PEDAGOGIKA
2017, 3-son
70
Aql egiluvchanligi o‘rganilayotgan vazifalarning o‘zgaruvchan sharoitda
fikrlash faoliyatining o‘zgaruvchanlik darajasi, original yechim topa olish bilan
belgilanadi. Inson aql egiluvchanligida masalaning yechimini topish shuni taqozo
qilsa, to‘g‘ri aloqalardan teskari aloqalarga yengillik bilan o‘ta oladi.
Aql barqarorligi shunda namoyon bo‘ladiki,
bunda aql egasi vaziyatdagi
eng muhim alomatlarni ajratib (belgilab) olib, harakatida davom etadi. Bunda u
alomatlar (belgilar) mazmunini aqlida ushlab turib, tasodifiy alomatlar
(belgilar)ning ta’siriga berilmaydi.
O‘z fikrlash faoliyatining ongliligi subyekt muammosini o‘zi yecha oladigan
fikr predmetiga aylantira olish bilan xarakterlanadi. Turli manbalarda bu
ma’noda refleksiya termini (atamasi) ishlatiladi.
Aql mustaqilligi bilimlarni egallashda va
ularni ishlatish jarayonida
maqsadni to‘g‘ri qo‘yish, gipotezalarni ilgari surish, muammolarni mustaqil
yechishda namoyon bo‘ladi.
Geometriya o‘quv materialining mantiqiy strukturasi, o‘rganilayotgan
tushuncha va faktlar hajmining tizimli kengaytirilishini nazarda tutadi.
Bunda
o‘quvchi nazariy tushunchalar va asosiy holatlar mazmuniga ega bo‘lib, o‘z
bilimlari va, umuman, nazariya strukturasi nisbatida qiyinchiliklarni sezadi. Bu
qiyinchiliklarni hal qilish maqsadida boshqa masalalarni yechishda
foydalaniladigan ma’lumotlarning yoki metodlarning shakllaridan iborat ma’lum
bir asosiy masalalar to‘plami ajratiladi
1
. Asosiy masalalarning yechimi
murakkabroq strukturali masalalarning
yechilishiga tenglashtiriladi; murakkab
masalalarni yechish uchun qo‘shimcha ishlarni amalga oshirishni bosqichma-
bosqich shakllantirishni,
nazariy faktlar, izlanish usullarining ko‘pligi haqidagi
bilimlarni sistemaga solish, strukturalashni talab etadi.
Aynan masalaviy yondashuv aniq fanlar yo‘nalishidagi litseylar
o‘quvchilarining matematik faoliyati ta’limiga asos bo‘ladi. Bunday
yondashuvning o‘z talablari mavjud:
masalalar o‘quvchilarning matematik fikrlashini
rivojlantirishi kerak;
ularning yechimini izlashga yo‘naltiruvchi algoritmlar va evristik sxemalarni
tuzishga o‘rgatish kerak;
masalalar fikrlashning egiluvchanligini rivojlantirishi, masalalarni bir
necha usul va yo‘llar bilan ishlash
qobiliyatini shakllantirishi, ularni qayta
o‘zgartira bilishni ta’minlashi lozim;
masalalar matematik metodlarni tanlash va qo‘llash qobiliyatini
deduktiv rivojlantirishi;
1
Саранцев Г. И.
Упражнения в обучении математике. – Москва:
Просвещение, 2005.
– C. 103.