10
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA RUS TILINI O‘TISHDA O‘YIN
USULIDA FOYDALANISH MOHIYATI
Anarbayeva Dildora Axmedovna
7-umum ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘quvchisi
Toshkent viloyati, Angren shahri
Annotatsiya:
Ushbu maqolada muallif rus tilidagi darslarda boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining kognitiv faolligini o‘yin uslublari yordamida oshirishning ba’zi shakllari va
usullarini ko‘rib chiqqan holda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning bilim faolligini oshirishga
imkon beradigan o‘yin dasturlari olib borilishi mohiyati haqida fikr va mulohazalarni aytib
o‘tgan.
Kalit sozlar:
Til o‘rgatishdagi o‘yin texnikasi, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini
rivojlantirish, rus tili, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari.
Ma’lumki, bilim manfaatlari, bilim darajasi turli darajadagi bolalarda ifodalanishi mumkin.
Shuning uchun o‘qituvchining vazifasi o‘quvchilarda bilim darajasini oshirish, bilim faoliyatini
faollashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish, ta’limotga ijobiy munosabat yaratish, o‘quvchilarning
to‘g‘ri motivatsiyasi, mustaqilligi va samaradorligini rivojlantirishdan iborat.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining aqliy rivojlanish dinamikasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki,
o‘yin o‘quvchilarning ruhiy holatini va dars o‘zlashtirish qobiliyatini samarali rivojlantirmoqda,
o‘yin faoliyati yosh o‘quvchilarni o‘quv faoliyatiga jalb qilishning tegishli usullaridan biridir.
Undan tashqari o‘yinlardan foydalanish juda qisqa vaqt ichida qayta o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan
ma’lumotlarning katta miqdori ma’lumot bloklarini eslab qolish va va uni o‘zlashtirish bilan bir
qatorda ta’limga bo‘lgan e’tiborni ham oshiradi, bu esa hech qanday holatda o‘quvchilarning
xotirasini yaxshilash zarurligi haqidagi fikrlarni oqlaydi, hamda o‘yin faoliyatidan foydalanish
orqali yaxshilashni nazarda tutadi.
Tilni o‘qitish metodologiyasida ushbu yo‘nalish ahamiyatli sanaladi, chunki u ta’lim
standartining yangilangan metodlaridan biri hisoblanib, o‘quv faoliyatining umumiy tuzilishida
kognitiv faoliyatning katta amaliy ahamiyati va o‘quv jarayonini asosan o‘quvchilar tomonidan
katta hajmdagi o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilganligi sababli ushbu vazifani amalga
oshirishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar bilan bog‘liq muammolarni va kamchiliklarni aynan
shu usul, ya’ni o‘yin usulidan foydalangan holda kamaytirish mumkin.
Ko‘pgina tadqiqotchilar maktabda rus tilidagi darslarda o‘yin uslublaridan foydalanish nafaqat
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kognitiv faolligini oshirishga, balki bilimlarni yanada yaxshiroq
va mustahkamroq o‘zlashtirishga yordam beradi degan fikrga qo‘shiladilar.
Xulosa qilib aytganda, rus tilining har bir darsida o‘quvchilar nutqini rivojlantirish
samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan aloqa holatini yaratish uchun o‘yin uslublarini u yoki bu
shaklda qo‘llash tavsiya etiladi. Ammo shuni yodda tutish kerakki, o‘yin texnikasidan foydalanish
samaradorligi o‘qituvchi tomonidan o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil etishga, shu jumladan, hatto
yosh o‘quvchilarda ham psixofiziologik va individual xususiyatlarni hisobga olishga bog‘liq.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. федеральный государственный образовательный стандарт начального общего образо
-
вания (1-4 классы) Утвержден приказом минобрнауки России от 6 октября 2009 г. № 373;
в ред. приказов от 26 ноября 2010 г. № 1241, от 22 сентября 2011 г. № 2357. Учительская
газета от 11 сентября 2012 года.
2. Лаврова В. П., Пестерева С. Н. Развитие учебно-познавательной деятельности уча
-
щихся на внеклассных занятиях по технологии // Научно-методический электронный жур
-
нал «Концепт». –2017.–Т.11.– С.125–127.
113
Do'stlaringiz bilan baham: |