PEDAGOGIKA
2017, 3-son
43
bandlari tadqiqotchi psixologlarga ulkan vazifalar yuklaydi
1
. Bolalar xulq-
atvoridagi buzilishlarni bartaraf etish, ularning ijtimoiylashuviga, oilaviy
hayotdagi muammolarida yechim topishlariga kо‘maklashish, shuningdek, ruhiy-
hissiy holatdagi о‘zgarishlarda psixologik diagnostika va maslahat ishlarini izchil
yо‘lga qо‘yish dolzarb masalalardan biridir. Psixologiya faniga doir
tadqiqotlarning aksariyati xulq-atvorga oid muammolar, psixik buzilishlar va
og‘ishlar kо‘pchilikni tashkil qilmoqda. Bolalardagi agressiv xulq-atvor esa mana
shunday keng tarqalib borayotgan muammolar sirasiga kiradi.
Bolalardagi agressiyaning vujudga kelishi bо‘yicha xorij tadqiqotchilari
bolada agressiv xulq-atvorni belgilovchi ikki asosiy omilni ochib beradilar:
kechirimlilik (kechirimlilik deganda ota-onalarning bolalarning barcha xatti-
harakatlarini kechirishga moyilliklari, bolani tushunish va qabul qilishlari nazarda
tutiladi) va bolaning agressiv xatti-harakatlari uchun ota-onalar tomonidan
qattiq jazo qо‘llanilishi. Birinchi omil ta’siri xususida aksariyat olimlar
qarashlarida hamjihatlik kuzatiladi. Masalan, G. Eberleyn agressivlikni “mehr va
e’tibortalab bolaning tushkunligi” deb ta’riflaydi
2
. Aksilijtimoiy xulq-atvorni
keltirib chiqaruvchi omil sifatida agressivlikni M. Ratter boshqacha nuqtayi
nazardan kо‘zdan kechiradi: agressivlikni oiladagi og‘ir sharoitlar, kо‘pbolalilik,
maktab bilimlarini о‘zlashtirmaslik, oila va maktabdagi ta’lim va tarbiya uslublari
kabi boshqa omillar bilan mushtarakligini ta’kidlaydi
3
. “Turli yoshdagi bolalarda
agressiv xulq-atvor namoyon bо‘lishi” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishi doirasida
kichik va katta yoshdagi о‘smirlarning agressivligi hamda gender tafovutlari
о‘rganildi. Bunda bir qancha diagnostik metodikalarni о‘tkazishga erishildi. Bular
ichida A. Bass – A. Darkining “Agressivlikni о‘rganish” sо‘rovnomasi agressiya
muammosini atroflicha, chuqur о‘rganishga yordam berdi. A. Bass va A. Darki
о‘z sо‘rovnomalarini tuzishda agressiv reaksiyalarning turli shakllarini
inobatga olishga qaror qildilar. A. Bass, “frustratsiya-agressiya” farazining
xulqqa doir jihatini afzal kо‘rib, ikkita reaksiyani farqlashni taklif qildi:
“agressiya” atamasi bilan belgilovchi aniq shaxslarga nisbatan faol tashqi
namoyon bо‘luvchi reaksiya va “dushmanlik” deb nomlanuvchi, shaxsning
tevarak-atrofdagilarga nisbatan negativ, ishonchsizlik pozitsiyasini egallashi.
Savollarni tuzishda A. Bass va A. Darkilar quyidagi tamoyillarga asoslangan:
1.
Savol faqatgina agressiyaning bitta shakliga tegishli bо‘lishi.
2.
Savollar shunday tuzilganki, jamiyat tomonidan ma’qullanish yoki
1
Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида. Ўзбекистон Республикаси Қонуни. Халқ сўзи
газетаси, 2016 йил 15 сентябрь, 182 (6617)-сон.
2
Qarang:
Do'stlaringiz bilan baham: