Metodik ko`rsatma:
Mashqni og`izni ochib turgan holatda bajarish kerak.
Tilning uchi yuqorigi kurak tishning ichki tomonidan bo`lib, o`ng va chap
tomonga harakat qilish kerak. Bu paytda pastki jag` va lablar harakatsiz bo`lishi
lozim. Lablar kulgi holatda bo`lib, tishlar ko`rinib turadi. YUqorida aytilgan
holatlarning barchasini tarbiyachi nazorat qilib borishi darkor.
«Otlar»
Maqsad:
Til uchini faollashtirish.
O`yinning borishi:
Bolalar ketma-ket turadilar. Tarbiyachining «ketdik»
deyishi bilan bolalar bir-birlarini ketlaridan yurib, otlarning tuyoq tovushini aks
ettirish uchun til uchi bilan shaqillatadilar va belgilangan joyga kelib to`xtaydilar.
Tarbiyachi shunday deydi: «Endi kimning oti tuyog`i bilan yaxshi taqillata
olishini tekshiramiz». Tarbiyachi ikki bolani chiqarib, qarama-qarshi tomondan
bir-biri tomon yurishni (Huddi otning yurishidek) taklif etadi. Qolgan bolalar ot
tuyog`ining taqillashiga quloq solib turadilar. SHunday qilib, bolalar navbatma-
navbat bu mashqni bajaradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |