Pedagogika 016, 1-son Bosh muharrir



Download 2,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/134
Sana23.02.2022
Hajmi2,11 Mb.
#139816
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   134
Bog'liq
4978 198 SA 2016. 1-son

PEDAGOGIKA
2016, 1-son
 
 
26 
endilikda Davlat ta’lim standartlari yо‘nalishlar va mutaxassisliklar bо‘yicha emas, 
balki ta’lim sohasi bо‘yicha yaratilishi qoidalashtirilgan edi. Universitetimiz ijodiy 
guruhlari DTSlarning bu variantini yaratishda ham tashabbus kо‘rsata oldi va bu 
variant ham ishlab chiqildi hamda amaliyotga joriy etildi. Bu borada hali ijodiy 
ishlar davom etadi. Ayniqsa, xalqaro “Tyuning” dasturlari doirasida ta’limni 
yanada rivojlantirish ufqlari paydo bо‘ldi. 
2. Ta’lim jarayonining axborot-resurs ta’minoti. Mustaqillik yillarida 
amalga tatbiq etilgan Davlat ta’lim standartlari va fan dasturlariga monand 
ravishda yangi avlod о‘quv adabiyotlari yaratildiki, bunda universitetimiz 
olimlarining faol ishtirokini alohida ta’kidlash mumkin, ya’ni “Pedagogika” ta’lim 
sohasiga kirgan barcha yо‘nalishlardagi umumkasbiy va ixtisoslik fanlarining, 
deyarli, 90-95% darslik va qо‘llanmalariga pedagog kadrlarimiz mualliflik qildilar. 
Keyingi 3 yil mobaynida universitet professor-о‘qituvchilari tomonidan 
200dan ortiq nomda darslik va о‘quv qо‘llanmalari, 300dan ortiq nomda metodik 
qо‘llanmalar, 90dan ortiq monografiyalar chop ettirildi. 2012-2015-yillarda 46 
nafar professor-о‘qituvchilarimiz “Eng yaxshi darslik va о‘quv adabiyoti” 
respublika tanlovi g‘oliblari bо‘lishdi. 
Universitetda ta’lim jarayonini zamonaviy mazmun, ilg‘or pedagogik va 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari talablariga mos ravishda tashkil etish 
hamda mustaqil elektron ta’lim muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Universitetda Respublikamizda birinchilardan bо‘lib elektron kutubxonaning 
tashkil etilishi bu sohadagi rivojlanishlarni ta’minladi.
Internet tizimiga ulangan optik tolali tarmoqlar, barcha о‘quv binolari, 
axborot-resurs markazi va universitet hududining asosiy qismi Wi-Fi internet 
tarmog‘i bilan qamrab olinganligi videokonferensiya, dissertatsiyalar himoyalari, 
yetakchi olimlar ma’ruzalarini talabalar va tinglovchilar keng auditoriyasini 
qamrab olgan holda tashkillashtirish imkoniyatini bermoqda. 
Internet resurslaridan foydalanib axborot-ta’lim muhitini shakllantirishga 
qaratilgan rahbar xodimlar, professor-о‘qituvchilar, katta ilmiy xodim-
izlanuvchilar, magistrantlar va bitiruvchi kurs talabalari veb-portfoliolari 
yuritilmoqda. 
Universitet yetakchi pedagoglari hamda kompyuter dasturchilari 
tomonidan yaratilgan 50dan ortiq elektron о‘quv qо‘llanmalariga Intellektual 
mulk agentligining guvohnomalari olingan bо‘lib, hozirda ulardan ta’lim 
jarayonida samarali foydalanilmoqda. Joriy yilda yana 25ta ishlanma Intellektual 
mulk agentligiga taqdim etish uchun tayyorlab qо‘yildi. 3 nafar professor-
о‘qituvchi 2015-yilda respublikamizda birinchi marta о‘tkazilgan “Yilning eng 
yaxshi pedagogi” tanlovi nominatsiyalarida g‘olib bо‘lishib, zamonaviy 
innovatsion texnologiyalarni tatbiq etishda universitet tajribasining samarador 
ekanligini tasdiqladi. 



Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish