘ymasliklari talab etiladi. bugun o‘sib kelayotgan yosh
avlod yurtimizning kelajagi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Z.Nishonova, d.Abdullayeva, G.baykunusova O‘smirlik davri psixodiagnostikasi va
psixokorreksiyasi” Toshkent-2015.
2. f.I.Xaydarov va N.I.Xalilova “Umumiy psixologiya” Toshkent-2017
3. f.I.Xaydarov va N.I.Xalilova “Umumiy psixologiya” Toshkent-2017
136
Do'stlaringiz bilan baham: |