PEDAGOGIKA
2016, 1-son
80
qо‘llanilgan tahliliy yondashuv (analitika) usullarini ham aynan sharq olimlaridan
о‘zlashtirishganligini tarixiy manbalar tasdiqlaydi
1
.
“Ommaviy madaniyat” namoyandalarining dasturiy maqsadi shundaki, ular
insonning ma’naviy dunyosini emas, maishiy iste’mol buyumlarini e’zozlaydi va
ularni ommalashtirishga intiladi. Bunda, albatta, butun yer yuzini о‘rgimchak
tо‘ridek egallab olgan internetdan ham keng foydalanishmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, XXI asr tarixda “Axborot asri”
sifatida nom
olmoqda. Bu holatni global tarmoq – internetning jadal rivojlanishi, uning
imkoniyatlaridan jamiyatning barcha sohalarida – boshqaruv, siyosiy,
iqtisodiy,
ijtimoiy, ta’lim sohalarida unumli foydalanilayotganligi bilan izohlash mumkin
2
.
Haqiqatdan ham, texnikalashtirilgan axborot о‘chog‘i – internet ma’lumotlarini
tez tarqatish imkonini berib, insonning ish faoliyati samaradorligini oshirishda
ijobiy rol о‘ynaydi.
Shu bilan birga, uning salbiy tomonlari ham borligini
unutmaslik lozim.
О‘zbekistonda fuqarolarning qiziqish va mayllariga hurmat bilan qaraladi,
ammo xatarli qiziqish va mayllardan davlat va jamiyat о‘zini himoya qilishi lozim.
Buning uchun, eng avvalo, reklama va ommaviy axborot tо‘g‘risidagi davlatimiz
qonunlarining talablari qat’iy bajarilishi kerak.
Yurtimiz yoshlari orasida ana shunday qarashlarning yoyilishiga qarshi har
bir inson, yosh-u qari jiddiy e’tibor berib, mas’uliyat bilan kurashishi kerak. Buning
uchun, eng avvalo, ota-ona, mahalla, maktab o‘rta va oliy ta’lim muassasalarining
bu boradagi mas’ulligini oshirish, birinchi navbatda,
yoshlarimizga ilm olish,
dunyoga chiqish, bor salohiyat, iqtidorlarini namoyon qilishlari uchun barcha
imkoniyatlar yaratilganligini tushuntirmog‘imiz lozim.
Albatta, “xalqimiz, jumladan, yosh avlod G‘arb
fan-texnikasi, madaniyati,
adabiyoti va san’atining ilg‘or jihatlarini inkor etmaydi, biroq g‘arbdagi
taraqqiyparvar ziyolilarning о‘zi G‘arbning muammosi sifatida baholayotgan
“ommaviy madaniyat”ning ma’naviy-axloqiy tubanlik
mohiyatlarini yoshlarimiz
qancha tez anglasa, shuncha foydalidir. Bunday xurujlardan himoya о‘rnida,
ma’naviyatimizni shakllantiruvchi milliy mazmundagi kompyuter о‘yinlarini,
multfilmlarni yaratishimiz, milliy qadriyatlarimizni о‘zida ifoda etgan,
yoshlarni
о‘ziga jalb qila oladigan badiiy asarlar yaratish, milliy musiqa, qо‘shiq matnlariga
e’tibor berish, milliy ma’naviyatimizni aks ettiruvchi rasmlarni internet saytlari
orqali kо‘proq reklama qilish maqsadga muvofiq. Shunday ekan, yosh avlod
1
Do'stlaringiz bilan baham: