Pedagogika 015, 2-son Muassis: Nizomiy



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/134
Sana25.02.2022
Hajmi1,88 Mb.
#286749
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   134
Bog'liq
2015.2-son.-tayyor-16.04.15.

PEDAGOGIKA
2015, 2-son
 
 
81 
uzluksiz ravishda o‘z-o‘zi, boshqalar va boshqa madaniyatlar bilan muloqot tarzi 
sifatida aniqlashtirish maqsadga muvofiqdir.
Falsafiy-antropologik yondashuvning o‘quvchilarda tarixiy tafakkurni 
rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlari uning quyidagi asosiy tushunchalarini 
tahlil etishda yorqin namoyon bo‘ladi: hayot, turmush tarzi, hayot falsafasi, 
borliq, ma’naviyat, ruh, individ, inson, individuallik, shaxsiy tajriba, dialog, 
dialogik harakat, hayot mazmuni, tarbiya, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini 
rivojlantirish, ishonch, o‘zaro bir-birini tushunish. 
“Hayot” tushunchasi ko‘p mazmunli va murakkab bo‘lib, o‘zining xilma-
xil talqiniga ega. Ana shu sababli “hayot” tushunchasiga tabiiy-biologik, 
kosmologik va madaniy-tarixiy nuqtayi nazardan yondashuv mavjud: 
1) hayot – fazoviy hayotiy shiddat, uning mohiyati ong va yuqori ongda 
namoyon bo‘ladi; 
2) hayot kechinmalar oqimidir, lekin bu kechinmalar tarixiy-madaniy 
jihatdan shartlanadi. 
Mazkur talqinlarda hayot uzluksiz, yagona, ijodiy, doimiy shakllanish va 
rivojlanish jarayoni sifatida ko‘riladi. Bu jarayon mexanik, noorganik turlarga, 
har qanday noaniqlikka, qotib qolganlikka, “muqimlikka” qarshi qo‘yiladi.
Tarix fanini o‘rganish jarayonida o‘quvchilar turli davrlar bilan 
bog‘liqlikda kishilar hayotining maqsad-muddaosi va mazmuni bilan tanishib 
boradi. O‘sha davr odamlari hayotining hozirgi kishilari bilan o‘xshash va farqli 
jihatlarini bilib oladi. Ana shu nuqtayi nazardan har qanday davrning ham 
siyosiy, ham ijtimoiy-iqtisodiy, ham madaniy hayotini o‘rganishga alohida 
e’tibor qaratiladi.
Turmush tarzi ijtimoiy guruhlar, elat va millatlarning kundalik hayotini 
ifodalovchi tushuncha bo‘lib, falsafiy, sotsiologik, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-
ruhiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Turmush ijtimoiy hodisa sifatida inson 
hayotining obyektiv shart-sharoitlari hamda hayotiy faoliyat shakllari, ongi va 
xulqining dialektik birligini taqozo etadi
1
.
Turmush tarzi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy davrdagi shart-sharoitlarning 
butun majmuasi bilan belgilanadi. Ya’ni, odamlarning, ijtimoiy-etnik 
birliklarning muayyan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sharoitlarda shakllangan 
hayot faoliyati uslubi bo‘lib, ularning kun kechirishi, muomalasi, xulq-atvori va 
tafakkur tarzida namoyon bo‘ladi.
O‘quvchilar tarix darslarida turli davrlar bilan bog‘liqlikda xilma-xil 
xalqlarning turmush tarzidagi quyidagi o‘ziga xosliklarni o‘rganadi: 
1
Фалсафа: энциклопедик луғат. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2010.
– Б. 405. 



Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish