PEDAGOGIKA 2015, 2-son 125 ilmiy seminariga qatnashishni davom ettirdi, Moskva davlat universitetida ilmiy
stajirovkada bo‘ldi.
1967-yil dekabr oyida kutilmaganda institut rektori Sh.Sh. Abdullayev
unga institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimini taklif etdi bilan
lavozimda Muhammadjon aka roppa-rosa 20 yil faoliyat ko‘rsatdi.
O‘tgan asrning 60-70-yillarida fan va texnikaning tez suratlar bilan
rivojlanishi oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlash sifatiga bo‘lgan
talabni yanada kuchaytirdi. Bu esa, o‘z navbatida, oliy ta’lim muassasalarida
ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning ilmiy-metodik asoslarini yana-da
takomillashtirishni taqozo etardi. Shu ma’noda, 1969-yili Muhammadjon
Saydamatov rahbarligida institut ilmiy-metodik kengashi tashkil qilindi. Uning
tarkibida uchta sho‘ba faoliyat ko‘rsatdi: 1) oliy pedagogik ta’limni
takomillashtirish (rais-professor M.G. Davletshin); 2) ta’lim jarayoni va
mehnatni ilmiy tashkil etish (rais-dotsent M.S. Saydamatov); 3) maktab va
maktabdan tashqari ta’lim-tarbiya muassasalariga yordam ko‘rsatishni tashkil
etish (rais-professor R.K. Otajanov). Bu ilmiy-metodik kengash institutda o‘quv
jarayoni va professor-o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik faoliyatini ilmiy asosda
tashkil etish, ta’lim jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish,
talabalarning mustaqil ishini tashkil etish, ta’limning texnik vositalaridan unumli
foydalanish uslublarini ishlab chiqish kabi o‘z davri uchun katta ahamiyatga
molik bo‘lgan ishlarni amalga oshirdi.
Ma’lumki, oliy ta’lim muassasalarida ma’ruza mashg‘ulotini ta’limning
yetakchi turi deb hisoblagan Muhammadjon Saydamatov institut professor-
o‘qituvchilarining ma’ruza o‘qish mahoratiga katta e’tibor berdi. Shu maqsadda
institutda professor-o‘qituvchilar va aspirantlarning pedagogik mahoratini
oshirish fakultetini tashkil etish tashabbuskorlaridan biri bo‘ldi. Ushbu fakultet
tinglovchilariga yetakchi olimlarning “Oliy maktab psixologiyasi asoslari”, “Oliy
maktab pedagogikasi”, “Ma’ruzaning tarkibi, mazmuni va metodikalari haqida”,
“Notiqlik madaniyati haqida” va boshqa yo‘nalishdagi ma’ruzalar tashkil qilindi.
Muhammadjon Saydamatov ko‘p hollarda ma’ruzachilarni o‘zlari tanlar
oldindan uchrashib suhbatlashar va ularning ma’ruzalarida qatnashib fikrlari
bilan o‘rtoqlashar edi.
1972-yilda Muhammadjon Saydamatov rahbarligida talabalar va professor-
o‘qituvchilarning vaqt budjetini o‘rganish bo‘yicha maxsus izlanishlar olib
borildi. Ushbu izlanishlar asosida professor-o‘qituvchilar faoliyatining asosiy
yo‘nalishlari bo‘yicha namunaviy vaqt me’yorlari ishlab chiqildi va amaliyotga
joriy qilindi.