UNIVERSITETNING TAMAL TOSHINI QO‘YGANLAR
PEDAGOGIKA
2015, 2-son
119
o‘z kasbini sevib ardoqlashi kichik Usmonaliga chuqur ta’sir ko‘rsatgani sababli
unda o‘qituvchilikka chin dildan havas uyg‘ongan. Maktabni bitirgach,
o‘qituvchilik kasbiga havas uni pedagogika oliy o‘quv yurtiga yetaklagan.
Usmonali Nishonaliyev 1959-1964-yillarda Toshkent davlat pedagogika
instituti muhandislik-pedagogika fakultetida tahsil olib, umumtexnika fanlari va
mehnat o‘qituvchisi mutaxassisligini egallagan. Talabalik davrida u o‘zining
bilimga chanqoqligi, faolligi, o‘tkir zakovatli va yuksak e’tiqodli talabaligi bilan
tengdoshlaridan ajralib turgan. Talabalar va institut professor-o‘qituvchilari
ishtirokida o‘tgan nufuzli ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etib, pedagogika
ilmiga va mutaxassisligiga oid fanlar sohasidagi iqtidori bilan ustozlarining
e’tiboriga tushgan.
Institutni tugatgach, 1964-1966-yillarda Yangiyo‘l shahridagi 4-maktabda
fizika fanidan dars bergan. 1966-1967-yillarda harbiy hizmatni o‘tab kelgach,
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika instituti aspiranturasida
tahsil olib, institut ilmiy xodimi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Yosh va zakovatli
olim ilk yutuqlarni qo‘lga kiritib, paxta terish mashinalari shpindelini
takomillashtirish yuzasidan amalga oshirgan ixtirolari uchun 3 ta davlat patentiga
sazovar bo‘lgan. Ushbu ixtirolarning qishloq xo‘jaligi mashinasozligini taraqqiy
ettirishdagi ahamiyatini e’tirof etgan holda, istiqboli porloq olim “Xizmat
ko‘rsatgan ixtirochi” unvoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, ushbu davrda
Usmonali Nishonaliyev tomonidan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalari uchun “Qishloq xo‘jaligi” darsligi tayyorlanib, nashr ettirilgan.
Bularning barchasi yosh olimning chuqur va sermahsul mehnatining natijasi
sifatida e’tirof etib kelinmoqda.
1972-yilda texnika fanlari doktori, professor Halim Haydarovich
Usmonxodjayevning ilmiy rahbarligida O‘zFA O‘rta Osiyo O‘simlikshunoslik
ilmiy tadqiqot institutida “Кинематика захватывающего элемента шпинделя
хлопкоуборочной машины” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya
qilib, texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan.
1970-1972- yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti dotsenti, 1972-
1976-yillarda “Ishlab chiqarish asoslari” kafedrasi mudiri, 1976-1980-yillarda
umumtexnika fanlari va mehnat fakulteti dekani lavozimlarida faoliyat
ko‘rsatgan. 1978-yilda esa dotsent ilmiy unvoniga sazovor bo‘lgan.
Salohiyatli olim 1980-yilda doktorlik dissertatsiyasi yuzasidan ilmiy
izlanishlarini davom ettirish maqsadida Moskva davlat pedagogika institutida
katta ilmiy xodim lavozimida ishlay boshlagan. U. Nishonaliyev ushbu davrdan
boshlab so‘nggi kunlariga qadar jahon pedagogika ilmining S.Y. Batishev,
A. Slastenin, P.R. Atutov, Y.K. Vasilyev, V.P. Bespalko kabi mashhur darg‘alari
Do'stlaringiz bilan baham: |