Qarorning samaradorligi. Tanlangan alternativa muammoli vaziyatni konstruktiv bartaraf etishni ta’minlashi va ehtimolda tutilganlardan eng yaxshisi bo’lishi kerak.
Qarorning asoslanganligi. Qabul qilinayotgan alternativa nafaqat real vaziyatning xususiyatlarini adekvat aks ettirishi va uni bartaraf etishning konkret yo’llarini ko’rsatishi, balki shu qaror bilan aloqador odamlarga xam tushunarli bo’lishi kerak.
Qarorning o’z vaqtidaligi. “Absolyut to’g’ri” qarorning o’zi yo’q. Har qanday qaror u yoki bu davrda yuzaga keladigan, harakatchan va bir-birlarini almashtirib turadigan vaziyatlar vaqtida to’g’ri bo’lishi mumkin. Shuning uchun o’z-o’zicha to’g’ri qaror o’z vaqtida emaslig – kechikkanligi yoki vaqtidan ilgariroq qabul qilinganligi oqibatida xato qaror sifatida baholanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |