PEDAGOGIKA
2015, 2-son
109
O‘z-o‘zidan tushunarliki, ta’limga innovatsion yondashuv til o‘qitish
metodikasi oldiga ham qator yangi vazifalar qo‘ydi. Kelajakda yangi avlod
darsliklari shaklan va mazmunan takomillashuvi, elektron o‘quv adabiyotlaridan
foydalanishning ustuvor mavqega ko‘tarilishi aniq. Bunday ta’lim usuli asosan
8-10 yoshdan boshlanadi. Chunki, o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash qobiliyati
asosan 10-16 yoshdan faollashuvi
1
ilmiy adabiyotlarda ko‘rsatib o‘tilgan.
Demak, ona tili mashg‘ulotlarida tilning grammatik qurilishinigina emas,
balki uning nutqiy imkoniyatlarini ham o‘rganish lozim. Yangi mavzuni
mustahkamlash darslari matn ustida ishlash bilan boshlanib, matn yaratish bilan
yakun topsagina, o‘quvchining nazariy bilimlari nutqiy ko‘nikmalar bilin o‘zaro
uyg‘unlikda, izchil shakllanadi va malakaga aylanib boradi. Zero, til ta’limida
OVKT tizimini qo‘llash ijtimoiy zaruriyatdir.
Birinchidan, OVKTni til o‘rganish amaliyotida qo‘llash, dars
samaradorligini oshirish, o‘quvchida ijodiy tafakkurni rivojlantirishning muhim
sharti sifatida qaralishi lozim. Ona tili o‘qituvchilari mazkur innovatsion ta’lim
usulidan amaliy foydalanishni o‘rganib olmas ekanlar, uni dars jarayonida
samarali qo‘llay olmaydilar.
Ikkinchidan, OVKT tizimida ishlash uchun o‘quvchilar qo‘shimcha
axborot manbalari (ilmiy adabiyotlar, lingvistik va entsiklopedik lug‘atlar, izohli
lug‘at, uyadosh so‘zlar lug‘ati, ma’nodosh so‘zlar lug‘ati, zid ma’noli so‘zlar
lug‘ati, tarixiy so‘zlar lug‘ati, yangi so‘zlar lug‘ati, tasviriy ifodalar lug‘ati,
iboralar lug‘ati, so‘zlar va so‘z birikma(SB)larida ma’noviy darajalanish lug‘ati,
olinma so‘zlar lug‘ati, ters lug‘atlar, shakldosh so‘zlar lug‘ati), o‘quv-texnika
vositalari, elektron o‘quv adabiyotlari (elektron darslik va elektron o‘quv
qo‘llanmalari) bilan ta’minlanishlari shart. Ona tili darslari milliy til boyligini
o‘quvchiga yetkazadigan turfa lug‘atlar, qomusiy ma’lumotlar bilan
ta’minlanishi, ta’lim muassasasidagi kompyuter sinflarining Internet tizimiga
ulangan bo‘lishi nihoyatda zarur. Shunda darsliklarning hozirgi hajmi keskin
qisqargan, ixchamlashgan, ular muayyan mavzu doirasida ijodiy fikrlash,
mavzuga xos til birliklarini topish, ular ishtirokida nutqiy birliklar tanlash hamda
kichik matn yaratish (mashg‘ulot so‘ngida) topshiriqlari kompleksidan iborat
bo‘lar edi. Albatta, bu – katta ish. Ammo shu vazifalarni imkoniyat doirasida
bajarish, uzluksiz ta’limda OVKT ta’lim usuliga o‘tishning muhim shartidir.
1
Соссюр де Ф. Курс общей лингвистики. Труды по языкознанию. – Москва: Высшая
школа, 1987. – С. 5-9.
Do'stlaringiz bilan baham: |