Pedagogika 015, 2-son Muassis: Nizomiy



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/134
Sana25.02.2022
Hajmi1,88 Mb.
#286749
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   134
Bog'liq
2015.2-son.-tayyor-16.04.15.

PEDAGOGIKA
2015, 2-son
 
 
84 
kechiradi, o‘zining yaxlit olamini vujudga keltiradi. Shuningdek, o‘quvchilar har 
qanday sharoitda ham tarixni anglashda uning tashkilotchisi va faol ishtirokchisi, 
boshqacha aytganda, subyekti bo‘lgan inson qobiliyatini, aql-zakosini, 
intellektual imkoniyatlarini va, umuman, insoniy qadriyatlarni bilish, unga xolis 
baho berish uchun fikrga aylanayotgan qarashlar to‘g‘ri asoslangan negiz 
tufayligina shakllanishi mumkinligi haqidagi xulosaga kelishlari lozim. Chunki 
inson tufayligina tarixiy jarayonlar haqiqiy ma’noda o‘zining insonparvarlik 
mohiyatini, umuminsoniy qadriyatlarini to‘liq namoyon etishi mumkin. 7-sinf 
o‘quvchilari “Uyg‘onish davri madaniyati” bilan tanishish orqali tabiat va 
insonga qiziqishning paydo bo‘lishi, antik davr an’analarining qayta tiklanishi 
orqali inson go‘zalligining tarannum etilishini badiiy asarlar, san’at asarlari 
orqali anglab oladi. 
O‘quvchilar insoniyat tarixini o‘zlashtirish jarayonida yana bir muhim jihat 
– individuallikning ijtimoiy taraqqiyotga ta’sirini anglab olishlari zarur. 
Individda ayrimlik bilan umumiylik uyg‘un holda mavjud bo‘ladi. 
Umumiylikdan ayrimlikni farqlash uchun individ tushunchasi qo‘llaniladi. 
Umumiylikdagi ayrimlik – individuallik quyidagilarda namoyon bo‘ladi: a) 
muayyan ijtimoiy guruh, jamoa, tashkilotga uyushgan odamlarning o‘ziga xos 
fe’l-atvorlari; b) o‘zini tashkil etgan muayyan ijtimoiy guruh kishilarining 
o‘zlariga xos ijtimoiy belgilari, sotsial qiyofalari. 
O‘z navbatida individ shaxsga doir sifatlarni namoyon eta olishi zarur, 
chunki individni o‘ziga xoslik, betakrorlik sifatlasa, shaxsni bunday o‘ziga xoslik 
bilan birga, erkin, ijodiy fikrlash va muayyan vaziyatda mas’uliyatni o‘z 
zimmasiga olib, mustaqil harakatlana olish qobiliyati kabi sifatlar belgilaydi. 
Shaxs o‘z shaxsiy sifatlari bilan muayyan ijtimoiy harakatga ta’sir ko‘rsatish 
darajasiga qarab qadrlanadi yoki qadrsizlanadi. Muayyan tarixiy sharoitlarda 
yirik ijtimoiy harakatlarga boshchilik qilganlar tarixiy shaxs sifatida o‘zidan 
yaxshi yoki yomon nom qoldiradi. O‘quvchilar tarixiy shasxlarning hayot yo‘li 
va faoliyatini o‘rganish orqali, yuqorida ta’kidlanganidek, ularni ijobiy yoki 
salbiy tarzda baholaydilar. Masalan, Muqanna, Mahmud Torobiy, Jaloliddin 
Manguberdi, Temur Malik, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Buyuk Karl, 
Yustinian kabi tarixiy shaxslar jamiyat taraqqiyotini tezlashtirgan bo‘lsa, Sulton 
Ali Mirzo, Zuxrobegi og‘a, Iskandar Sulton, Ubaydullaxon II, Abulfayzxon 
kabilar esa jamiyat taraqqiyotini sustlashtirgan. O‘quvchi mazkur holatning 
yuzaga kelishida tarixiy shaxslarda tarkib topgan dunyoqarash va shu asosda 
vujudga kelgan imon yo‘nalishi va darajasi ma’lum rol o‘ynaganini, ulardagi 
insoniy fazilatlar va qusurlar o‘zi boshchilik qilayotgan harakatga ijobiy yoki 
salbiy ta’sir ko‘rsatganliklari haqidagi xulosaga keladi. 
O‘quvchilarda o‘tmish saboqlarini o‘rganishga ehtiyojni kuchaytiruvchi 



Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish