Pedagogika kafedrasi



Download 1,56 Mb.
bet20/20
Sana20.03.2022
Hajmi1,56 Mb.
#501903
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
2 5431372104438127036

“Chillak” o’yini
Bu o’yin boshlanishidan oldin shunday she’r o’qishgan:
Chillak o’ynadim childay bo’lib,
Yangi ochilgan gulday bo’lib.
O’ynaymiz biz yoshlar jam bo’lib,
Sayragan bulbulday bo’lib.
O’yin uchun 1 metrlar chamasidagi tayoqcha kerak bo’ladi. Uning nomi enasop galdastadir. Enasop 2-2,5 sm qalinlikda, 1-1,5 m uzunlikda va boshi o’rta qismiga nisbatan ingichkaroq bo’ladi.
Enasopning chilligi (bolasopi) bo’ladi. Uning uzunligi 20-25 sm. qalinligi esa 1,5-2 sm. Chillikning ikki uchi qalamdek yo’niladi. Enasop bilan urilgan chillik havoga sakraydi. So’ng havodagi chillik enasop bilan bexato urib, uzoqqa yo’naltiriladi. Enasop bilan chillik urganda unga tegmay ketsa, ikkinchi bor uriladi, u ham tegmasa, uchinchi bor harakat qilish zarur. Bu gal ham tegmasa, o’yin navbati o’tib ketadi.
Har bir o’yinning o’ziga xos xususiyatlari va nozik tomonlari, yechimlari bor. Ular qatnashchilardan aql-farosat, o’yin madaniyatini, jismoniy baquvvatlikni, jasurlikni talab qiladi. Kimdaki mazkur sifatlar yetishmasa, uni shu o’yinlar tarbiyalab boradi.


Ikkinchi bob bo’yicha xulosalar
Ikkinchi bobda quyidgilar o’rin olgan: Jismoniy harakatli bolalar folklor o’yinlari: “Quvlashmachoq”, ”Ziyrak”, ”G’oz-g’oz”, ”To’pni quvib yet”, ”Quyonim-quyonim”, ”Olarsan-a”, ”Epchil quyon”, ”To’ptosh”, ”Sanash”, “Chiqadak”, ”Oq suyak”. ”Yugurish”, ”Zuv-zuv”, ”Oq terakmi, ko’k terak”, ”Eshak mindi”, ”To’p”, ”O’yla”, ”Quloq cho’zma”, ”Menga yetib ol”, ”Soqqa”, ”Lanka”, ”Mushtlashish”, ”Xo’rozlar jangi”, ”Xodaga chiqish”, ”Toqqa ko’tarilish”, ”O’yinchoqlarni olib kel”, “Suv tagida turish”, ”Uloq”, ”CHovg’on”, ”Suzish”, ”Uzoqqa sakrash”, ”Arqonda tortilish”, ”Ot o’yini”, ”Qiz quvdi”, ”Poyga”, ”Nishonga otish”, ”Qilichbozlik”, ”Tarandozlik”, ”Tosh ko’tarish” va boshqalar.
O’zbek xalqi yaratgan topishmoqlar uning ijtimoiy hayoti va turmushining barcha tomonlarini qamrab oladi. Ularning katta qismi dehqon mehnati dehqonchilik, polizchilik, uy yumushlari bilan bog’liq; topishmoqlar o’z qiziqish doirasiga o’simliklar va hayvonot dunyosini, uy xo’jaligiga oid ko’plab narsalarni, xalq odatlari va xislatlarini ham qamrab olgan.
Bolalar folklor o’yinlari ruhi, tabiati, xarakteri, poetikasi, ishtirokchilarning hatti -harakati, shu harakatning mehnat va milliy an’analari bilan turmush kechirish sharoitlari, jug’rofik yashash o’rni, iqtisodiy va siyosiy talablaridan shakllanadi. Bolalar o’yinlari ham, o’yin san’ati kabi konkretik tarzda mehnat jarayonida yuzaga kelgan.
Demak, o’yinlarning asosi mehnatdir. Ijodkor esa kattalar va bolalarning o’zlaridir. Xalqimizning o’zbekona zukkoligi, topqirligi, ijodkorligi, jangarligi, oqilu-donoligi ana shu san’at turi, ya’ni o’yinlarida ham namoyon bo’ladi. Ayni chog’da o’yinlar xalq hayoti, intilishi, kurashi, orzu-umidi, maqsad-niyati, uning falsafasi, dunyoqarashi, etik-estetik did qarashlarining o’ziga xos darajadagi ramziy ifodasi hamdir.
O’zbek an’anaviy bolalar folklor o’yinlarining mavzu-qamrovi, ijro uslubilari juda keng. Ijtimoiy hayot kishilar munosabatlarining biron-bir jabhasi yo’qki, ular o’yinlar nazariga tushmagan bo’lsin . Boshqacha so’z bilan aytganda, xalqimiz hayotining biron sohasi bo’lmasinki, o’yinlarga ”ko’chmagan”, ularda o’z ifodasini topmagan bo’lsin. Xalqimizning dehqonchilik, chorvachilik, bog’dorchilik, polizchilik madaniyati, kasb-hunar va ilm-bilim sohasi deysizmi, falsafiy, estetik, axloqiy yohud ta’lim-tarbiya, axloq-odob bobidagi qarashlari deysizmi barchasi an’anaviy o’yinlarga mavzudir. Xususan o’zbek bolalar folklor o’yinlari boshidan – oyoq ma’naviy-ma’rifiy axloqiy tushunchalar bilan yo’g’rilgan
Umumta’lim muassasalarida maktabdan va sinfdan tashqari ishlarni olib borishda o’zbek bolalar folklori hamda undagi o’yinlarni
o’rgatishga e’tiborni karatmoq lozim. Shu yo’nalishda to’garaklar tashkil etilsa, kadimgi kuy-qo’shiklar, milliy o’yinlar o’rgatib borilsa, o’kuvchi yoshlarning dunyoqarashlari kengayadi, nutk ravonligiga erishiladi, milliy an’analarni o’rganib borishlari ta’minlanadi.
Milliy sport turlari bilan bir qatorda xalq o’yinlari ham aksariyat yoshlarda katta qiziqish uyg’otmoqda. Bu o’yinlar, ayniqsa, bolalar orasida keng yoyilgan. Xususan, mahallalarda o’tkazilayotgan turli tadbirlarda aksariyat bolalar “Quloq cho’zma”, “Oq terakmi, ko’k terak”, “Podachi”, “Charxpalak”, “O’rda to’p”, “Chigi”, “Qo’tir echki” kabi o’yinlarda o’zaro bellashib, kim epchilu, kim chaqqonligini aniqlab oladilar. Shuningdek, “Uzuk olish”, “Igna sanchish”, “Poyondoz”, “Sultonchalar jangi”, “Igna, ip, angishovna” singari xalq o’yinlari ham yillar osha bizgacha yetib kelgan.
Mazkur o’yinlar ishtirokchilariga sinchiklab qarasangiz, har birida abjirlik, murakkab holatni to’g’ri baholash, qiyin vaziyatdan chiqib ketish xususiyatlari qaror topganiga amin bo’lasiz. Shundan xulosa qilish mumkinki, milliy sport turlari va xalq o’yinlari yoshlarni sog’lom voyaga yetkazish, ularga ta’lim-tarbiya berishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, milliy qadriyat va urf-odatlarni asrab-avaylashda ularning o’rni beqiyos. Shuningdek, xalq o’yinlariga e’tibor yildan-yilga ortib bormoqda.



1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар Стратегияси тўғрисида”ги ПФ-4947-сон Фармони. – Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 6-сон, 70-модда.

2 Афонасин Е.В. «Гносеология» Климента Александрийского и греческая философия, – Климент Александрийский. Строматы. Пер. Е.В. Афонасина. Т. 1. М., 2003, с. 503–542.


3 Махмуд Кошгарий "Девону лугатит турк" III том Т.; Узб. ССР Ф.А. нашриёти 1963, 46- бет.



4 Зайниддин Восифий. “Бадоеъ ул-вақоеъ” (“Нодир воқеалар”). Т., Ғафур Ғулом нашриёти, 1979.

5 Кайковус. ,,Қобуснома“. Т., Ўқитувчи, 2017. 111-бет



6 Абу Али ибн Сино. Тиб қонунлари, 1—5 китоблар [2-нашри|, Т., 1979—1983.

7 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар Стратегияси тўғрисида”ги ПФ-4947-сон Фармони //Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 6-сон, 70-модда

8 Махмуд Кошгарий "Девону лугатит турк" III том Т.; Узб. ССР Ф.А. нашриёти 1963, 46- бет.

9 Сафаров О. Ўзбек халқ оғзаки поэтик ижоди, Т., 1985. 


Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish