PEDAGOGIKA
2016, 1-son
118
GEOEKOLOGIYA ASOSLARIDAN YANGI QO‘LLANMA
1
O‘zbekiston Respublikasida “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi”da rejalashtirilgan vazifalarni
hayotga tatbiq qilish
bo‘yicha keng miqyosda chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shular ichida oliy
ta’lim tizimini zamonaviy darsliklar, o‘quv hamda uslubiy qo‘llanmalar bilan
ta’minlash masalasi muayyan ahamiyat kasb etishi sir emas va ushbu masala
bo‘yicha ham o‘tgan vaqt davomida ko‘zga ko‘rinarli ishlar amalga oshirilganligini
e’tirof etish lozim.
Hammualiflar tomonidan nashrdan chiqqan “Geoekologiya asoslari” o‘quv
qo‘llanmasi mazkur yo‘nalishdagi qadamlardan biridir. Ushbu o‘quv qo‘llanma
respublika oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisligi (5A110501) “Aniq
va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (geografiya)” magistrantlariga mo‘ljallangan.
O‘quv qo‘llanmasi fan dasturiga
mos tarzda yozilganligi, o‘quv faniga
ajratilgan ma’ruza, amaliy mashg‘ulot va mustaqil ta’lim mavzulari to‘laligicha
qamrab olinganligini qo‘llanmaning 10ta bob hamda 31ta bo‘limdan iboratligidan
ham ko‘rishimiz mumkin.
O‘quv qo‘llanmasining tuzilishi, undagi tizimlilik, mazmun-mohiyat o‘zaro
uyg‘unlikka ega.
Unda tabiiy geografiya, xususan, landshaftshunoslik hamda
biologiya va ekologiya oralig‘ida tarkib topgan geoekologiyaning ilmiy
yo‘nalishdan fan darajasigacha bosib o‘tgan yo‘li, unda o‘zlarining salmoqli
hissalarini qo‘shgan va qo‘shayotgan xorijiy
hamda mahalliy olimlarning
faoliyatlari yetarlicha yoritilgan.
Qo‘llanmada “Geoekologiya” fanining nazariy jihatlari atroflicha yoritilishi
bilan birga, uning tadqiqot obyekti, predmeti, tadqiqot yondashuvlari,
usullari
ilmiy jihatdan asoslanganligini alohida qayd etmoq lozim. Shuningdek, mualliflar
tomonidan geografik qobiq va uning tuzilmasi, hududiy xilma-xilligi,
landshaftning integral tizim ekanligi, tabiiy muhitning antropogen ifloslanishi va
uning geoekologik oqibatlari, landshaftlarning
ekologik vaziyati, ularni
geoekologik nuqtayi nazardan baholash, O‘zbekistonda tarkib topgan ekologik
vaziyatlarning sabab-oqibatlari chuqur tahlil qilingan.
Qo‘llanmadan o‘rin olgan
geoekologik prognozlashtirish, geoekologik
monitoring, tabiatdan foydalanishning geoekologik asoslari, geoekologiya va
amaliyot, geoekologik xaritalashtirish hamda
rayonlashtirish kabi barcha
mavzular yangicha qarashlar asosida, sodda tilda, jadval va chizmalarga uzviy
bog‘langan holda,
magistrant qabul qila oladigan, tushunarli tarzda bayon
etilganligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Har bir bobdan so‘ng tayanch iboralar, nazorat
uchun savollar hamda boblardagi mavzularga taalluqli ko‘plab adabiy
1
Do'stlaringiz bilan baham: