Mavzu№ 3. Bolalar psixologiyasi nazariyasi va amaliyoti.
Maqsad:
Psixologik tadqiqot o`tkazish shakllari to`g’risida
talabalarda
tushuncha xosil qilish.
Mavzu bo`yicha olingan bilimlarni mustahkamlash, talabalarda mavzuga oid amaliy
ko`nikma va malakalarni shakllantirish.
Dars tipi
: Mustahkamlash tipidagi dars.
Dars metodi
: Tezkor savol-javob, FSMU jadvali.
Dars jihozi
: Ko`rgazmali qurollar, tarqatma materiallar,
marker.
Dars mavzusi:
Bolani o`rganish maqsadida o`tkaziladigan psixologik tadqiqot ikki asosiy shaklda
olib boriladi: “ko`ndalangiga kesim” va “uzunasiga kesim” metodi deb nomlanuvchi
tadqiqot shaklida amalga oshiriladi.
Tadqiqot ko`ndalangiga kesim shaklida
o`tkazilganda turii yoshdagi bolalar
guruhlarida muayyan psixologik jarayon, holat yoki xususiyat o`rganiladi
va har xil
yosh bosqichidagi bolalar ustidan olib borilgan tadqiqot natijalari o`zaro solishtiriladi.
Masalan, D.B.Elkonin kichik, o`rta va katta maktabgacha yoshdagi bolalaming
syujetli-rolli o`yinlariga xos xususiyatlarni o`rganib, o`zaro solishtirib bolalar o`yinlari
taraqqiyotiga xos umumiy qonuniyatni aniqlagan. Ko`ndalangiga kesim shaklidagi
tadqiqotda asosiy e’tibor sinaluvchi bolalar yoshidagi farqlarga qaratilishi kerak. Farq
qanchalik kichik bo`lsa, psixolog tadqiqotchi bola psixikasi va shaxsidagi muhim
o`zgarishlarni payqash uchun ko`proq imkoniyatga ega boladi.
Tadqiqot uzunasiga kesim shaklida
o`tkazilganda bir yoki bir necha bolaning
muayyan vaqt oraligidagi hayoti o`rganiladi. Tadqiqotchi uzluksiz ravishda bir yosh
bosqichidan ikkinchisiga o`tishda bola psixikasi va hulq-atvorida ro`y
beruvchi
o`zgarishlami aniqlab boradi. Masalan, maktabgacha taiim muassasasida yangi dastur
bo`yicha ish boshlangan boisa, muassasaga endi qabul qilingan bolalarni 4- 5 yil
uzluksiz o`rganish orqali dastuming bola taraqqiyotiga ta’sirini aniqlash va u haqida
xulosa chiqarish mumkin boladi. Uzunasiga kesim shaklidagi tadqiqot shuningdek,
ayrim
hollarda
longityud tadqiqot
ham deb ataladi. Tadqiqotning bu shakli ancha
murakkab va ko`p vaqt talab etadi.
FSMU metodi yordamida islash:
Savol
Uzunasiga kesim shaklidagi tadqiqotlar qanday maqsadda o`tkaziladi
F
S
M
U
Asosiy adabiyotlar
1.
Djamilova. Maktabgacha metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi. T. 2017y
2.
Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. Т.: 2000.
3.
Gilbert E., Kamolov N. Intensivniye metodi obucheniya. Т.: 1997.
4.
Pedagogika. // M.Toxtaxodjayevaning umurniy tahriri oslida. - Т.:
O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010.
5.
Zufarov S. I. Pedagogik innovatika. Т.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti,
2012.
6.
O'zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyev. 2017-2021 yillarda O’zbekistonni
rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi .7
yanvar 2017 yil.
7.
Muslimov N.A., Qo‘ysinov О.A. Kasb la’limi o‘qituvchilarini tayyorlashda
mustaqil ta’limni tashkil etish. - Т.: Nizomiy nomidagi TDPU.
Metodik
qollanma. 2006.
8.
Abuzalova М., Toirova G. Malakaviy bitiruv ishi yozish uchun metodik
ko‘rsatma va tavsiyalar (filologiya fakulteti talabalari va metodistlari uchun
mo’ljallangan). - Т.: “Fan” nashriyoti, 2007, - 28 b.
9.
Kadirova R.M Bitiruv malakaviy ishini yozish metodikasi . 0‘quv
qo‘llanma.T.: 2001 -112.b
10.
Xodjayev B.X. 0‘quvchilarning mustaqil fikrlashini shakllantirish yollari.
Internet saytlari
18.www. tdpu. uz
19.www. pedagog. uz
20.www. Ziyonet. Uz