PEDAGOGIKA
2016, 1-son
116
Tasviriy san’at haqidagi bilimlarini oshiradi, ma’naviy dunyoqarashlarini
kengaytiradi.
Bunday kо‘rgazmalar talabalar uchun ruhiy ozuqa hamdir. Ularda о‘z
ishlariga nisbatan mas’uliyat paydo bо‘ladi. Ishlari haqida о‘zgalar muhokamasini
chidam va bosiqlik bilan tinglash, mulohaza qilish tajribalari oshib, xarakterlari
ruhiy jihatdan shakllanib boradi. Kо‘rgazmadagi asarlar tо‘g‘risidagi shaxsiy fikrini
boshqalar fikri bilan solishtirish, hamkasblari bilan ma’lum asarlar mazmun-
mohiyati, axloqiy ahamiyati, ijodkorlikdagi mahorat va zamonaviy san’at haqidagi
har xil muloqotlar va taassurotlar xotirada bir umrga muhrlanib qoladi.
Kо‘rgazmani og‘zaki muhokama qilish orqali san’at asarlariga badiiy baho berish
kо‘nikmasi va ma’lum bir eksponatlarni yoki umumiy kо‘rgazmani tahlil qilish
tajribalari oshadi, ijodkorlikning natijalarini tushunib yetishiga, tasviriy san’at
qonun-qoidalari, “kompozitsiyadagi yaxlitlik, g‘oyalar mohiyatini anglab yetish,
yangi g‘oyalar izlab topishga olib keladi”
1
.
Kо‘rgazmalardagi shunday ijodiy muloqotlar talabalardagi kommunikativ
kompetensiya darajasini oshiradi. Kо‘rgazmalar haqidagi maqolalar yozish bu
kasbiy kо‘nikmalar, nazariy tadqiqotlar olib borish malakalarini egallashlariga
sabab bо‘ladi. Tanlovlar talabalarni attestatsiya qilishning boshqacha shakli
bо‘lib, unda talabalarning ishlari boshqa qatnashchilarning ishlari bilan solishtirib
kо‘rilib, xolis hay’at a’zolari tomonidan yashirin yoki oshkora baholab chiqiladi.
Tanlovlar kasbiy kompetensiya (chuqur bilimga asoslanganlik)ga tegishli bо‘lib,
kasbiy mahoratlarini oshiradi. Bu talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorgarlik
darajasini aniqlash mezoni hisoblanadi. Kо‘rgazma va tanlovlar talabalardagi
yutuq va omadsizliklarni tо‘g‘ri qabul qilib, tо‘g‘ri xulosa chiqarish kо‘nikmalarini
rivojlantiradi. Bu talabani haqiqatga tik boqish, ijodkor sifatida olqishlar olish yoki
tan olinmaslikni о‘zida sinab kо‘rishga majbur qiladi. Bu ham kelajakdagi ijodiy va
pedagogik faoliyati uchun ruhiy tayyorgarlik jarayoni hisoblanadi. “Yosh
musavvir” tо‘garagi a’zolari uchun eng mas’uliyatli va qiziqarli tanlovlardan biri
bu an’anaviy “San’at festivali” hamda kafedrada о‘tkaziladigan “Eng yaxshi
musavvir” tanlovi hisoblanadi. Festivalda talabalarga shaxsiy ijodiy darajalarini
boshqa OTM talabalari darajasi bilan solishtirib kо‘rish imkoni yaratilsa, tanlovda
boshqa guruh talabalari bilan ijodiy bellashadilar. Tanlovlarga tayyorgarlik davri,
tanlov jarayonida olingan fotolar, ijod jarayoni, tanlov afishasi va ijodiy ishlarini
saralab kо‘rgazmadan sо‘ng о‘zlarining portfoliosini tayyorlashlari mumkin.
Bunday ijobiy tajribalar mashg‘ulotlarga qiziqishning oshishiga sabab bо‘ladi.
Talabalar kо‘rgazmalari va tanlovlar universitet ta’lim tizimining boshqa turdosh
1
Гринько С. Д. Повыщение качества профессиональной подготовки будущий учителей при
взаимодействии вуза и музея // Актуальные вопросы современного университетского
образования. – Санкт-Петербург: РГПУ им. А. И. Герцена, 2007. – С. 133.
Do'stlaringiz bilan baham: |