8. Bolalarning ermak folklor oyinlari.
Bolalar folklori - ogzaki ijod namunalari. odatda bolalar yoki ular uchun kattalar tomonidan yaratiladi. Folklor janrining tarkibiy kismi. Ozbek Bolalar folklori alla, ertak, ermaklar, tez aytish, topishmoq, bolalar oyin qoshiqlari, erkalama, masxaralama va b. ni oz ichiga oladi. Bolalar folklori bolaning tinglashiga, aytib yurishiga, oyiniga, qoshigiga moslangan boladi.
Kattalar tomonidan yaratiladigan alla, ovutmachoq va erkalamalar onalar mehr muhabbati bilan yogrilgan bolib, ularda godakning istiqboliga oid orzu umidlar, bola yashayotgan muhit oz ifodasini topadi. Bolani belash, otqazish, atak-chechak yurgizish, sakratish, oynatish va ovutishlarda Toy-toy, Bordi-bordi” va boshqa ovutmachoqlar aytiladi. Bolalar qoshiqlarining koplari yil fasllari bilan boglik. “Boychechak, Oftob chiqtsi olamga, Chitti-gul, Laylak keldi, yoz boldi, Qurbaqa, Qaldirgoch” kabi qoshiqlarni bolalar tom boshida, dalalarda, qishloq kochalarida aytishadi.
Ular bahor kelishi, yomgir yogishi, quyoshning olamni isitishi, ilk chechak, birinchi qor kabi fasl va tabiat hodisalari bilan bogliq. Bu bogchada olicha, Zuv-zuv boragon”, CHamandagul”, Oq sholi, kok sholi” va boshqa qoshiklar turli davrda aytilaveradi. Ularda ovchilik, dehqonchilik, chorvachilik, hunar va sanat bilan bogliq mehnat jarayonlari, kattalar xatti-harakatlariga taqlid aks etadi.
Oyinlar ham, qoshiqlar ham bolalarning akliy va jismoniy kamolatga yetishiga yordam beradi, ularda zavq uygotadi. Oyinlar Bolalar folklorining murakkab turi bolib, ularda drama va musiqa unsurlari chatishib ketadi. Oyinlarni kichik yoshdagi bolalar ”Choriy chambar”, ”Hakkalakam” kabi sanama oyinidan, katta bolalar ”Qushim boshi” degan topishmoqdan boshlaydi.
Bolalar bogchalari, maktablarda oyinlardan keng foydalaniladi. Bolalar folklori yosh avlodni intizomli, jasur, qatiyatli, qiyinchiliklarni yengishga, ortoqlariga yordam berishga tayyor bolish singari yaxshi sifatlarga ega bolib osishlariga yordam beradi. Uning ayrim namunalari maktab darsliklari va oqish kitoblariga kiritilgan9.
Ozbek xalq madaniyatining real hayot tarzi bilan yogrilgan hozirgi ozbek bolalar folklor oyinlari uzoq zamonlardan beri yashab, shakllanib, har bir davrda oziga xos sayqal topib tahrirlarga uchrab, rivojlanib kelayotgan qadimiy, ammo hamisha navqiron sanat turidir. Kohna Turon, shu jumladan ozbek xalqining ota-bobolari va momolarini tashkil etgan urug va qabilalarining ijtimoiy hayoti, ijtimoiy estetik, etnik dunyo qarashi, milliy xususiyatlari bilan bogliq turli etnografik mazmun manolaridagi rang-barang oyinlar kishilarning maishiy hayotlari bilan bogliq ongli oyin harakatlarining ilk ildizlari bolib hisoblanadi.
Shu tufayli ular boshlangich, sodda elementlaridan murakkab shakllarga osib yetgan uzoq jarayonlar tarixiga ega. Inson dunyoga kelganidan to qabrgacha oyinlar bilan mashgul boladi. Demak, oyinlar inson hayotining ajralmas bolaklaridandir. Har bir oyin shunchaki oddiy hatti harakatlardan yohud ruhiy holat vaziyatlaridan iborat bolmay, malum ritm, ohang, badiiy emotsional soz, muayyan syujet va kompazitsion murakkablikdan ham iboratdir. Oyinda uni bajaruvchisining kuch-quvvati, aql-idroki, fahm-farosati, topqirligi, zukqoligi, epchilligi ham namoyon boladi.
Uzoq va murakkab taraqqiyot bosqichini bosib otgan xalq oyini sanatning salmoqli qismini bolalar, shu jumladan kichik va orta yoshdagi bolalar oyinlari tashkil etadi. Zero, bolalar ham kattalar kabi mazmun manosi yuksak maroqli, kishiga olam-olam shavqu-zavq beruvchi ayni choqda sinovlardan otkazuvchi oyinlarsiz yashay olmaydilar, hatto, osib-unib, kamolga erisha olmaydilar.
