PEDAGOGIKA
2015, 4-son
29
muassasasining yangi,
zamonaviy, innovatsion qiyofasini belgilab beradi,
uchinchidan, loyihalash XXI asr ehtiyojlariga yaqinlashtirgan holda loyiha
ishtirokchilarining tafakkur turini o‘zgartiradi, to‘rtinchidan, loyihalash shaxsga
yo‘naltirilgan pedagogika g‘oyalarini amaliyotga
joriy qilishga yordam beradi,
beshinchidan, loyihalash mehnat bozorida o‘qituvchining raqobatga
bardoshliligini oshiradi.
T. L. Stenina o‘z e’tiborini talabalarda loyihalash madaniyatining muhim
ko‘rinishlaridan biri – ijtimoiy loyihalashtirish madaniyatini shakllantirishga
qaratgan. Muallif tomonidan ko‘rsatilishicha, shaxsga xos loyihalash madaniyati
negizida
izlanish, axborot (ma’lumot)larni
tahlil qilish, o‘zlashtirish va
yangilash, bashoratlash hamda loyihalash qobiliyatlariga egalik ko‘zga
tashlanadi. Bu o‘rinda muallif fikrini birgina taklif bilan yanada mustahkamlash
mumkin. Ya’ni shaxsga xos loyihalash madaniyati negizida izlanish, axborot
(ma’lumot)larni tahlil qilish, o‘zlashtirish, yangilash, bashoratlash hamda
loyihaning amaliyotga tatbiqi, uning ijtimoiy-amaliy
ahamiyatini baholash kabi
sifatlar namoyon bo‘lishiga erishish zarur. Shu bois ta’lim jarayonini maqsadli,
majmuaviy tashkil etish asosida talabalarda innovatsion xarakterga ega
loyihalash qarorlarini amaliyotga joriy qilish ko‘nikma, malakalarini
shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Muallifning e’tirofiga ko‘ra, ta’lim
jarayonida talabalarni qadriyatli yo‘naltirish ularda ijtimoiy loyihalash
madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Binobarin, qadriyatli yo‘naltirish o‘z
navbatida bashoratlash va loyihalash vazifasini
bajaradi va bu jarayonda
talabalar
kelajakda
o‘zlari
tomonidan
o‘z-o‘zini
rivojlantirish
va
takomillashtirish uchun sharoitni hosil qiluvchi faoliyatning ideal (har jihatdan
puxta asoslangan, yetarlicha o‘ylab, rejalashtirilgan) modelini yaratadi
1
.
G. A. Luks esa o‘zining ilmiy izlanishida
subyektlarning innovatsion
loyihalash faoliyatida qadriyatli yo‘naltirishning rolini yoritishga urinadi. Uning
nuqtayi nazaricha, “mintaqalarning yoshlarga oid siyosatida innovatsion
loyihalash muammosi ijtimoiy loyihalarda ishtirokchilarning g‘oyaviy tamoyillar
va qadriyatlar tizimini tadqiq etish bilan chambarchas bog‘liq”. Darhaqiqat,
muallif haqli ravishda e’tirof
etganidek, yoshlar tomonidan ma’qullanadigan
g‘oyaviy tamoyillar va qadriyatlar tizimini inobatga olgan holda muayyan
jarayon, hodisa va voqeliklar mohiyatini aks ettiruvchi ijtimoiy holatlarni
1
Стенина Т. Л. Проектная культура студентов: аксиологический аспект.
www.conference.osu.ru/assets/files/conf_reports/conf8/119