Attestat- o’rta maxsus, kasb – hunar ta’limi tayorlov yo’nalishlari bo’yicha boshlang’ich malakasini olganligini tasdiqlovchi hujjat.
Afina maktab tizimi
Attestat- o’rta maxsus, kasb – hunar ta’limi tayorlov yo’nalishlari bo’yicha boshlang’ich malakasini olganligini tasdiqlovchi hujjat.
Afina maktab tizimi-uch turdagi maktablardan, ya’ni musiqa, gimnastika va gimnaziya maktablaridan iborat edi.
Afina tarbiyasi-miloddan avvalgi VII – V asrlarda qadimgi Afinada bolalar va o’smirlar ( qullardan tashqari ) tarbiyasi tizimi. 7 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan bolalar gramatika maktabi, kifarachilar va palestra maktabida o’qitilgan. O’ziga to’q oilalarning farzandlari mashg’ulotlarni 18 yoshgacha gimnaziyada davom ettirganlar. 18 20 yoshdagi o’smirlar tarbiyasi Efebiyada shug’ullanish bilan yakunlangan. Ma’naviy tarbiya gimnastik tarbiya bilan qo’shib olib borilgan. Jismoniy mehnat bilan shug’ullanishga yo’l qo’yilmagan.
Axborot-agarda tayorlangan ma’lumotlardan biror narsa ( jarayon, hodisa to’g’risida aniqlikni oshirish maqsadida foydalanilsa, u holda foydalangan ma’lumotlarga axborot deb ataladi.
Axborotli modul-bu ta’lim maqsadini belgilash va rejalashtirilgan natijalar bilan chegaralangan fanlararo va fan ichidagi bog’liqlikni hisobga olib tuzilgan hamda yakuniy nazoratlarning darajali tizimini qamrab oluvchi, o’quv fani mazmunini muntazam va tugallangan qismi.
Axborot resurslari-bu ma’lumotlar bazalari va banklari, turli xil arxivlar, kutubxonalar, muzeylar fondi va boshqalarni o’z ichiga oladi. Resurs – biror narsa yoki hodisaning zaxirasini belgilaydi. Axborot tizimidagi alohida hujjatlar va ularning butun bir majmuidir.
Axborot resurs markazi ( APM ) – bu ta’lim muassasida markazlashtirilgan ham to’langan bosma va audiovizual materiallar majmuasidir.
APM kompyuter va aloqa vositalari yordamida qo’shimcha aloqa manbalari va materiallariga kirish imkonini beradi.
APM ning asosiy dasturi ta’lim beruvchi va oluvchilar tomonidan o’quv dasturiga muvofiq, to’plangan audiovisual materiallarni o’z ichiga oladi.
APM dasturidagi individual va texnalogik manbalar ta’lim beruvchilar, mediateka mutaxassislari hamda ta’lim oluvchilar o’rtasidagi o’zaro muntazam aloqani ta’minlaydi.
APM ta’lim muassasasidagi yangiliklarni yoyishda o’quv muasasasi bilan jamiyat o’rtasidagi asosiy aloqa kanali bo’lib hisoblanadi va shou orqali u ta’lim oluvchilarni zarur axborotlar bilan ta’minmlaydi.
APM ta’lim muassasasining axborotli ta’minot markazi bo’lib hisoblanadi va undan ta’lim oluvchilar individual ish ko’nikmalarini o’stirishda foydalanishga doimo kafolat bor bo’ladi.