PEDAGOGIKA
2017, 4-son
117
tus olayotganligi ta’lim sohasidagi islohotlar nuqtayi nazaridan ta’lim
samaradorligini oshirishga katta xizmat qilmoqda. Tarix fani barcha talaba va
yoshlar orasida о‘zbek xalqi va uning
boy davlatchilik tarixini, mamlakatimiz
hududida yashab, ijod etgan, umumbashariy tamadduni taraqqiyotiga munosib
hissa qо‘shgan buyuk mutafakkirlar va allomalarning
boy merosini chuqur
о‘rgatish bilan bir qatorda, ilmiy tadqiqotlar va ularning eng sо‘nggi yutuqlarini
ta’lim jarayoniga tatbiq qilish, ayniqsa, fanning nazariy masalalarini talabalarga
o‘rgatish borasida ham katta ahamiyat kasb etmoqda.
О‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. A. Karimov ta’limdagi
islohotlar haqida “Mustaqillik yillarida О‘zbekistonda amalga oshirilgan eng katta
ish haqida sо‘rasa, men hech ikkilanmasdan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni
qabul qilganimiz va amalga oshirganimiz, deb javob bergan bо‘lardim.
Mazkur
dastur ustida men juda kо‘p ishladim. Mana, bugungi kunda u о‘z hosilini
beryapti, desak, tо‘g‘ri bо‘ladi”
1
, – degan fikrini tasdig‘ini amalda kо‘rishimiz
mumkin.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning
qabul qilinishi va ushbu dastur asosida olib borilgan islohotlar natijasida ta’lim
sifati, samaradorligi keskin oshdi. Ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazalari
mustahkamlandi. Bu esa о‘z navbatida pedagoglar oldiga zamonaviy talablarga
mos ravishda, ta’limning eng sо‘nggi yutuqlarini, eng samarali usullarini qо‘llagan
holda, ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil qilish va uni amalga oshirish, ta’limning
sifati va mazmunini yuksaltirish kabi muhim vazifalarni qо‘ymoqda.
Mamlakatimiz tarixchilari tomonidan tarix fanining
turli sohalarida amalga
oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlari bilan bir vaqtda nashr ettirilayotgan
monografiyalar, ilmiy va о‘quv adabiyotlarining ta’lim jarayonidagi о‘rni, ayni
vaqtda ta’limning sifatini oshirishga bо‘lgan xizmati ham katta bо‘lmoqda. Eng
avvalo, tarix fani sohasida ta’lim beruvchi pedagoglar
va mutaxassislar oldida
bо‘lajak mutaxassislarni har tomonlama bilim olishlarini tо‘laqonli ta’minlash,
ayniqsa, sо‘nggi yillarda vatanimiz tarixchi olimlarining tadqiqotlarini ta’lim
jarayonlariga jalb qilgan holda, xorij tarixshunosligidan
ham keng foydalanish
masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda, Respublikamizda ta’lim
sohasida
keyingi yillarda jahonning eng yirik ta’lim muassasalari va fan sohasidagi yirik
olimlarning ilmiy va о‘quv ishlari
xulosalaridan ham foydalanish, eng maqbul
jihatlarini ta’lim sohasiga jalb etish masalalariga ham katta e’tibor qaratilmoqda.
1
Каримов И. А.
Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги йўлида хизмат қилиш – энг
олий саодатдир. – Тошкент: Ўзбекистон, НМИУ, 2015. – Б. 263.