UMUMIY XULOSALAR VA TAVSIYALAR................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR............................................................
GLOSSARIY....................................................................................................
ILOVALAR...................................................................................................................
KIRISH
Ozbek xalqining ming yillar davomida yaratgan, avloddan-avlodga otib kelayotgan ijod boyliklarini toplash, organish, bu boy xazinalar asosida yosh avlodni manaviy boy, axloqiy pok, jismoniy barkamol qilib tarbiyalash bugungi kunnig dolzarb masalalaridan biridir. Xalq oyinlari taraqqiyotning barcha bosqichlarida oz davri odamlarining xayoti, turmush tarzi, mehnat sharoiti, millati, dini va boshqa oziga xos belgilarini ozida mujassam etib kelgan va ishtirokchilarda chaqqonlik, chidamlilik, ijodiy topagonlik, gayratlilik, kuchlilik sifatlarini tarbiyalashga xizmat qilgan.
Har bir xalq otmish avlodlaridan qolgan madaniy merosiga ega bolib, uning madaniy boyliklari xazinasiga xalq oyinlari ham kiradi. Xalq oyinlari ozining vujudga kelishi va rivojlanishiga kora gayrioddiy hodisa emas, balki xalqning hayotini obrazli, muayyan aks ettiradigan va jamiyat taraqqiyoti qonunlariga hamohang belgilanadigan faoliyatdir .Xalq oyinlari xalq ijodiyotining oziga xos janri bolib, kop asrlik tarixga ega.
Bugungi kunda unutilib borayotgan qator milliy oyinlarni kengroq targib etish yoli bilan yoshlarimizni komil inson qilib tarbiyalash, soglom turmush tarziga targib etish, ularning intellektual salohiyati bilan birgalikda jismonan barkamol bolib voyaga yetishishlarini taminlash sosiy vazifalarimizdan biridir. Zero, milliy oyinlarimizning har birida komillik, mardlik, jasurlik, rostgoylik va zukkolik talab etiladi.
Bu haqda Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boyicha Harakatlar strategiyasida “Jismonan soglom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qatiy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish”1 kabi muhim vazifalar belgilab berilgan.
Shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 noyabr Aholining soglom turmush tarzini qollab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisida 735i-son qarorida quyidagilar takidlab otilgan: Yoshlar ortasida milliy sport turlari va xalq oyinlarini keng targib qilish; milliy va xalq oyinlari boyicha barcha hududlarda sport musobaqalari va festivallarini tashkil etish; yoqolib borayotgan milliy oyin turlarini ommalashtirish; xalq oyinlarini namunaviy logotip va piktogrammalarni ishlab chiqish; xalq oyin turlarini ommalashtirish va keng targib etish.
Yuqorida davlatimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida biz magistrlik dissertatsiyasi mavzusini “Xalq oyinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik asoslari deb tanladik.
Do'stlaringiz bilan baham: |