Rafiqov A. Xodjimatov A., Alimqulov N., Xolmurodov Sh. Geoekologiya asoslari. –
Toshkent, 2015.
TA’LIM TIZIMI YANGILIKLARI
PEDAGOGIKA
2016, 1-son
119
manbalarning berilganligi mavzularni mustaqil tarzda, kengroq o‘zlashtirishga va
mustaqil ilmiy faoliyat olib borishga yaqindan yordam beradi. Tavsiya etilgan
geoekologik lug‘at esa fanni o‘zlashtirishda asqotadi hamda magistrantlarning
mavjud lug‘at zahirasini boyitadi.
Mazkur o‘quv qo‘llanmadan nafaqat oliy ta’limning tegishli magistratura
mutaxassisligi talabalari, balki boshqa geograf, ekolog izlanuvchi-tadqiqotchilar,
o‘rta maxsus ta’lim tizimi va umumta’lim maktablarining o‘qituvchilari ham
foydalanishlari mumkin.
Qo‘llanmani respublikamizda magistratura mutaxassisligiga mo‘ljallangan
ilk qo‘llanma sifatida e’tirof etgan holda, keyingi nashrlarida uni yanada
mukammallashib borishiga ishonch bildiramiz.
Pattax Baratov (TDPU)
UMUMIY О‘RTA TA’LIM MUASSASALARINING
STRATEGIK MENEJMENTI TALQINI
1
О‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida innovatsion boshqaruv
jarayonida muassasaning istiqbol maqsadi va imkoniyatini pedagog xodimlarning
manfaatlari bilan uyg‘unlashtiruvchi uzoq muddatli strategik rejalar asosida
strategik boshqaruvning amaliyotda qо‘llanilishi ta’lim samaradorligini oshirishda
zarur omil hisoblanadi. Ana shu nuqtayi nazardan taqriz qilinayotgan
monografiya muhim ahamiyat kasb etadi.
Ishning kirish qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi asoslanib,
о‘rganilganlik darajasi baholangan.
Monografiyaning “Umumiy о‘rta ta’lim tizimini strategik boshqarishning
nazariy asoslari” deb nomlangan bobida О‘zbekiston Respublikasining umumiy
о‘rta ta’lim sohasidagi islohotlar strategiyasi va uning о‘ziga xosliklari, umumiy
о‘rta ta’lim muassasasini strategik boshqarishning umummetodologik jihatlari va
О‘zbekiston sharoitida umumiy о‘rta ta’lim muassasalarini strategik
boshqarishning nazariya va amaliyotdagi holati yoritib berilgan. Mazkur bobning
birinchi faslida zamonaviy sharoitda umumiy о‘rta ta’lim tizimini boshqarishning
strategik yо‘nalishi sifatida ta’lim xizmatlari sohasi va uni resurslar bilan
ta’minlash masalasini yoritishga e’tibor qaratilgan. Tadqiqotda xizmat turlarini
amalga oshirishda ta’lim va tarbiya sohasiga doir menejmentning quyidagi qator
о‘ziga xosliklarini hisobga olish zarurligi kо‘rsatib berilgan: 1) mijozlar bilan о‘zaro
mustahkam harakat. О‘quv-tarbiyaviy muassasa rahbari о‘z iste’molchilariga
tо‘g‘ridan tо‘g‘ri xizmat kо‘rsatishi; 2) xizmat kо‘rsatish jarayonini
1
Рахматуллаев Д. Стратегик менежмент асосида таълим муассасаларини бошқариш:
назария ва амалиёт. – Тошкент: 2015. – Б. 177.
Do'stlaringiz bilan baham: |