Tavakkal nazariyasining asosiy qoidalari. Xavflarni o’rganish tartibi. 1990 yil sentyabrda Keln shahrida faoliyat xavfsizligi bo’yicha Birinchi butun jahon kongressi ilmiy fan sifatida “Hayot xavfsizlikda” shiori ostida bo’lib o’tadi. Bu anjumanda dunyoning turli joylaridan kelgan olim va mutaxassislar o’zlarining ma’ruza va xabaralarida doimo “tavakkal” tushunchasiga tayandilar. Xavfsizlik bo’yicha bu tushuncha bizning texnik adabiyotlarimizda hali e’tirof qilinmagan va tarqalmagan edi. Tavakkal haqida V.Marshall quyidagi ta’rifni beradi, ya’ni u ta’kidlaydiki tavakkal-xavflarni amalga oshirish chastotasidir. Umumiy qilib aytganda tavakkal-xavflarni son jihatdan baholashdir. Sonli baholash- u yoki bu ko’ngilsiz oqibatlar sonining ma’lum davr ichida bo’lishi mumkin bo’lgan soniga nisbatidir. Tavakkalni aniqlash mobaynida oqibatning sinfini ko’rsatish muhimdir, ya’ni nimaning tavakkali? degan savolga javob berish kerak. Rasmiy ravishda tavakkal – bu tez-tez takrorlanishdir.
O’zbek tilining izohli lo’g’atida “tavakkal” tushunchasi: uzoq mulohaza qilib o’tirmay, nima bo’lsa bo’lar, “yo ostidan yo ustidan” zaylida qilingan harakat ma’nosida talqin qilinadi. Tavakkalchilik tushunchasi esa tavakkaliga, tavakkal tushunchasi va tavakkaliga, tavakkal bilan ish qiluvchi ma’nosini beradi.
Amerikacha ta’rifga ko’ra, tavakkalchilik – bu biron ish bilan shug’ullanish oqibatida zarar ko’rib qolishdan qutilib qolish imkoniyati. Albatta, ba’zi xavflarni sug’urta kompaniyalari bilan shartnoma tuzish orqali oldini olish mumkin. Biroq, xavfning asosiy og’irligi, ya’ni:
Ta’limda boshqaruvning hatosi;
ta’lim mazmunining o’zgarishi;
ta’limda talabning sussayishi;
noto’g’ri tanlangan loyiha;
ta’lim oluvchilarning noroziliklari va boshqalar ta’lim beruvchining yelkasiga tushadi.
Ammo, umuman, xorij tajribasi ishbilarmonlik tavakkalchiliksiz mumkin emasligidan guvohlik beradi. Kimki, hech bir tavakkal qilmasa, oxir oqibatda xonavayron bo’ladi.
Bugungi kunda adabiyotlarda tavakkalchilik bilan bog’liq bo’lgan ehtimollikni turlicha tushunchalarda, ya’ni:
Xavf – xatar iboralarida ifoda etilyapti. Shunchalik turli yondashuvlar maqsadga muvofiqmikin? Ularning qaysi birini qo’llasa ma’qul bo’lardi?
Tavakkalchilik foydadan mahrum bo’lish va boshqa sabablarga ko’ra zarar ko’rish singari yomon oqibatlar ro’y berish ehtimoli bilan ifodalanadi. Shu ma’noda:
Tavakkalchilik – bu oqibatning yaxshi bo’lishiga umid bog’lab, xavf ehtimolligini zimmasiga olgan holda qilinadigan harakat.
Tavakkalchilik – bu resurs yoki daromaddan to’la yoki qisman yo’qotish xavfi.
Tavakkalchilik – noaniqlik sharoitida har qanday dovyurak boshqaruvchi pedagog uchun tabiiy holat, vaziyat. Tavakkal botirning ishi.
Tavakkalchilik – bu omadsiz oqibatning miqdoriy baholanishi.
Yana o’zbek tilining izohli lo’g’atiga murojaat qilamiz. Und abu iboralar qyidagicha talqin qilingan:
Xavf – biror ko’ngilsiz xodisa yoki falokat yuz berishi ehtimolligi; xatar; qo’rqinch.
Xatar – biror baxtsizlikka, falokatga olib kelishi mumkin bo’lgan sharoit; xavf; tahlika.
Xavf – xatar – xavf va xatar, biror narsadan qo’rqish.
Ko’rib turibmizki, xavf tushunchasi ehtimollik bilan bog’lanayotgan bo’lsa, xatar iborasida esa asosiy urg’u sharoitga, vaziyatga berilyapti. Uchinchisida har ikkala tushuncha bir xil ma’noda talqin qilinyapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |