PEDAGOGIKA
2016, 1-son
91
tovush, sо‘z, qо‘shimcha, sо‘z birikmasi ishtirokida kо‘p о‘ylamay misol
keltira olish, sintaktik qurilmaga mos gap tuzish va izohlash;
qoidani avtomatik tarzda amalda qо‘llash asosida sо‘z (gap bо‘lagi),
qо‘shimcha va sо‘z birikmasini tо‘g‘ri yoza olish, sintaktik qurilmada tinish
belgilarini tо‘g‘ri ishlatish;
nutqda qoidalarni avtomatik amalda qо‘llash asosida tovush-harf, sо‘z
(gap bо‘lagini), qо‘shimcha, sо‘z birikmasi, sintaktik qurilmalarni va ulardagi
tinish belgilarini farqlab ishlatish. Xullas, о‘quvchining nazariy bilimini
mustahkamlashga qaratilgan mashqlar sо‘ngida hosil bо‘layotgan kо‘nikma
malaka darajasiga yaqinlashadi.
Sultanova Aydin (Nukus DPI)
QORAQALPOQ GURUHLARIDA О‘ZBEK TILI
GRAMMATIK VOSITALARINI QIYOSIY O‘RGANISH
Abstract. The article is devoted to comparative study of grammatical
resources at the lessons of Uzbek language in Karakalpak speaking groups. It
compares some grammatical means of two languages, gives the comparative
tables that are recommended for use at the lessons.
Резюме. Статья посвящена вопросам сравнительного изучения
грамматических средств на занятиях по узбекскому языку в группах с
каракалпакским языком обучения. В ней сопоставлены основные
грамматические средства двух языков, даны сравнительные таблицы,
которые рекомендованы к применению на занятиях.
Tayanch tushunchalar: o‘zbek tili, davlat tili, qoraqalpoq maktabi,
grammatik vositalar, qiyosiy jadval, mashq turlari, pedagogik texnologiy.
Ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarning о‘zbek tili darslarida
о‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini о‘stirishda, asosan, ularning sо‘z
boyligini oshirish, grammatik vositalar hamda mavjud sо‘z zahirasidan foydalanib
gap tuzish, о‘z fikrini monologik va dialogik shakllarda bayon etish kо‘nikma
hamda malakalarini shakllantirishga e’tibor qaratiladi. Nutq о‘stirish jarayoni gap
tuzish, uni yozish va o‘qish, gaplarni matnda qo‘llash orqali amalga oshadi. Bunda
sо‘zlarni о‘zaro bog‘lovchi, gaplarning formal shakllarini yuzaga keltiruvchi,
modal munosabat ifodalovchi til hodisalarini izchil о‘rgatib borish muhim.
Muammo shundaki, о‘quvchilarni о‘zbek tilining grammatik vositalari bilan
tanishtirishda ularning amaliy nutq saviyasi, bilim darajasi, til о‘rganish
imkoniyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish, о‘rgatish metod va usullarini mashq
turlarini tanlash о‘qituvchini ijodiy fikrlashga majbur qiladi. Ma’lumki, nutq
Do'stlaringiz bilan baham: |