Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


TARBIYA TA’LIMDAN USTUN TURADI, INSONNI TARBIYA VOYAGA YETKAZADI



Download 3,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/246
Sana14.08.2022
Hajmi3,75 Mb.
#847030
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   246
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
TARBIYA TA’LIMDAN USTUN TURADI, INSONNI TARBIYA VOYAGA YETKAZADI
Arapova Dilafruz Yandashovna,
Navoiy viloyat Navbahor tumani MTBga qarashli
2-sonli MTT tarbiyachisi
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada tarbiya - juda keng va murakkab tushuncha bo‘lib, u odob-
axloq o‘rgatish mezonlari bilangina cheklanib qolmasligi haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar: 
tarbiya, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyati, “Ta’limni tarbiyadan, 
tarbiyani ta’limdan ajratib bo‘lmaydi”
Tarbiya – ijtimoiy hodisa bo‘lib, qaysi zamonda bo‘lmasin, har doim dolzarb masala bo‘lib kelgan. 
Tarbiya - juda keng va murakkab tushuncha bo‘lib, u odob-axloq o‘rgatish mezonlari bilangina 
cheklanib qolmaydi. Zamonaviy turmush tarziga moslashib borayotgan jamiyatlarda tarbiya so‘zi 
odamning atrof – olamni idrok etishidan tortib, jismoniy madaniyatini shakllantirishigacha 
bo‘lgan ulkan oraliqni qamrab oladi. Tarbiyaning bosh maqsadi: o‘zlikni anglash, atrof-muhitni 
bilish, o‘z-o‘zini boshqarish, yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy 
milliy, ma’naviy-tarixiy an’analari, urf-odat hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan 
samarali tashkiliy pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish, eng ulug‘ 
g‘oya - Mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatni yuksaltirish, yorug‘ va erkin, farovon hayot 
qurish, komil insonni tarbiyalash, o‘zi yashab turgan oila, mahalla, jamiyat farovonligiga xizmat 
qilishdir. birinchi Prezidentimiz Islom karimov shunday ta’kidlagan edilar: “Jamiyatda yuksak 
ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy 
merosimiz, tarixiy an’analarimiz, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, 
istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha 
islohotlarning hal qiluvchi omilidir”. Ota-bobolarimiz azaldan tarbiya masalalarini oliy darajaga 
ko‘tarib keladi, kattaga hurmat, kichikka izzat bizning ziyoli ajdodlarimiz orasida ajoyib an’ana
bo‘lgan. biroq oradan yillar o‘tishi va ilm-fan, texnikaning favqulodda taraqqiyotidan keyin juda 
ko‘plab sohalarda, jumladan, ma’naviyat va madaniyat olamida ham ayrim muammolar yuzaga 
kela boshladi. Internet atalmish axborot olami bamisoli qaynab turgan qozon, barcha shu “global 
idish”ga topgan-tutganini solaveradi. bugun bolalar ongiga kirib borayotgan va idrok ko‘zgusini 
xiralashtirayotgan yot mafkura-yu ajnabiy madaniyatlar ta’siridan omon saqlash, beqaror va 
subutsiz qilib qo‘ymaslik uchun TARBIYA degan nozik tushunchani amaliyotga aylantirishimiz 
zarur. bu jarayon o‘qituvchilar zimmasiga ulkan vazifalar yuklaydi. Tarbiyaviy ishlar tizimini 
olib borishda o‘qituvchi o‘quvchi shaxsini hurmat qilish, uni e’zozlash, kechirimli bo‘lish, 
tarbiya jarayonida o‘z-o‘zini rivojlantirish uchun ijodiy muhit yaratish, unga nisbatan do‘stona 
munosabatda ish yuritish, ehtiyoji, qiziqishi, shaxsiy fazilati, iqtidori, ichki imkoniyatlarini ishga 
solishni maqsad qilib olishi kerak. Ana shunday muhim jarayonda o‘quvchi tarbiya jarayonining 
sub’yektiga aylanadi. Tarbiyachi shu jarayonda o‘quv-tarbiyaviy ishlarni ijodiy muhitda olib 
boradi va kutilgan samaradorlikka erishadi.
O‘tmishga nazar tashlar ekanmiz, ma’rifatparvar ajdodlarimiz ta’lim-tarbiya tizimi taraqqiyoti 
uchun o‘zlarining ilg‘or g‘oyalarini ilgari surganlariga guvoh bo‘lamiz.buyuk bobomiz Muso al-
Xorazmiy inson xulq-atvori, xatti-harakati mantiqiy fikrlashga asoslangandagina u mukammal 
shakllanishi mumkin, degan edi. Abu Nasr forobiy esa ta’lim faqat so‘z va o‘rganish bilangina 
bo‘ladi, tarbiya amaliy yoki tajriba bilan, ya’ni shu xalq, shu millatning amaliy harakatlaridan 
iborat bo‘lgan ish-harakat, kasb-hunar berilgan bo‘lishi, o‘rganishidandir, deydi. Tarbiya aqlning 
yaratuvchisidir, degan ta’rifni ilgari suradi. donishmand Ibn Sino, avvalambor, axloqiy va aqliy 
tarbiya usullarini yaxshi egallagan, irodali, dono, g‘amxo‘r tarbiyachi tanlash kerak bo‘ladi, deydi. 
U tarbiyani ona qornidayoq boshlash kerakligini bejiz uqtirmaydi. XI asrning buyuk mutafakkiri 
Yusuf Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilig” asarida yozishicha, farzand ko‘rish va unga tarbiya 
berish har bir inson uchun buyuk baxtdir. Lekin bu narsa ota-onaga shu qadar mas’uliyat yuklaydiki, 
uning uddasidan chiqmoq har bir ota-ona uchun ham farz, ham qarzdir. So‘z mulkining sultoni 
Alisher Navoiy asarlarida maktab va madrasalardagi ta’lim va tarbiya usullari, talabalarga bilim 
beradigan mudarris va ustoz-murabbiylarning o‘zlari dono hamda tarbiyasi yuksak pedagogik 
mahoratga ega bo‘lishi zarurligi uqtirilgan. Abdulla Avloniy tarbiya xususida shunday yozgan: 
“Tarbiyani bola tug‘ilgan kunidan boshlasak, vujudni quvvatlantirmoq, fikrni nurlantirmoq, axloqni 


114
10
go‘zal qilmoq, zehnni ravshanlantirmoq lozim”. Ulkan davlat va jamoat arbobi Islom karimov esa 
“Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani ta’limdan ajratib bo‘lmaydi, bu sharqona qarash, sharqona hayot 
falsafasi” ekanini alohida ta’kidlagan. 
Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tarbiyaning xalq farovonligiga ta’siri xususida 
shunday deydi: “hammamizni tarbiyalagan, voyaga yetkazgan - shu xalq. barchamizga tuz 
nasiba bergan ham – shu xalq. bizga ishonch bildirgan, rahbar qilib saylagan ham aynan shu xalq. 
Shunday ekan, biz birinchi navbatda, kim bilan bamaslahat ish tutishimiz kerak – avvalo, xalqimiz 
bilan. Shunda xalqimiz bizdan rozi bo‘ladi. Xalq rozi bo‘lsa, ishimizda unum va baraka bo‘ladi. 
Xalq bizdan rozi bo‘lsa, Yaratgan ham bizdan rozi bo‘ladi”.
Hozirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijobiy islohotlar zamirida dunyo bilan 
bo‘ylasha oladigan, istiqbolimiz uchun kurasha oladigan avlodni tarbiyalash masalasi ustuvordir. 
Shu bois tarbiyalovchilarning o‘zlari tarbiya ko‘rgan bo‘lishlari shart.zero, inson tarbiyasi xuddi 
nihol tarbiyasiga o‘xshash: yoshlikda bog‘bon unga qanday shakl bersa, shoxlari shunchalik raso 
bo‘ladi yoki, aksincha, o‘stirish yo‘llarini bilmasa, nobud qilishi hech gap emas. bola tarbiyasi 
ham shunday.
Hayot – to‘lqinlarni taroshlab, ulkan ummonda chayqala-chayqala manzil sari suzib borayotgan 
kemaga o‘xshaydi. bu kema yo‘lga chiqqaniga necha ming-ming yillar bo‘ldi. Tabiiyki, shu vaqt 
ichida mo‘ysafid tarix yuzlab avlodlar almashinuviga guvoh bo‘ldi. Lekin hamma davrda ham xalq 
tarbiyasiga eng muhim masala sifatida qaraldi. Shunday ekan, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik 
jamiyatiga o‘tishda tarbiya masalasiga e’tibor berish, chuqur anglash va anglatish barchamizning 
birlamchi vazifamizdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
1. U.Maxkamov. «Axloq-odob saboqlari». Toshkent, 1994 y. 
2. O.Xasanboeva “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” T.,2006 yil
3. M.fayzullaeva, Z.Raximova “Yaxshi odatlar gulshani” Toshkent-2011y.


115

Download 3,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish