PEDAGOGIKA
2016, 1-son
81
tarbiyasiga ertangi kun vorislari sifatida jiddiy e’tibor qaratishimiz lozim. Buning
uchun ularga yoshligidanoq oilada sog‘lom moddiy-ma’naviy turmush tarzini
yaratib berish, ularning qobiliyat-layoqatlari, orzu-havaslarini yaxshilik uchun
xizmat qilishga yo‘naltirish lozim.
Jahon hamjamiyatida о‘zining erishayotgan muvaffaqiyatlari bilan munosib
о‘rin egallab, ta’lim sohasida erishgan yutuqlari e’tirof etilayotgan vatanimiz –
О‘zbekistonga va uning madaniyatiga qiziqish kundan kunga ortib bormoqda.
Buning isbotini kо‘plab xorijiy mamlakatlarda о‘zbek tilini о‘rganishga e’tiborning
ortayotganida, О‘zbekiston madaniyati kunlari doirasida о‘tkazilayotgan xalqaro
tadbirlar misolida, buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning mashhur durdona asari
“Lison ut-tayr” asarining 2014-yilda polyak tilida nashr etilganligida ham kо‘rish
mumkin
1
. Bu esa yana bir bor qanday buyuk ajdodlarga avlod ekanligimizning
e’tirofidan dalolat beradi. Demak, ajdodlarimizning bebaho asarlarini
yoshlarimizga
о‘rgatish,
ularning
ma’naviyatini
boyitish
har
bir
vatandoshimizning va, ayniqsa, pedagoglarning muhim vazifasidir. Prezident I.
A. Karimov ta’kidlaganlaridek: “Vatanimiz kelajagi, xalqimizning ertangi kuni,
mamlakatimizning
jahon
hamjamiyatidagi
obrо‘-e’tibori,
avvalambor,
farzandlarimizning unib-о‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bо‘lib hayotga kirib
borishiga bog‘liqdir”
2
. Yurtboshimiz о‘zlarining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas
kuch” asarlarida ommaviy madaniyatning xataridan ogohlantirib, jumladan,
shunday deydilar: “Hozirgi vaqtda madaniyat deb bilish va aksincha asl ma’naviy
qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog‘liq holatlar
bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta
xavf solmoqda va kо‘pchilik butun jahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib
borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish naqadar muhim ekanini anglab
olmoqda
3
”.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib talabalar orasida ijtimoiy so‘rov o‘tkazdik,
ya’ni ularning “ommaviy madaniyat”ga munosabatlarini bilishga urindik. Ularga
quyidagi savol bilan murojaat etildi: “Sizning kiyinish madaniyati borasidagi
fikringiz?”. Ular javoblarida milliy andozadagi, zamonga uyg‘un holda kiyinish
tarafdori ekanliklarini bildirdilar. So‘rov natijalari asosida kelib chiqqan xulosamiz
shuki, yoshlarimizda milliy madaniyatimizga hurmat va undan faxrlanish tuyg‘usi
1
“Лисон ут-тайр” – поляк тилида. Ўзбекистон адабиёти ва санъати, 2014 йил 21 ноябрь.
2
Do'stlaringiz bilan baham: