PEDAGOGIKA 2018, 5-son
60
Respublikasining 2016-yil 14-sentabrda qabul qilingan «Yoshlarga
oid davlat
siyosati to‘g‘risida»gi Qonuni
1
, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil
18-iyuldagi «O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir
kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida» PQ-3138-sonli
qarorida hamda mazkur
sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda bo‘lajak o‘qituvchilarning
kasbiy tayyorgarlik ko‘lamini kengaytirib borish, yoshlarning
ijtimoiy faolligini
oshirish masalalari alohida vazifa sifatida belgilab berilgan.
Ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish ta’lim-tarbiya jarayonida
qo‘llaniladigan ta’lim shakllari, ilg‘or metodlar, pedagogik texnologiyalar hamda
turli yondashuvlarga asoslanadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarda
ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini shakllantirishning samaradorligi mazkur jarayon
ishtirokchilari faoliyatini tashkil etishda qo‘llaniladigan
metodlar va
yondashuvlar, vosita va ta’lim shakllarining o‘ziga xos xususiyatlariga bevosita
bog‘liq hisoblanadi.
Ta’lim-tarbiya natijasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini
o‘quvchilarning turli sifatlari, fazilatlari va ko‘nikmalari,
ijtimoiy faolligi
shakllantiriladi. Bunday o‘zgarishlarni amalga oshirish va rivojlantirish turli
pedagogik texnologiyalarni, metod va yondashuvlarni tatbiq etishga asoslanadi.
Mazkur
metodlar va yondashuvlar, bir tomondan, o‘qituvchining
pedagogik
faoliyati va ta’lim oluvchining shaxsiy xatti-harakatlari ta’siridagi o‘zgarishlar
orasidagi qonuniyatlarni ochishga, ularni tahlil qilishga imkoniyat yaratadi.
Ta’lim-tarbiya metodlari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijtimoiy faollik
ko‘nikmalarini shakllantirishni amalga oshirish usullari va yo‘llari majmuidan,
ishtirokchilarga samarali, maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatishdan, ya’ni ta’lim-
tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish mexanizmidan iboratdir. Yuqorida
aytib o‘tganimizdek, ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etiladigan metodlar ilmiy
xulosalar, tajribalar va ilmiy tadqiqotlar natijalariga asoslanib tanlanadi hamda
ularning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olinadi.
Ta’lim-tarbiya
jarayoniga, eng avvalo, ta’lim oluvchiga samarali ta’sir
ko‘rsatuvchi, ya’ni ularda o‘quv
motivlarini shakllantiruvchi, ma’lum bir
tushunchalarni o‘zlashtirishda samarali deb topilgan metodlar va
1
Ўзбекистон Республикасининг 2016 йил 14 сентябрда қабул қилинган «Ёшларга оид
давлат сиёсати тўғрисида»ги Қонуни.