PEDAGOGIKA
2015, 2-son
77
farovon hayot qurish yo‘lida faol mehnat qilish istagi yoshlarimizning o‘z milliy
g‘ururlarini namoyon etish omillaridan biridir.
Milliy g‘urur o‘z millatiga mansub moddiy va ma’naviy merosni
o‘zlashtirish, urf-odat, an’ana va qadriyatlarni bilish va hurmat qilish evaziga
shakllanadi. Bu esa har bir insonda o‘z millatining ma’naviy merosi, qadriyatlari,
urf-odatlarining boshqa millatlar tomonidan e’tirof etilishi, uning o‘ziga xos
xususiyatlariga yuksak baho berilishi shu millat vakilida faxrlanish tuyg‘usini
shakllantiradi va rivojlantiradi. Milliy g‘ururi mustahkam bunday kishilarni
ma’naviy-ruhiy jihatdan yengib bo‘lmaydi. Chunki milliy g‘ururi yuksak
insonning ichki ruhiy qudrati ham yuksak bo‘lib, ana shu millatning
rivojlanishiga asos bo‘ladi. Demak, milliy g‘urur insonning o‘z millati yutuqlari,
tarixi, qadriyatlari, uning obro‘-e’tibori bilan faxrlanish tuyg‘usigina emas, balki
millatning birligi va kelajagini ta’minlaydigan muhim omil ham bo‘lib
hisoblanadi
1
.
Milliy iftixor milliy g‘ururning yuqori bosqichi sanalib, iftixor ham ruhiy-
ma’naviy fazilatlardan biri sanalsa-da, ayrim tadqiqotlarda “milliy iftixor
tuyg‘usi” bilan “milliy g‘urur” tushunchalariga birgalikda ta’rif berilgan: “Milliy
g‘urur, milliy iftixor o‘zi mansub bo‘lgan millat, xalqning ravnaqi, taraqqiyoti
uchun kurashishnigina emas, shu bilan birga, o‘zga millatga mansub kishilarga
hurmat-ehtirom ko‘rsatishni taqozo qiladi. Bunday tuyg‘uga ega ma’naviy yetuk
kishi milliy g‘ururni millatparastlikdan farqlay oladi, boshqa millat vakillarining
izzat nafsi va g‘ururini kamsitmaydi. Shuningdek, milliy g‘urur va iftixor
tuyg‘usiga ega insonda milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usi shakllanadi”
2
.
Qomusiy lug‘atda “milliy iftixor” tushunchasi: “Insonning ong va
faoliyatida, o‘zi mansub bo‘lgan millatning madaniyati, tarixi, dini, tili,
qadriyatlari qanchalik o‘rnashib olganligini ifodalaydi. Demak, milliy iftixorning
shakllanishi uchun, avvalo, uning asosiy negizi bo‘lgan milliy g‘ururni
tarbiyalash maqsadga muvofiqdir”
3
, – deb ta’rif berilgan.
Mavzuga oid tadqiqotlarning aksariyatida har bir insonda milliy g‘urur
tuyg‘usi milliy ongning shakllanganligi, o‘zlikni anglash, xalqparvarlik, Vatan
mustaqilligi hamda xalqning boy moddiy va ma’naviy merosi bilan faxrlanish,
millatining tarixini bilish, millat kelajagi yo‘lida mas’uliyatni his etish kabi
ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi e’tirof etilgan.
1
Do'stlaringiz bilan baham: