PEDAGOGIKA
2015, 2-son
133
U 1990-1994-yillarda Xorazm viloyati markaziy shifoxonasi LOR
bo‘limining mudiri, 1994-yildan 1996-yilga qadar Pitnak shahar markaziy
shifoxonasining bosh shifokori, 1996-1998-yillarda Hazorasp tumani markaziy
shifoxonasining bosh shifokori lavozimlarida ishladi. 1998-1999-yillarda
Xorazm viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining boshlig‘i va LOR bo‘yicha
bosh mutaxasis, 1999 yildan 2003 yilga qadar Hazorasp tuman markaziy
shifoxonasi bosh shifokori, 2003-2009-yillarda esa Toshkent shahar sog‘liqni
saqlash boshqarmasining uslubiy-metodik bo‘lim mudiri lavozimlarida ishladi.
2005-yildan boshlab Toshkent davlat pedagogika universitetida o‘rindosh
professor vazifasini bajaruvchi va 2010-yildan hozirgi kungacha “Hayot faoliyati
xavfsizligi va tibbiy tayyorgarlik” kafedrasining mudiri lavozimida ishlab
kelmoqda.
Rajabboy Masharipov ish faoliyatida o‘zining ishchanligi, ilmiy
izlanuvchanligi, mehnatsevarligi, o‘z kasbini sevishi va jamoat ishlarida faol
ishtirok etishi, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishi, kamtarligi va rahbar
sifatida talabchanligi bilan ajralib turadi.
Rajabboy Masharipov universitetning barcha fakultet bakalavriat
yo‘nalishi talabalariga o‘zbek va rus tillarida, yangi zamonaviy pedagogik va
innovatsion texnologiyalar yordamida ma’ruzalar o‘qimoqda. U 2010-yilda
Rossiya Xalqlar do‘stligi universitetida malaka oshirib, TDPU bilan hamkorlik
shartnomasini tuzib qaytdi. Respublikmizdagi FVVga qarashli “Fuqaro
muhofazasi” instituti va “Mehr-shafqat” kasb-hunar kolleji bilan hamkorlik
shartnomalarini tuzib, talabalarga XFX haqida, giyohvandlik, spirtli ichimliklar
ichish, tamaki chekish, OITSga qarshi kurashish, uning oldini olish bo‘yicha
ma’ruzalar o‘qishni tashkillashtirdi.
Rajabboy Masharipov nafaqat pedagog sifatida, balki talabalarning
jonkuyar tarbiyachisi, shifokori sifatida ham tanilgan inson. Olim universitet
talabalari amaliy faoliyatini o‘taydigan “Xumson” dala amaliyoti oromgohida
shifokorlik qilib, ularni sog‘lomlashtirib kelmoqda. Har oyda ikkinchi son
talabalar turar joyida muntazam ravishda ikki marta “O‘ta havfli kasalliklar va
ularning oldini olish yo‘llari” mavzusida, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish
borasida respublikamizning tibbiyot markazlaridan mutaxassislar chaqirib, davra
suhbatlari va savol-javob kechalari o‘tkazib kelmoqda.
Rajabboy Rahimovich 2003-2009-yillarda “Karima” va 2009-2014-yillarda
“Stoma LOR servis” xususiy klinikalarida shifokor bo‘lib ishlab, bu davrda
250dan ziyod jarrohlik amaliyotini amalga oshirgan, bolalarda kattalashib ketgan
murtak bezlarini, burunning yondosh sinus bo‘shliqlaridagi polip va kistalarni,
vazamotor-allergik holatlarni “Loradon” apparati yordamida davolab, burun,
Do'stlaringiz bilan baham: |