PEDAGOGIKA 2018, 5-son
52
Bag‘dodga kelganlaridan sо‘ng Marvlik olimlar u yerda “Maroviza”, ya’ni
“Marvliklar” atamasini oldilar. Bag‘dodga kelishi bilan Ma’mun “Bayt ul-hikma”
olimlarining ijodiy va intellektual quvvatiga asoslangan hoda keng kо‘lamdagi
ilmiy-tashkiliy faoliyatni boshlab yubordi. “Bayt ul-hikma”ning xalifa Amin
davrida biroz susaygan faoliyati “Marvliklar” kelishi bilan yana qudratli shiddat
oldi. О‘sha davrdagi Bag‘dodda ishlagan olimlar orasida “Marvliklar”ning
salmog‘i ustun bо‘lgan. Xorazmiy “Marvliklar” orasida birlashtiruvchi va
boshqaruvchi rolini о‘ynaydi. U “Bayt ul-hikma”ning mudiri bо‘lib, bu
muassasaning yо‘nalishini va ilmiy ishlarini rejalashtirib turdi. Xorazmiy о‘z
faoliyatida, eng avvalo, о‘zi bilan Marvdan kelgan Markaziy Osiyolik olimlar –
Farg‘onalik Ahmad ibn Kasir Farg‘oniy, Marvlik Habash al-Hosib Marvaziy va
Yahyo Abu ibn Mansur hamda Xolid ibn Abdulmalik Marvaridiy va boshqalarga
tayanadi.
Yevropalik sharqshunos olim Y. Rushkaning ta’kidlashicha, “Bayt ul-
hikma” faoliyatiga ulkan quvvat baxsh etgan olimlarning aksariyat kо‘pchiligi
Xuroson va О‘rta Osiyodan – Xorazm, Farg‘ona, Buxoro, Shosh, Samarqand va
Marvdan bо‘lgan. Shularning uchdan ikki qismini xorazmliklar tashkil etgan.
Nemis olimi G. Zuter о‘z tadqiqotida shu “Bayt ul-hikma”da xizmat qilgan
500dan ortiq olimning rо‘yxatini tuzgan. Ana shu olimlarning deyarli kо‘pchiligi
Xuroson, Movarounnahr, Xorazm, Baqtriya va farg‘onaliklar edi, deb ta’kidlaydi.
Ular ilmning astronomiya, matematika, geografiya, kimyo, tabobat, tarix,
falsafa, mantiq, adabiyot va boshqa sohalarida о‘z davrining yetuk siymolari
bо‘lishgan. Bag‘dod akademiyasida faoliyat kо‘rsatgan va turli millatga mansub
olimlar о‘zlarining ijodiy ishlarida о‘zaro yordam, dо‘stlik, hamjihatlik
tamoyillariga tо‘la amal qilganlar. Bu esa ularning ilmiy ijodiy faoliyatlarida
ulkan natijalarga erishishlarida muhim omil bо‘lgan.
Al-Xorazmiy Bag‘dodda xalifa al-Ma’mun (813-833), Mutasim (833-842)
va al-Vosiq (842-847) davrida yashadi va ijod qildi. Al-Xorazmiy о‘zining chuqur
bilimi, noyob iste’dodi va ajoyib tashkilotchilik qobiliyati tufayli “Bayt ul-
hikma”da olib borilgan keng kо‘lamdagi ilmiy izlanishlarning tashabbuskori va
tashkilotchisi bо‘ldi.
Bag‘dodda xalifa Ma’mun “Bayt ul-hikma” faoliyatini har tomonlama
takomillashtirib, unga yirik davlat muassasasi maqomini beradi. Ma’mun
davrida “Bayt ul-hikma”ning faoliyati doirasi birmuncha kengayadi, yangi barpo
qilingan ikkita yirik rasadxona ham unga qarashli bо‘ladi. Bu rasadxonalarning
biri 828-yilda Bag‘dodning Shammosiya mahallasida, ikkinchisi esa, Damashq
yaqinidagi Qasiyun tog‘ida 831-yilda barpo etiladi. Ikkala rasadxonada ham
Do'stlaringiz bilan baham: |