PEDAGOGIKA 2018, 5-son
50
asarida qayd etilishicha, qadimgi xorazmliklar falakiyot (astronomiya) ilmini
yaxshi bilganlar va bu fanni “axtarvenik” – “yulduzshunoslik” deb ataganlar.
Akademik S. P. Tolstov va Yahyo G‘ulomovlar tomonidan antik Xorazm
qal’alarida о‘tkazilgan arxeologik tadqiqotlar ham Beruniy bergan
ma’lumotning haqiqat ekanligini tasdiqladi. Xorazmshohlar poytaxti
Tuproqqal’a saroyini qazish paytida miloddan avvalgi IV-III asrlarga oid
astronomik asboblar topildi. Qо‘yqirilganqal’ani tekshirish paytida uning
qurilishi va undan topilgan ashyoviy dalillar kо‘pchilik olimlarni mazkur qal’ada
sayyoralar harakatini kuzatuvchi rasadxona bо‘lgan, degan xulosaga olib keldi.
Xorazmiy dunyo faniga g‘oyat katta hissa qо‘shdi, lekin afsuski, fanning
bir necha tarmoqlariga asos solgan, “о‘z davrining eng buyuk matematigi va
agar barcha shart-sharoitlar nazarga olinsa, hamma davrlarning ham eng
buyuklaridan biri” (J. Sarton) bо‘lgan bunday siymoning hayoti haqida
ma’lumotlar deyarli saqlanmagan.
Mavjud ma’lumotlarga qaraganda, u 783-yilda Xorazmning yirik madaniy
markazlaridan biri bо‘lgan Xiva shahrida, ziyoli oilada tavallud topgan.
Al-Xorazmiy boshlang‘ich ta’limni xususiy muallimlardan oldi. Sо‘ngra Xiva, Kot
va Gurganch (Urganch) madrasalarida о‘qib, о‘z davrining mashhur allomalari
qо‘lida tarbiyalandi. Yoshlik chog‘idayoq matematika, astronomiya va boshqa
tabiiy fanlarni qunt bilan о‘rgandi, arab, fors, suryoniy, hind va yunon tillarida
bitilgan kitoblarni chuqur mutolaa qildi. О‘tkir zehn va noyob qobiliyat egasi
bо‘lganligi sababli hali Xorazmda yashagan chog‘idayoq yetuk olim sifatida
shakllandi, uning nomi tezda butun Sharqqa tanildi.
Xorazm juda qadimgi madaniyatga ega bо‘lib, uning qishloq xо‘jaligi
sug‘orma dehqonchilikka asoslanar, bu о‘z navbatida, astronomiya va
xronologiyaning rivojlangan hisoblash usullarining mavjud bо‘lishini taqozo etar
edi. Xorazmliklar osmon “sirlari”ni arablarga qaraganda ancha yaxshi bilar
edilar. Arxeologik qazishmalar Xorazmda qadimgi islomdan bir necha asr avval
ham rasadxonalar bо‘lganligi va u yerda muttasil astronomik kuzatishlar olib
borilganligidan guvohlik beradi. Xorazmiyning bizgacha yetib kelgan asarlari
tahlili shuni kо‘rsatadiki, u yunon, hind va eron astronomiyasi va
matematikasini yaxshi bilgan.
Muhammad al-Xorazmiy о‘sha davrlarda Sharqning ilm-ma’rifat markazi
bо‘lgan Marv va boshqa shaharlarida bо‘lib, mashhur olimlar suhbatidan bahra
oldi, ilmiy munozaralarda ishtirok etdi. О‘z ona tili bilan bir qatorda fors, arab,
yunon, sanskrit va qadimiy yahudiy tillarini puxta о‘rgandi. Marvda ilmiy ijodiy
faoliyatini davom ettirish bilan birga madrasalarda mudarrislik qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |