Qurbonova Go‘zal Mamatkarimovna,
TDPU umumiy pedagogika kafedrasi dotsenti. E-mail:
qurbonovago‘zal@mail.ru
1
Фрейд З.
Энциклопедия психоанализа. – Москва: Академия, 1996. – С. 402.
2
Хоф Р.
Возникновение и развитие гендерных исследований // Пол, тендер, культура.
– Москва: 1999. – С. 23-53.
www.lib.vsu.ru/project/golosary.phtml
.
G. Qurbonova
*
PEDAGOGIKA
2017, 3-son
35
nisbatan yondashuvlar va qarashlar asta-sekinlik bilan jamiyat a’zolari ongiga
singa boshladi. Amalda jinsiy chegaralashga qarshi kurash BMTning xotin-
qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish tо‘g‘risidagi
konvensiyasida (1979) ham e’lon qilingan. Ushbu g‘oyalar YUNESKO faoliyati,
shuningdek, kо‘p sonli ijtimoiy, madaniy, ta’lim muassasalari, о‘qituvchilar va
ijtimoiy soha xodimlari uchun qо‘llanmalar chop etadigan tashkilotlar
manfaatlariga uyg‘un bо‘lib, jinsiy chegaralashga oid aqidalarni bartaraf etishga
xizmat qila boshladi.
Ushbu muammo Birlashgan Millatlar Tashkilotining О‘zbekistondagi
vakolatxonasi tomonidan 2006-yilda ishlab chiqilgan ming yillik taraqqiyot
maqsadlari dasturining yetakchi muammolaridan biri ekanligi ham tadqiqot
mavzusining nechog‘lik dolzarbligini ifodalaydi
1
.
Rivojlangan mamlakatlar
о‘quv
jarayonida
gender farqlar
va
о‘xshashliklarni yoshlar ongiga singdirishga xizmat qiladigan о‘quv kurslari ham
yuzaga keldi. Mazkur maqsadni amalga oshirish jarayonida mavjud о‘quv
dasturlarini yangi pedagogik texnologiya va zamonaviy usullarni qо‘llagan holda
takomillashtirish eng birinchi vazifa hisoblanadi. Takomillashtirilgan о‘quv
dasturlarida о‘g‘il va qiz bolalar tengligi, qolaversa, barcha fanlar bо‘yicha о‘quv
materiallarining gender tenglik va farqlar asosida belgilab berilishi muhim
ahamiyat kasb etadi. Bunday ta’lim jarayoni yangi о‘quv vositalari – metodik
materiallar va didaktik ishlanmalar yaratishni talab qiladi. О‘z navbatida, о‘quv-
metodik materiallar nazorat vositalari bilan bog‘liq ravishda tanlanishi lozim.
Shuni ta’kidlash lozimki, istiqbolda о‘quvchilarning bilim, kо‘nikma va
malakalarini nazorat qilish nafaqat о‘zlashtirish, balki о‘g‘il va qiz bolalarning har
biriga xos bо‘lgan tushunish, bilimlarni amaliy qо‘llash va ijod kо‘nikmalarini
aniqlash asosida ham amalga oshirilishi lozim. Bu holat о‘quvchilarning bilim
darajasiga ijobiy ta’sir kо‘rsatibgina qolmay, yangi sifatga ega bо‘lgan aql-
zakovat egasini tarbiyalaydi, ya’ni u о‘ziga xos shaxsni shakllantirib, ular ongini
о‘stirish, shuningdek, dunyoning ijtimoiy, informatsion, texnologik va iqtisodiy
о‘zgarishlariga moslashishlariga katta yordam beradi. О‘quvchilarni tarbiyalash
va ularni bо‘lajak amaliy faoliyatga tayyorlashda umummehnat kо‘nikmalari
katta о‘rin tutadi. BMT Bosh Assambleyasining 2000-yildagi “Xotin-qizlar – 2000:
Gender tenglik, taraqqiyot va tinchlik” mavzusidagi maxsus sessiyasi
materiallari, Jahon banki tomonidan tayyorlangan sо‘nggi tadqiqotlar shuni
kо‘rsatmoqdaki, iqtisodiy rivojlanish bilan gender tenglik о‘rtasida uzviy
1
Доклад по целям развития тысячелетия. – Ташкент: Представительство ООН в
Узбекистане. 2006. registry.uz@undp.org
Do'stlaringiz bilan baham: |