Metodik ko`rsatma:
Lab harakatlari vazmin va hech qanday kuch talab
qilmasligi kerak. Bola lablarini oldinga cho`zarkan, og`iz ochilmasligi va pastki
jag`ini oldinga chiqarmasligi kerak. Buni tarbiyachi doimo e’tibor bilan kuzatib
borishi lozim.
«Lablar dumaloq, huddi teshikkulchaga o`xshash»
Maqsad:
Lab harakatini faollashtirish.
O`yinning borishi:
Tarbiyachi bolalarga teshikkulcha tasvirlangan rasmini
ko`rsatadi va shunday deydi: «Bolalar kim labini huddi teshikkulchaga o`xshatib,
dumaloq shaklga keltira oladi. Maka bunday qilib (ko`rsatadi). Lablar dumaloq
bo`lishi uchun tarbiyachi «O» tovushini talaffuz etib ko`rsatadi. Tarbiyachi
navbat bilan bir necha bolani chaqirib mashqni bajarishni taklif qiladi. So`ngra
hamma bolalarga lablarini dumaloq shaklga keltirishni taklif etadi».
Do'stlaringiz bilan baham: |