PEDAGOGIKA
2015, 4-son
112
Barcha malaka oshirish markazlari (5ta mintaqaviy va 10ta tarmoq) Bosh ilmiy-
metodik markaz portali tarkibidagi (http://markazlar.bimm.uz) o‘zlarining
kabinetlariga o‘tib, u yerdan tinglovchilar uchun yaratilgan maxsus menyu orqali
test jarayonlarini online rejimda tashkil etishadi. Bunda
tinglovchilarning test
natijalari yagona markazlashgan ma’lumotlar bazasiga yozilib boriladi va
ularning natijalarini monitoring tizimi orqali tahlil etib borish mumkin bo‘ladi.
2013-yil aprel-dekabr oylarida mintaqaviy va tarmoq markazlarida malaka
oshirgan tinglovchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatgichlari shuni ko‘rsatadiki,
mintaqaviy markazlarda kurslarni
muvafaqqiyatli tamomlagan 1516 nafar
professor-o‘qituvchilarning kurs avvalidagi ko‘rsatkichlari
kurs yakuniga borib
o‘rtacha
23%ga,
tarmoq markazlaridagi 2425 nafar professor-o‘qituvchilarning
ko‘rsatgichlari esa o‘rtacha
24%ga oshgan.
2014-yilda bu ko‘rsatgichlar 2-3 foizga oshganligini ko‘rishimiz mumkin.
Mintaqaviy markazlarda kurslarni
muvafaqqiyatli tamomlagan 1870 (34%) nafar
professor-o‘qituvchilarning kurs avvalidagi ko‘rsatkichlari kurs yakuniga borib
o‘rtacha
27%ga, tarmoq markazlaridagi
3699 (66%) nafar professor-
o‘qituvchilarning ko‘rsatgichlari esa o‘rtacha
25%ga oshgan.
Malaka oshirish kurslarini muvafaqqiyatli tamomlagan
tinglovchilarning
chiqish testlari natijalarini o‘quv modullari bloklari kesimida taqqoslaydigan
bo‘lsak, “Umumiy tayyorgarlik” va “Umumkasbiy tayyorgarlik”
bloklari
bo‘yicha natijalar 2014-yilda 2013-yilga nisbatan o‘rtacha
10%ga,
“Umummutaxassislik bo‘yicha tayyorgarlik” va “Mutaxassislik bo‘yicha
tayyorgarlik” bloklari natijalari esa o‘rtacha
7%ga oshgan.
Bundan ko‘rinadiki, barcha bloklar bo‘yicha umumiy o‘zlashtirish o‘rtacha
10%ga oshgan. Endi bu natijalarni mintaqaviy va tarmoq markazlari bo‘yicha
solishtiradigan bo‘lsak, holatni yanada oydinroq ko‘rishimiz mumkin.
Mintaqaviy markazlarda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejasining birinchi
va ikkinchi blok fanlaridan dars beradigan pedagoglar, tarmoq markazlarida esa,
o‘quv rejaning uchinchi va to‘rtinchi blok fanlaridan dars beradigan pedagoglar
malaka oshiradilar.
2014-yilda mintaqaviy va tarmoq markazlarida malaka oshirgan
tinglovchilarning chiqish testlari natijalarining yo‘nalish o‘quv
modullari
bloklari kesimidagi tahlili birinchi va ikkinchi bloklar bo‘yicha natijalar uchinchi
va to‘rtinchi bloklarning natijalariga nisbatan yuqoriroq ekanligini ko‘rsatadi.