Каримов И. А. Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига // Халқ сўзи, 2014 йил 1 октябрь.
TA’LIM TIZIMI MENEJMENTI
PEDAGOGIKA
2016, 1-son
24
Vazirlar Mahkamasining “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil
etish va ularning faoliyatini boshqarish tо‘g‘risida”gi 77-sonli Qarori bilan kasb-
hunar kollejlari uchun pedagog kadrlar tayyorlash bо‘yicha bazaviy oliy ta’lim
muassasasi etib belgilanishi hamda uning universitetga aylantirilganligidir. Bu, о‘z
navbatida, universitet oldiga Respublikamizdagi pedagogik kadrlar tayyorlash
strategiyasini belgilash vazifasini ham yuklar edi. Ta’kidlash о‘rinli bо‘ladiki,
universitetimiz ijodiy kuchlari bu sohada davlatimiz qо‘yayotgan vazifalarni
muvaffaqiyatli ado etib kelmoqda.
Universitetimizda oliy ta’lim mazmunini isloh qilish va yangi tipdagi
pedagogik kadrlar tayyorlash quyidagi sohalarda yorqin kо‘rinadi:
1. Oliy pedagogik ta’lim mazmunini isloh qilish. Universitet(institut)da bu
boradagi ishlar 1992-yildan boshlandi. Shu yildan e’tiboran turdosh oliy ta’lim
muassasalari vakillarini ham jalb qilgan holda universitet ijodiy guruh a’zolari
amaldagi oliy pedagogik ta’lim hujjatlarini sinchiklab о‘rganib chiqdi va dastlabki
bakalavriat va magistratura DTSlari va о‘quv rejalarini yaratdi.
1997-yildan oliy pedagogik ta’lim yо‘nalishlari, mutaxassisliklari, ularning
mazmunini yaratish borasida yangi davr boshlandi. Respublikamizda va uning
tashqarisida pedagog kadrlar tayyorlash bо‘yicha о‘ziga xos о‘rni bо‘lgan
muassasamizning ijodiy kuchlari Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan
“Oliy ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori”ning “Ta’lim” bilim
sohasi
bakalavriat
yо‘nalishlarini
va
magistratura
mutaxassisliklarini
shakllantirish va ularning Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish ishiga jalb
qilindi.
Shuni e’tiborga olish lozimki, “Klassifiktor”dagi yо‘nalishlar va
mutaxassisliklarni belgilash gо‘yo mavjud an’anani takrorlash tasavvurini berar
edi. Aslida bu ishga kirishishdan avval ta’limga oid xalqaro hujjatlar, tajribalarni
о‘rganish taqozo etilardi. Shu ma’noda YUNESKO e’lon qilgan “International
Standard Classification of Education”
1
hujjati о‘rganib chiqildi. Ma’lumki, bu
hujjat keyinchalik YUNESKOning 2011-yildagi 36-Bosh Konferensiyasida
2
qayta
kо‘rib chiqilgan, lekin keyingi hujjatda oliy ta’lim klassifikatori bо‘yicha
о‘zgarishlar amalga oshirilmagan. Bu hujjatda barcha ta’lim sohalari bо‘yicha
bakalavriat yо‘nalishlarini rejalashtirish tavsiyasi beriladi, lekin “Ta’lim” bilim
sohasining “О‘qituvchilar tayyorlash va pedagogika fani” ta’lim sohasi bundan
mustasno qilingan, ya’ni unda maktabgacha ta’lim muassasalari, boshlang‘ich
sinflar, amaliy fanlar, nokasbiy fanlar (umumta’lim fanlari – Sh. Sh.) kattalar
ta’limi, umum va maxsus tayyorgarlik о‘qituvchilarini tayyorlash tо‘g‘risida fikr
bildiriladi. Bundan ma’lum bо‘ladiki, har bir davlat bakalavr yо‘nalishlarini
belgilashda о‘z milliy xususiyatidan kelib chiqib, shu sohadagi yо‘nalishlarni
1
International Standard Classificftion of Education. – Paris, November 1997.
2
Пересмотр Международной стандартной классификации образования. – Париж, 2011. 36-
сессия.
Do'stlaringiz bilan baham: |