Pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti


Teorema. Muntazam ko’pburchakning yuzi uning perimetri bilan ichki chizilgan aylana radiusi(apofemasi) ko’paytmasining yarmiga teng. Isbot



Download 410,21 Kb.
bet16/19
Sana14.07.2022
Hajmi410,21 Kb.
#801374
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti

Teorema. Muntazam ko’pburchakning yuzi uning perimetri bilan ichki chizilgan aylana radiusi(apofemasi) ko’paytmasining yarmiga teng.
Isbot. P – ko’pburchakning perimetri, r – ko’pburchakka ichki chizilgan aylananing radiusi bo’lsin, u holda

ekanini isbotlaymiz.
Muntazam n burchakning uchlarini ichki chizilgan aylananing markazi bilan kesmalar orqali tutashtirib, uni n ta uchburchakka ajratamiz(16b-chizma). Bu uchburchaklar o’zaro teng. Bulardan har birining yuzi ga teng, bunda an – muntazam ko’pburchakning tomoni.
Ko’pburchakning yuzi ga teng, biroq an  n = P.
Demak,

Teorema isbotlandi.
Teorema. Muntazam n burchakning yuzi ga teng, bunda R – tashqi chizilgan aylana radiusi (16a-chizma).
Isbot. Biroq OA= OB=R,
Shuning uchun
Muntazam n burchak AOB uchburchakka teng n ta kesishmaydigan uchburchakdan tashkil topgani uchun

Teorema isbotlandi.
Shuning bilan tayyorlagan kurs ishim nihoyasiga yetdi.


DARS ISHLANMA


Fan: Geometriya.


Sana:
Sinf: 7
Mavzu: Siniq chiziq. Ko’pburchak.
Darsning maqsadi: O’quvchilarga siniq chiziq haqida ma’lumot berish, ko’pburchaklarga oid tushunchalarini boyitish.
Ta’limiy maqsad: Siniq chiziqning uzunligi, ko’pburchak haqida malaka hosil qilish, ko’pburchakning ichki va tashqi sohasini yosh avlodga o’rgatish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni barkamol avlod qilib tarbiyalash, odob-axloq, mehnatsevarlik, insoniylik fazilatlarini o’quvchilar onggiga singdirish, o’quvchilar o’rtasida o’zaro hurmatni kuchaytirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni ko’pburchaklar mavzusiga doir bilimlarini kengaytirish, ularning aqliy fikrlash va hisoblash qobiliyatlarini takomillashtirish.
Darsda yoritilishi lozim bo’lgan asosiy tushuncha va atamalar: siniq chiziq, siniq chiziqning uchlari, siniq chiziq bo’g’inlari(tomonlari), siniq chiziq uzunligi, yopiq siniq chiziq, ko’pburchak, n-burchak, ko’pburchakning tashqi sohasi, ko’pburchakning ichki sohasi.
Darsning texnik jihozi: darslik, tarqatma materiallar, doska, AKT jihozlari: elektron doska yoki televizor, kompyuter, proyektor, taqdimot.
Dars tipi: Yangi bilimlar berish.
Dars metodi: Noan’anaviy.

  1. Aqliy hujum;

  2. Yakka tartibda ishlash;

  3. Juftlikda ishlash;

  4. Guruhlarda ishlash.

Dars rejasi(40 daqiqa):
1. Tashkiliy qism (2 daqiqa);
2. O’tgan mavzuni so’rash (10 daqiqa, tugatilgan bob bo’yicha umumiy savol-javob, takrorlash);
3. Uyga vazifalar nazorati (bu bandga to’xtalmaymiz, negaki, bugungi mavzu yangi bobning ilk mavzusi. O’tgan darsda nazorat ishini tahlil qilgan edik);
4. Yangi mavzu bayoni(15 daqiqa);
5. Mustahkamlash(8 daqiqa);
6. Baholash(3 daqiqa);
7. Uyga vazifa berish(2 daqiqa).

Darsning borishi:


Proyektor – yangi mavzu bayonida
Elektron doskadan – mavzuga doir hayotiy misollar keltirishda
Kompyuterdan – oldingi bilimlarini aniqlashda
Darslik – izlanishlarida
Tarqatma materiallar – qo’shimcha ma’lumot sifatida
1.Darsning tashkil etilishi: Salomlashish, davomatni aniqlash, sinfxona tozaligiga e’tibor berish, sanitariya-gigiyena talablariga javob berishini nazorat qilish, siyosiy axborot va ob-havo haqida ma’lumot qayd etib o’tish.
2.O’tgan mavzuni so’rash. O’quvchilarga o’tgan bob yuzasidan yopiq test olamiz, kompyuterda bajarishadi, javoblarini yozishlari uchun bo’sh joy qoldirilgan bo’ladi. 5 ta variant tuzamiz, har bir variantga 8 tadan savol qo’yamiz. Shunda shaffoflikni ta’minlagan bo’lamiz, ya’ni har bir o’quvchining bob yuzasidan egallagan bilimlarini aniqlab olamiz. Test yakunlangandan so’ng ochiq qolgan, javobi topilmagan yoxud chala javob berilgan savollarni tahlil qilib, darslikdan javob izlashlari uchun 2 daqiqa vaqt beramiz. O’zlari mustaqil ravishda qidirib topgan savollari yodlarida qoladi, oxirida barcha savollarni birgalikda muhokama qilamiz. Shunda natija kutilganidanda samarali bo’ladi. Quyida savollarni keltirib o’tamiz:

Download 410,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish