PEDAGOGIKA
2015, 2-son
115
Meni bir noma birla dilbarim yod etmadi hargiz,
Qulin qayg‘udin ul xat birla ozod etmadi hargiz.
Balolar tog‘ini hajrinda tirnog‘im bila qozdim,
Men etkan ishni oshiqlikda Farhod etmadi hargiz.
Erur, ishq ollida jonim fido qilsam, hanuz ozkim,
Ul oydin o‘zgani qatlimg‘a jallod etmadi hargiz.
Agar buzdi Navoiy ko‘nglini ul bevafo tong yo‘q,
Vafo ahli uyin chun ishq obod etmadi hargiz. (A. Navoiy)
Ashulaning uchinchi
bayti bir oktava yuqoridan, dunasr shaklida
kuylanadi. An’anaviy qo‘shiqchilik fanlarida biz ikkinchi kurs talabalariga
ashulaning birinchi variantini o‘rgatdik.
Avj pardalarni kuylashda, tabiiyki,
hamma talaba ham kuylash imkoniyatiga ega emas. Bunday holatda biz guruh
ichidan iqtidorli, yuqori pardalarni kuylay oladigan talabalarni ajratib olib, avj va
nolali, bezakli qismlarni ular ijrosida kuylashga o‘rgatdik. Ashulaning daromad,
miyonxat
qismlarini guruh kuylab, avjlarini saralab olingan talabalar
kuylashlariga erishdik. Ijrochilikning yana bir varianti ashulaning avj qismlarini
solist talabalar bilan birga
qizlar ijrosida oktava pastdan, ya’ni “zir – bom”
shaklida kuylatilganda ashulaning avj qismlariga quvvat, kuch qo‘shilganligini
sezish mumkin.
Ijro jarayonida ashulalar original tarzda,
bezaklar bilan kuylanish
zarurligini nazarda tutgan holda olib borildi. Milliy ashulachilik maktabida
ijrochi milliy bezak nolalardan foydalana olmasa,
asar talab qilingandek
mukammal va jozibali chiqmaydi. Tinglovchilar bu ijrodan qoniqmaydilar.
Shuning uchun an’anaviy qo‘shiqchilikda individual holatda bir ashula ustida
uzoq vaqt “ustoz-shogird” tizimida ijodiy ish olib boriladi.
Ijrochida, birinchi navbatda, ovoz sozlash mashqlari orqali to‘g‘ri kuylash,
Binnigi uslubida tovushni hosil qilish, nafas olishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish;
ikkinchidan, milliy yo‘ldagi ovoz sozlash mashqlari
orqali kuylash malakalari
shakllantiriladi. Binnigi so‘zining ma’nosi, tovushni dimoq orqali rezonatorda
shakllantirishdir.
Ijrochi bu uslubda kuylashda akademik vokal ijrochilik maktabidan
foydalanadi. Gulligi uslubida tomoq orqali kuylanganida tovushda zo‘riqish
paydo bo‘lib,
ovoz tez charchaydi, shuning uchun binnigi uslubida kuylash
malakalarini shakllantirishga katta ahamiyat beriladi.
Binnigi uslubini shakllantirish uchun ijrochi og‘izni yengil yumgan holda
(tishlar birlashmaydi) bo‘g‘izdan chiqqan tovushni dimoq orqali yo‘naltiradi va
past hirgoyi ovozda xonish qilinadi. Bu jarayonda “Chorgoh”, “Segoh”, “Girya”
ashulalarining daromad qismi va nolalarini kuylash uslublari o‘rgatiladi.