Darhaqiqat, har qanday bola xilma-xil oyinlar bagrida inson sifatida shakllanadi, voyaga yetadi. Ayni shu xalq oyinlari bolalarning u yoki bu narsa-hodisaga qiziqish etiborini shakllantiradi, rivojlantiradi. Jismoniy, axloqiy manaviy, estetik, etik tarbiyasini shakllantiradi. Bora-bora mazkur oyinlar bagrida kamol toptiradi. Shu jihatdan ananaviy folklor oyinlari asrlar davomida xalq pedagogikasining ajralmas qismi sifatida muhim va zarur tarbiya vositalaridan biri bolib kelgan. Qanoatli ibora bilan aytganda, oyinlar bolalar dunyosining doimiy yoldoshi bolib, hozirgi kunimizda ham muntazam hamrohlik qilmoqda Ozbek bolalar folklor oyinlarining ildizlarini juda qadimdan, yani eramizdan oldingi ming yillardan izlash maqul.
Mahmud Qoshkariyning “Devonu lugatit-turk” kitobi hamda IX-asrda yaratilgan didaktik asar ”Irq bitigi” (faol kitobi) va manbalardagi qaydlar, qatlamlarida ham bolalar folklorlari, jumladan bolalar folklor oyinlarining izlari bor albatta. Ananaviy xalq bolalar oyinlarining faol yashovchanligi, tarbiya bobida asosiy orinlardan birida turishligining boisi nimada? Nima uchun, bolalar hatto, kattalar ham oyinlarga och boladilar, oz hayotlarini oyinlarsiz tasavvur qila olmaydilar.
Buning sababi birinchidan, oyinlarning benazir qiziqarli bolishi; ikkinchidan, ularning bagoyat emotsional-tasirchanligi, uchinchidan did-farosatni, tafakkurini, shuningdek, jismoniy kuchquvatni oshirishga qaratilgan bolishligidandir; tortinchidan, yonatrofdagi voqea hodisalarni anglash, dunyoni tanish, manaviy-marifiy va axloqiy tarbiyaga alohida tasir etishligidandir. Bolalar oyinlari, qolaversa umuman oyinlarning chuqur milliy, ayni chogda, baynalminal xususiyatlarga ega bolishliklari, ruhiyatni kotarish qalbni zabt etish, ota tasirchan va hayajonli bolishliklarida namoyon boladi.
Darhaqiqat, oyinlar xususan, folklor oyinlari har bir kishiga, jumladan bolaga olam-olam quvonch, shodlik bagishlaydi. Harakat va aql-idrokining favqulodda qiziqarli olamiga olib kiradi, uni ozligini unutayozib oyinga berilishini taminlaydi. Tafakkur, did-farosat va aql-idrokni ostiradi. Tevarak-atrof, kishilar bilan tanishuvida yordamlashadi. Aqliy va jismoniy kamolot sari yetaklaydi.
Bolalar folklor oyinlari ruhi, tabiati, xarakteri, poetikasi, ishtirokchilarning hatti -harakati, shu harakatning mehnat va milliy ananalari bilan turmush kechirish sharoitlari, jugrofik yashash orni, iqtisodiy va siyosiy talablaridan shakllanadi. Bolalar oyinlari ham, oyin sanati kabi konkretik tarzda mehnat jarayonida yuzaga kelgan.
Demak, oyinlarning asosi mehnatdir. Ijodkor esa kattalar va bolalarning ozlaridir. Xalqimizning ozbekona zukkoligi, topqirligi, ijodkorligi, jangarligi, oqilu-donoligi ana shu sanat turi, yani oyinlarida ham namoyon boladi. Ayni chogda oyinlar xalq hayoti, intilishi, kurashi, orzu-umidi, maqsad-niyati, uning falsafasi, dunyoqarashi, etik-estetik did qarashlarining oziga xos darajadagi ramziy ifodasi hamdir.
Ozbek ananaviy bolalar folklor oyinlarining mavzu-qamrovi, ijro uslubilari juda keng. Ijtimoiy hayot kishilar munosabatlarining biron-bir jabhasi yoqki, ular oyinlar nazariga tushmagan bolsin . Boshqacha soz bilan aytganda, xalqimiz hayotining biron sohasi bolmasinki, oyinlarga ”kochmagan”, ularda oz ifodasini topmagan bolsin. Xalqimizning dehqonchilik, chorvachilik, bogdorchilik, polizchilik madaniyati, kasb-hunar va ilm-bilim sohasi deysizmi, falsafiy, estetik, axloqiy yohud talim-tarbiya, axloq-odob bobidagi qarashlari deysizmi barchasi ananaviy oyinlarga mavzudir. Xususan ozbek bolalar folklor oyinlari boshidan oyoq manaviy-marifiy axloqiy tushunchalar bilan yogrilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |