Xohish va didga munosib oyinlar
Aksariyat xalq oyinlari qadim otmishdayoq turli xalqlar ortasidagi kuch sinashuvlari, musobaqalar, bayramona sayr-tomoshalar, xalq sayillari natijasida shakllanib ulgurgan. Natijada ikki korinishdagi xalq oyinlari shakllangan: turli bayram tadbirlari mobaynida uyushtiriladigan ommaviy oyinlar hamda bolalar oynaydigan ommabop oyinlar. Bu oyinlarni yosh, jins, ishtirokchilar soni, shuningdek yil fasllaridan kelib chiqib oynash yolga qoyilgan.
Ananaviy xalq oyinlari
Xalqda har doim ommaviy sevib va turli sabablar tufayli oynaladigan ananaviy oyinlar bolgan. Bu kabi aksariyat oyinlar bizni uzoq otmish sari boshlab, kohna tarix madaniyati va sanatining sarchashmalaridan bahramand qiladi, shu bilan birga Ozbekiston hududida yashagan, bir qismi kochmanchi, bir qismi otror xalqlarning turmush tarzi bilan tanishtiradi. Qadim zamonlarda xalqlarda yoshi, turmush tarzi va etiqodidan qatinazar ishtirokchilar ortasida otda yurish, otda chopish va poyga, tosh kotarish va musobaqalari, kamondan oq uzish kabi qizgin, kuch talab qilinadigan oyinlar tashkil qilingan. Shuningdek, xalq orasida kopkari, kurash, xoroz urishtirish kabi milliy oyinlar keng tarqalgan.
Oyinlarning munosib maqsadi.
Umuman olganda, ananaviy xalq oyinlari va milliy bellashuvlar inson hayotida nafaqat xalq madaniyati va sanatining azaliy ajralmas bolagi, shuningdek, bolalar va kattalarni tarbiyalovchi muhim omil sifatida ham ahamiyat kasb etib kelgan. Bu kabi oyin-musobaqalar chogida abjirlikni namoyish etib samimiy zavqlanishdan ham kora, ozaro tanishish, qoshni xalqlar dostlik munosabatlarini rivojlantirish, yosh avlodni galaba sari olga borishga odatlantirish, raqibga hurmatda bolishni orgatish, tang vaziyatda ham togri qaror qabul qilish konikmasini shakllantirish ulardan kozlangan muhim jihatlar bolgan.
Har yili bahor kelishi bilan butun olam yangilanadi, inson vujudida shijoat va gayrat josh uradi. Shu bois har bahorda, ayniqsa, Navroz bayrami kunlari milliy oyinlar otkaziladi. Ulardan biri yoshlarni jismonan soglom, baquvvat, epchil etib tarbiyalashga xizmat qilsa, boshqasi topqirlikka orgatadi.
Ogil bolalar Chillak, Tortishmachoq, Xoroz jangi”ni yaxshi korishsa, qizlar Supur-supur, Oq terakmi, kok terak, Happak tosh kabi oyinlarga qiziqishadi. Takidlash joizki, milliy qadriyatlarimizni tiklash borasidagi olib borilgan say-harakatlar tufayli Navroz umumxalq bayrami sifatida qadimiy ananalar asosida keng nishonlanadigan boldi. Endilikda ozining teran mohiyati hamda chuqur falsafasi, yasharish va yangilanish pallasi, sharqona yangi yilning debochasi sifatida hayotimizda alohida orin egalladi.
Navroz bilan bogliq tadbirlar, kurash, kopkari, poyga kabi koplab xalq milliy oyinlari, folklor namunalari, rasm-rusmlar, urf-odatlar, qadriyatlar tiklandi va ular yoshlarni milliy hamda umumbashariy goyalar ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Qadimiy tarixga ega bolgan xalq milliy oyinlari ozining jozibasi, rango-rangligi, aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik va ruhiy tarbiyadagi orni bilan beqiyos ahamiyatga ega.
Ular hech qachon shunchaki ermak bolmagan, balki kishining godaklikdan osib-ulgaygunicha eng muhim tarbiya vazifasini otagan. Murgak bola qatnashgan oyinlar orqali hayot voqealari, tabiat hodisalari, soz qudrati, insoniy munosabatlar orgatilgan. Xususan, Besh tosh, Pichoq, Jambul, Yongoq merganlik, Varrak, Ovchi, Mindi, Arqon tortish, Chillak kabi oyinlar kurashishni orgatadi, aqlni charxlaydi. Oz-ozini anglashni, xatolarni tuzatish tuygusini shakllantiradi. Jamoaviylik tuygusini hech narsa oyinlarchalik singdira olmaydi.
Xalq ananaviy milliy oyinlari nomoddiy madaniy merosga kiradi. Shunday bolgach, uzoq ajdodlarimiz yaratgan va bizgacha suyak surib” yetib kelgan xalq milliy oyinlarini izlamoq, topmoq, qayta tiklab, yosh avlod kamoloti uchun joriy etmoq har bir vatanparvar yoshu keksaning, ziyoliyu ishchining burchiga aylansa, manaviy, madaniy, ruhiy qudratimiz yanada kuchli, baquvvat boladi.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, osib borayotgan avlodning tarbiya tizimida halq pedagogikasi tajribalari, jumladan, milliy halq oyinlari yoshlarning xarakteri va ongini boshqaruvchi vosita, asosiy kuch deb hisoblash mumkin.
Demak, oyinlar-xalqning tabiiy va tarixiy ehtiyoji asosida shakllangan, ajdodlar turmushi, mehnati, tajribasi, kurashi, yutuqlarini boshqa shaklda aks ettiradigan, inson madaniyatining eng kohna shakllari, kopgina manaviy sohalar chashmasi, soglom avlodni shakllantiruvchi tarbiya vositasi va zamondoshlarimizning jismoniy, ruhiy, aqliy rivojlanishiga xizmat qiluvchi muhim omildir.
Ozbek xalq milliy oyinlarining anchagina qismi bevosita harakatlar bilan bogliq bolib ,ular bolalarni chaqqon, epchil, ziyrak, topqir, kuchli va soglom bolib osishlariga imkon beradi.
Xalq oyinlari yangi soglom avlodni shakllantirishda ham ota muhim orin tutgani ularni biz koz qorachigidek asrashimiz, ezozlashimiz va ulardan oqilona foydalanishimiz zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |