Pedagogik fikrlarning paydo bo`lishi. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha. Tarixga nazar tashlar ekanmiz, pedagogik g‘oyalar eramizdan oldingi VI asrda shakllanganligi haqida ma’lumotlar mavjud


ТЕКСТ НАУЧНОЙ РАБОТЫна тему «Ommaviy axborot vositalari xodimlarining shaxs milliy tarbiyasi oldidagi vazifalari»



Download 0,85 Mb.
bet4/31
Sana23.07.2022
Hajmi0,85 Mb.
#841537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
maqola va dissertatsiya

ТЕКСТ НАУЧНОЙ РАБОТЫна тему «Ommaviy axborot vositalari xodimlarining shaxs milliy tarbiyasi oldidagi vazifalari»


PEDAGOGY / ПЕДАГОГИКА
OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARINING SHAXS MILLIY
TARBIYASI OLDIDAGI VAZIFALARI
Nishanova Z.T., Alimbayeva Sh.T.
TDPU
Annotatsiya: Maqolada shaxsda milliy xususiyatlarni rivojlantirishda ommaviy axborot vositalari xodimlari oldida turgan dolzarb vazifalar taxlil etilgan. Shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlariga psixologik tavsiyalar keltirilgan.
Kalit so'zlar: ommaviy axborot vositalari, milliy xususiyatlar, shaxs, milliy tarbiya, psixika.
ОТВЕТСТВЕННОСТЬ РАБОТНИКОВ СМИ ПЕРЕД НАРОДНЫМ
ОБРАЗОВАНИЕМ
Нишанова З.Т., Алимбаева Ш.Т.
ТГПИ
Аннотация: В статье анализируются современные проблемы, стоящие перед СМИ в развитии национальной идентичности. Психологическое консультирование также предоставляется персоналу СМИ.
Ключевые слова: медиа, национальные особенности, личность, национальное воспитание, психика.
RESPONSIBILITY OF MEDIA WORKERS TO PEOPLE'S EDUCATION
Nishanova Z.T., Alimbaeva Sh.T.
TSPI
Abstract: The article analyzes the current problems facing the media in the development of national identity. Psychological counseling is also provided to media personnel.
Key words: media, national characteristics, personality, national education, psyche.
Etnopsixologik xususiyatlar xalq hayotining butun borlig'ida namoyon bo'libgina qolmasdan, shu millatga mansub bo'lgan shaxslarning kundalik
muomalasida, xatti-harakatlarida ham o'z ifodasini topadi. Insonning dunyoni bilishdagi turli-tuman tasavvur va tushunchalari ham shu jamiyat va etnik muhitning unga ko'rsatayotgan ta'siri ostida vujudga keladi. Bola ulg'ayib borar ekan, atrof-muhit, oila, jamiyat uning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadi. Ta'kidlash joizki, hozirgi fan-texnika rivojlanib borayotgan zamonda bolaga kuchli psixologik ta'sir ko'rsatuvchi omillardan biri -ommaviy axborot vositalari hisoblanadi.
Hozirgi kunda omamaviy axborot vositalari, xususan televideniya orqali namoyish etilayotgan filmlar, reklamalar, hattoki, kichik yoshdagi bolalar uchun mo'ljallangan mulfilmlarning ham shaxs psixikasiga, uning dunyoqarashi shakllanishiga kuchli ta'siri mavjud [1]. Statistik ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, bolalar va yoshlar bugungi kunda audiovizual media mavzularining eng faol ishtirokchilaridir. Bolada milliy xususiyatlarning shakllanishiga ommaviy axborot vositalari o'z ta'sirini ko'rsatar ekan, xususan bolalar uchun sevimli bo'lgan multfilmlar ham bu jarayonda ishtirok etmay qolmaydi.
O'zbek multiplikatorlari tomonidan ishlab chiqarilgan multfilmlarda aksariyat hollarda o'zbek xalq ertaklaridan foydalanilgan bo'lib, qahramonlarning milliy liboslari, turish-turmushlari bolada milliy tasavvurlarning shakllanishiga, millatga xos bo'lgan xususiyatlarni singdirilishiga yordam beradi. Ertak qahramonolariga xos xususiyat obrazlarda mujassamlashadi. Mehnatkash xalq vakili ochiqko'ngil, mard, mehr-shafqatli, halol, botir, aqlli bo'lsa, boylar ochko'z, birovning haqiga jabr qiladigan, qo'rqoq, manman, befahm, farosatsiz qilib tasvirlanadi. Tulki - ayyor, bo'ri - yirtqich, ochko'z, quyon - sodda, qo'rqoq, eshak - mehnatkash, tuya -chidamli, ot - kuchli va chaqqon, it - mehrli, sigir va qo'y - boylik va farovonlik timsolida ifodalanadi.
Folklor muayyan xalqning hayotiy donishmandligi namunalari sifatida vujudga kelib, o'zida ushbu xalq vakillarining tarixiy tajribasini mujassam etadi. Folklorning bir namunasi bo'lgan ertaklar ham bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbilyalashning kuchli vositasi hisoblanadi. Shunday ekan, ertaklarga asoslangan multfilmlar bolalarda do'stlik, o'rtoqlik, botirlik, mardlik, mehnatsevarlik, insonparvarlik singari axloqiy fazilatlarni, milliy xususiyatlarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Masalan, hayvonlar haqidagi multfilmlarni olaylik. Bunday obrazlarda majoziy fikr yuritish usuli
ustuvordir. Bu kabi multipilikatsion filmlar bolalarga pand-nasixat, tarbiya vositasi sifatida ishlab chiqilib, psixokorreksion ta'sir vositasi sifatida ham xizmat qiladi. "Susambil" ertagi asosida ishlangan multfilmni ana shunday asarlar qatoriga kiritish mumkin. Milliy xususiyatlarimizdan biri bo'lgan hamdo'stlik tuyg'ulari, har qanday vaziyatda birodarini qadrlash, u bilan birga bo'lish ertakning bosh g'oyasi hisoblanib, bolada ijtimoiy ko'nikmalarning shakllanishiga yordam beradi. Insonlarning bir-birlariga yaxshilik qilishi va hamjihatlikdagi harakat kishining o'z orzusiga yetishishiga ham yordam berishi asarda metaforik yo'l bilan tasvirlanadi.
Ma'lumki, bolada ijtimoiy normalarning o'zlashtirilishi ko'p hollarda taqlidchanlikka asoslanadi. Jumladan, maktabgacha va kichik maktab yosh davrida xatto multfilm qahramonlarining xatti-harakatlarini takrorlash holatlarini ham ko'rish mumkin.
I.V.Gundarova tomonidan bola shaxsiga televizion axborotlarni emotsional ta'sirini o'rganish maqsadida olib borilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, 46,3% dasturlar bolalarda pozitiv, 37,5% dasturlar esa negativ reaksiyalar uyg'otar ekan [2]. Bolalarda televizion dasturlar ba'zan emotsional-affektiv holatlarni yuzaga keltirish bilan birga, ularning ma'naviy dunyoqarashiga, qadriyatlar yo'nalganligiga, axloqiy va estetik madaniyatiga, ijtimoiy hulq-atvoriga, shaxslararo munosabatlarga bir so'z bilan aytganda ta'lim-tarbiya jarayoniga ham o'z ta'sirini o'tkazmasdan qolmaydi. Buning natijasida bolada o'zini o'rab turgan muhit, tevarak atrofdagi shaxslarga va ota-onasiga nisbatan ko'pgina hollarda salbiy munosabatlar shakllanadi.
Mashhur kanadalik psixolog A.Banduraning fikricha, ijobiy baholangan o'zgalar xulq-atvori kuzatuvchilar tomonidan takrorlanadi, salbiy baholangan, jazolanilishga sabab bo'lgan xulq-atvorni esa kuzatuvchilar takrorlashdan qochib, bu vaziyatda
boshqa model qidirishga harakat qiladilar.
A.Bandura bu xulosasini bolalar va kattalarda olib borgan ko'p sonli tadqiqotlari natijasidan kelib chiqib bildiradi. Albatta bolalarda bu mexanizm yorqin
ifodalanadi. A.Bandura tadqiqotida bolalarga katta odam tomonidan o'yinchoqlarni sindirish holati aks etgan film ko'rsatiladi. So'ng bolalarni xuddi shunday o'yinchoqlar mavjud xonaga olib kiriladi. Bolalar filmda namoyish etilgan xatti-harakatlarni takrorlaydilar, ammo bunda film qahramoni mukofotlanishiga sabab bo'lgan salbiy harakatini zo'r ishtiyoq bilan, jazolanishiga sabab bo'lgan harakatini esa kam holatda takrorlaganlar. Bu tajriba natijasi Amerika jamiyati tomonidan
ko'pgina bahslarga sabab bo'lib, natijada kunlik dasturlardan bunday lavhalar namoyishini cheklash to'g'risida rasmiy choralar ko'rilgan [3;32-33-б].
Shunisi achinarliki, hozirgi kunda bolalar nafaqat o'zbek multfilmlarini, balki aksar hollarda xorijiy multiplikatsion filmlarni tomosha qilishadi. Horijiy multfilmlar o'zbek tiliga dublyaj qilinib namoyish etilishi bolalar uchun tushunarliligi sababli katta qiziqish uyg'otadi. Horijiy multfilmlarda chet el madaniyati aks etar ekan, ba'zan dublyajda ham to'g'ridan-to'g'ri tarjimalarga yo'l qo'yish hollari kuzataladi. Masalan, hozirgi kunda teleekran orqali namoyish etilayotgan "Smurflar" multfilmi qahramonlari orasida "bezbet", "vaysaqi" deb nomlangan obrazlar mavjud bo'lib, qahramonlarning bunday nomlanishi bolaga o'z ta'sirini o'tkazmay qolmaydi. Ma'lumki, ko'p bor takrorlangan so'zga nisbatan insonda ta'sirlanish reaksiyasi pasayadi. Birgina "Vaysaqi" obrazini olaylik. Multfilm jarayonida bu obraz nomining qayta-qayta takrorlanishi bolaning bu so'zni oddiy so'zlar qatorida qabul qilishiga, keyinchalik bu so'zdan muloqot jarayonida bemalol bepisandlik bilan foydalanishiga sabab bo'lishi mumkin. Sinonimik qatorda bezbet, vaysaqi so'zi eng salbiy ma'nolarni ifodalovchi so'zlardir. Buning o'rniga loqayd, bepisand; gapdon yoki sergap so'zlarini qo'llash, bolani o'zbek tilining boy lug'ati bilan tanishtirish, fikrini chiroyli tarzda bayon etishga o'rganish imkonini ham beradi. Albatta horijiy filmlarni tarjima qilish jarayonida o'zbek milliy xususiyatlarimizni, filmlardagi mentalitetimizga mos kelmaydigan lavhalarni tarjima jarayonida "silliqlab" o'tish foydadan holi bo'lmasdi. Demak, har kungi telekanallarda namoyish qilinayotgan horijiy filmlarning aksariyat qismi bolada milliy o'zlikni anglashga, v atanparvarlik tuyg'usini tarkib toptirishga, bir so'z bilan aytganda shaxsda pozitiv xususiyatlarni tarkib toptirishga katta xavf soladi.
Ta'kidlash lozimki, xorijiy filmlardagi milliy xususiyatlarimizga zid bo'lgan kiyinish tarafidan ochiq-sochiqlik, ularning oilaga bo'lgan munosabati, hayot tarzi tomoshabin, ayniqsa, yosh avlod ruhiyatiga, xulq-atvoriga ta'sir ko'rsatmay qolmaydi. Misol tariqasida aytadigan bo'lsak, ba'zi xorijiy filmlarda oilada bolaning ota-onasi ayri holda, har birining alohida o'z oilasi bor holatda tasvirlanadi. Bunda er sobiq rafiqasining eri bilan bemalol qo'l berib ko'rishishi mumkin. Filmlardagi bunday lavhalar yosh tomoshabinlarni oila buzilishi tabiiy, me'yoriy holdek qabul qilishlariga sabab bo'lishi mumkin. Bu esa oila muqaddas hisoblangan bizning mentalitetimizga mutlaqo to'g'ri kelmaydigan holatdir.
Eng achinarli vaziyat shuki, e'tiqodimiz, qadriyatlarimizga zid lavhalar o'zbek filmlari orasida ham uchrab turadi. Syujetida taloq masalasi aks etgan filmlarda ba'zan quyidagicha holatni ko'rish mumkin: qaynona qistoviga ko'ra kuyov kelinga uch taloq qo'ygach, qaynota vaziyatni "to'grilash" uchun ko'chada uchragan yigitni olib kelib kelinga nikohlatib, o'sha yerning o'zida taloq qo'ydirib, so'ng o'z o'g'liga qaytadan nikohlatib oladi. Huddi shu syujet bir necha o'zbek filmlari va
spektakllarida aks etgan. Hech qaysi "qolip"ga to'g'ri kelmaydigan, diniy ko'rsatmalarni ham, milliy an'analarni ham buzib, noto'g'ri ifoda etuvchi bu lavha katta hayot ostonasida turgan yosh avlodga o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatmaydi, deb kim ayta oladi? Nikoh masalasiga bunday yengil-yelpi munosabatning filmlarda aks ettirilishi yoshlarda qanday oilaviy tasavvurlarni paydo qiladi? Axir dinini, e'tiqodini mustahkam tutgan o'zbek xalqi azal-azaldan oilaviy hayot masalasiga mas'uliyat bilan qaragan, birgina so'z nikoh bog'laganidek, birgina so'z uni buzilishiga sabab bo'lishini his qilib yashaganlar, oila tinchligiga jiddiy e'tibor qaratganlar. Ammo ommaviy axborot vositalari, xususan, televideniya orqali namoyish etilgan bu kabi filmlar diniy hukmlarni buzib talqin qilinishiga, kelajak avlodda noto'g'ri tushunchalar shakllanishiga sabab bo'ladi. Bunday holatlarni oldini olish uchun biror film, ko'rsatuv yoki eshittirish tayyorlashdan avval shu soha vakillari mutaxassislar bilan maslahatlashishlari, yo'l-yo'riqlarni o'rgangan holda harakat qilishlari lozim.
Z.B.Bilolova bola psixologiyasiga axborot xurujlarining ta'siri masalasini tadqiq etar ekan, quyidagi tavsiyalarni keltirib o'tadi:
1. Milliy va zamonaviy multfilmlarni yorqin va tabiiy ranglarda ishlab chiqishga e'tibor qaratish, chiroyli rang va personajlardan foydalanish (bola yorqin bo'lmagan milliy multfilmlardan ko'ra chiroyli tasvirli xorijiy filmlarni afzal ko'rishini unutmaslik lozim).
2. Ishlab chiqilgan filmlarning psixologik ta'sirini ekspertlar ishtirokida ko'rib chiqish.
3. O'yinchoqlarni bolalarga mos, qulay, did va bo'yoqlar bilan bezatilgan, yoqimli ovozli modellarini ishlab chiqishni yo'lga qo'yish.
4. Milliy qahramonlar, xalq ertaklari syujetlari asosida mobil o'yinlarni tuzish.
5. O'yinchoq, multfilm, kiyim, o'quv qurollari va boshqa narsalarni ishlab chiqaruvchilarga bola psixologiyasini inobatga olishni uqtirish.
6. Bolalarga bag'ishlangan mahsulotlarni ishlab chiqishda uni biznes emas, psixologik ta'sir quroli ekanini unutmaslik, bola kayfiyatini tushiruvchi emas, aksincha uning hayotiy motivatsiyasini oshiruvchi ta'sir vositalarini qo'llash lozim [4; 112-b.].
Yuqorida keltirilgan fikrlarni umumlashtirgan holda quyidagi xulosalarni keltirish mumkin: 1) tеlеvidеniya bolalarni ta'lim-tarbiyasiga ta'sir qiluvchi, oila va maktabdan so'ng ularni Мешгу hayotga o'rgatishning ahamiyatli vositasi ekan, ommaviy axborot xodimlari shuni inobatga olgan holda bola milliy tarbiyasining rivojiga yordam beruvchi film va ko'rsatuvlar namoyishiga e'tibor qaratsalar maqsadga muvofiq bo'lar edi; 2) horijiy multfilmlarni bolalarga namoyish etishda milliy xususiyatlarimizga zid bo'lgan lavhalardan voz kechilsa, tarji ma va dubllyaj jarayonlarida ham bunday jihatlarni "to'grilansa", foydadan holi bo'lmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Крысько В.Г. Секреты психологической войны: цели, задачи, методы, формы, опыт. Минск, 1999.
2. Гундорова И.В. Телевидение и нравственность:возможен ли союз? // Школьный психолог. - М.: Первое сентября. -2006, № 12.
3. Камалетдинова З.Ф., Антонова Н.В. Психологическое консультирование: когнитивно-певеденческий подход. -М.: Юрайт, 2019. - 211 с. -С32-33.
4. Shaxsda ЙШ1У dunyoqarash rivojlanashmmg psixologik imkoniyatlari va tarbiyaviy jihatlari. Пш1У amaliy konferensiya materiallari. - T.: TDPU, 2019., B.112

MILLIY G'OYANI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-AHLOQIY MASALALARI HAMDA UNI YOSH AVLOD TARBIYASIDA TUTGAN


O'RNI
Ashuroxunova Shahnoza Toxir qizi Guliston davlat universiteti shahnozashuroxunova@mail.ru
Annotatsiya: Mazkur maqolada milliy g'oya va uni rivojlantirishning ilmiy, nazariy va amaliy ahamiyati, bugungi kundagi dolzarbligi, milliy g'oyani rivojlantirishda ijtimoiy-ahloqiy asoslarga tayanish zarurati haqida, shuningdek, milliy g'oyani ijtimoiy-axloqiy asosda rivojlantirishning oilani ma'naviy muloqot asosida shakllantirishga, yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga mo'ljallangan tamoyillari haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: milliy g'oya, qadriyat, milliy qadriyatlar, ahloqiy qadriyatlar, ma'naviyat, ma'naviy munosabat.
СОЦИАЛЬНО - ЭТИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ РАЗВИТИЯ НАЦИОНАЛЬНОЙ ИДЕИ
Ашурохунова Шахноза Тохир кизи Гулистанский государственный университет shahnozashuroxunova@mail.ru
Аннотация: В данной статье рассматриваются о национальная идея и научная, теоретическая и практическая значимость ее развития, актуальност сегодня, необхадимости опираться на социально - этические развитии национальной идеи, а также о принципах развития национальной идеи, направленной на формирование семьи на основе духовного общения и направленный на воспитание молодежи в духе национальных ценностей.
Ключевые слова: национальная идея, ценность, моральная ценность национальная ценность, духовность, духовное отношение.
SOCIO - ETHICAL ISSUES OF DEVELOPMENT OF THE NATIONAL
IDEA
Ashurakhunova Shakhnoza Toxir khizi Gulistan State University shahnozashuroxunova@mail.ru
Abstract: This article discusses the scientific, theoretical and practical significance of the national idea and development, its relevance today, the need to rely on socio-ethical principles in the development of the national idea, as well as the principle of the development of the national idea aimed at the formation of the family on the basis of spiritual communication and aimed at educating young people in the spirit of national values.
Key words: national idea, value, national value, moral value, spirituality, spiritual attitude.
Tarixdan ma'lumki, jamiyat a'zolarining intellektual salohiyati ortib borishi bilan jamiyatni ongli ravishda boshqarish, uni aniq bir maqsadga yo'naltirish imkoniyati ortib boradi. Bu esa jamiyatni aniq bir maqsadga muvofiq ravishda oqilona boshqarishga yordam beruvchi. buyuk insonparvarlik, taraqqiyparvarlik mohiyatini o'zida mujassamlashtirgan milliy g'oyani yuzaga kelishiga zamin hozirladi. Barcha zamonlarda ham jamiyatni yuksaklik sari yetaklovchi xalqning, millatning yagona g'oyasini ishlab chiqish va uni rivojlantirish masalalari o'z dolzarbligini yo'qotmagan. Bu ishni munosib uddalay olgan millat insoniyat taraqqiyotining eng oldingi saflariga o'tib olgan bo'lsa, bu vazifani munosib uddalay olmagan yoki mavjud milliy g'oyani rivojlantirishda xato va kamchiliklarga yo'l qo'ygan xalqlar esa tanazzulga yuz tutib, birin-ketin tarix sahnasidan ketganligiga ham insoniyat guvoh. Shu ma'noda milliy va umuminsoniy maqsadlarni o'zida jamlagan xalq, millat g'oyasini shakllantirish, shuning barobarida uni rivojlantirish muammolari bugungi kunda ham o'z ahamiyatini saqlab qolgan. Bugungi kun milliy g'oyasini shakllantirish va uni rivojlantirishning murakkablik darajasining yuqoriligiga sabab shundaki, hozirda butun dunyo mamlakatlarini qamrab olgan globallashuv jarayoni hayotning barcha sohalariga, jumladan, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy sohalarga ko'rsatayotgan salbiy ta'sirlarining ortib borishi va bu salbiy ta'sirlar XXI asr kishisida loqaydlik, beparvolik, kosmopolitizm, daxldorlik hissining susayib ketishi, har qanday qadriyatlarga nisbatan umumiy nazar bilan qarash kabi illatlarni keltirib chiqarmoqda. Bu illatlar esa jamiyat a'zolarining yagona maqsad-muddaolar atrofida birlashish qobiliyatini susayib ketishiga olib kelmoqda. Aynan shu omillar milliy g'oyani rivojlantirishning ijtimoiy-axloqiy asoslarini izchillik bilan tadqiq etish, ijtimoiy hayotning har bir qatlamiga munosib ijtimoiy-axloqiy tamoyillarni ishlab chiqish zaruratini orttirmoqda.
Milliy g'oyani rivojlantiirshning ijtimoiy - ahloqiy masalalarini ko'rib chiqar ekanmiz, dastavval "milliy g'oya" tushunchasiga ta'rif berib o'tsak.
Milliy g'oya - millatni o'tmishi, buguni va istiqbolini o'zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadlarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g'oya shakli. [6, C.220] Milliy g'oya har bir millatga
mansub kishilar uchun umumiy faoliyat mezoni, ularni birlashtiruvchi va muayyan maqsadga xizmat qiluvchi omil hisoblanadi. U muayyan millatning tabiiy - tariixy rivojlanishi jarayonida, moddiy va ma'naviy hayot sharoitlari ta'siri natijasida, milliy ruh va yashash tarzi, siyosiy tuzum va ijtimoiy tizim bilan bog'liq maqsad va ideallar hamda umumiy qadriyatlar tizimi bilan tavsiflanadigan va milliy makonda o'ziga xos tarzda namoyon bo'ladigan g'oyalardan biridir. [7, C.95]
Milliy g'oya o'z mohiyatiga ko'ra, xalq, millat taqdiriga daxldor bo'lgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak bo'lgan vazifalar va mo'ljallarni ham aks ettiradi. U yoki bu g'oyaning milliy g'oya sifatida maydonga chiqishi millatning o'tmishi, mavjud holati bilan bevosita bog'liqdir. Zero, ana shu ikki negizga tayangan holdagina u millatning qisqa yoki uzoq vaqtda erishishi lozim bo'lgan maqsad -muddaolari va mo'ljallarini to'gri ifodalay olishi mumkin.[6, C.220] Bevosita O'zbekiston misolida ko'radigan bo'lsak, mustaqillikka erishganimizdan, ya'ni 1991 - yildan 2016 yilga qadar "Milliy tiklanish" g'oyasi 2016 yildan hozirgi kunga qadar esa "Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari" degan ulug' maqsad davlatimizning bosh g'oyasini ifoda etmoqda.
Tom ma'nodagi milliy g'oya oxir-oqibatda ozmi-ko'pmi insoniyat taqdiriga ta'sir qiladi. Shu ma'noda har qanday milliy g'oyada umuminsoniy mohiyat mavjud bo'ladi. ammo aniq bir millat yoki umuman insoniyat uchun ahamiyatli bo'lgan g'oyalar ham bor. Aytaylik, "milliy yarash" g'oyasi fuqarolar urushi ketayotgan davlat uchun hayotiy mazmunga ega bo'lsa, "Manfaatli hamkorlik" g'oyasi dunyoning barcha mamlakatlari uchun birdek aahamiyatlidir. Har bir xalq o'z tarixining burilish nuqtalarida, avvalo, mafkura masalasini, uning o'zagini tashkil etadigan, o'ziga xos o'q, birlashtiruvchi yadro vazifasini o'taydigan ijtimoiy g'oyani shakllantirish muammosini hal qiladi. [6, C.220] Mavzuni mamalakatimiz misolida davom ettiradigan bo'lsak, O'zbekiston uchun milliy g'oya haqidagi masalaning bugungi amaliy ahmiyati shundaki, jahon geosiyosiy maydonidagi o'zgarishlar hamda globallashuv jarayonlarining kuchayishi natijasida vujudga kelayotgan salbiy holatlar, jumladan, zo'ravonlik, inson taqdiri, jamiyat hayotiga bepisandlik, loqaydlik, andishasizlik, behayolik, o'z tarixiy, diniy, milliy - ma'naviy ildizlaridan uzilib qolish kabi illatlarga qarshi kurashadigan, milliy va umuinsoniy qadriyatlarni asrab qolgan holda ijtimoiy - iqtisodiy barqarorlikni ta'minlaydigan, jamiyatning barcha qatlamlari, har bir a'zosi uchun birday qadrli bo'lgan milliy g'oya va mafkurani ishlab chiqishdir.
Bugungi kunda O'zbekiston milliy taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo'ydi. Mazkur taraqqiyot bosqichining asosiy maqsad va vazifalari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev boshchiligida ishlab chiqilgan va izchillik bilan amaliyotga taqdim etilayotgan "O'zbekistonni yanada rivojlantirish bo'yicha 2017-2021 yillarga mo'ljallangan Harakatlar strategiyasi"
hamda uning negizida qabul qilingan bir qator ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hujjatlarda o'z ifodasini topgan. Harakatlar startegiyasi asosida kechayotgan shiddatli islohotlar tub negizini esa "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" g'oyasi tashkil etmoqda. Yagona Vatan tutyg'usi, adolat - qonun ustuvorligida, xalq roziligi, jaholatga qarshi ma'rifat, innovatsion taraqqiyot tushunchalari "Milliy yuksalish g'oyasi"ning asosiy kategoriyalari bo'lib hisoblanadi. Shuningdek, mazkur g'oayning asosiy tamoyillarini quyidagilar tashkil etadi:
- millati, tili va dinidan qat'iy nazar, O'zbekistonning barcha fuqarolari manfatlari va orzu-intilishlarini aks ettirish;
- milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg'unligini, millatlararo totuvlik va dinlararo bag'rikenglikni ta'minlash;
- qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklarini eng oily qadriyat darajasiga ko'tarish;
- oshkoralik va fikrlar xilma-xilligiga rioya etish;
- shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari hamda mas'uliyati uyg'unligiga erishish;
- farovon hayot barpo etishga qaratilgan iqtisodiy omillar samaradorligini oshirish;
- milliy yuksalish g'oyasini umummilliy harakatga aylantirish.
Ko'rinib turibdiki, O'zbekiston Respublikasi taraqqiyotning yangi bosqichida o'z oldiga jamiyatning barcha sohalarini qamrab olgan bir qator ustuvor vazifalarni qo'ygan. Bu vazifalar ijrosini ta'minlashda ko'plab ob'ektiv va subyektiv omillar qatori milliy g'oyani rivojlantirishning ijtimoiy-ahoqiy masalalari ham chuqur ahamiyatga ega. Bu masalalar ko'plab ijtimoiy muammolar va ularning yechimiga qaratilgan harakatlarni o'z ichiga olsada, quyida ularning ayrimlariga to'xtalib o'tamiz:
- milliy qadriyatlarni saqlab qolish hamda yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash tamoyili;
- milliy an'ana va urf-odatlarni o'zida mujassamlashtirgan ma'naviy munosabatlarni shakllantirish tamoyili;
- jamiyatda oila institutini mustahkamlash hamda unda ma'naviy muloqotni ta'minlash tamoyili;
- milliy o'zlikni anglashni yangi bosqichga ko'tarish tamoyili.
Milliy qadriyatlarni saqlab qolish hamda yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash. Milliy g'oyani rivojlantirishning ijtimoiy-ahloqiy masalalari qatoriga kiruvchi mazkur tamoyilining mazmun - mohiyati jamiyatning rivojlanishida asrlar davomida yaratilgan qadriyatlardan oqilona foydalanish, uni asrab-avaylash hamda yoshlar ongiga singdirish orqali kelajak avlodga yetkazib berishda o'z ifodasini topadi.
Qadriyatlar o'zi nima degan savolga ilmiy adabiyotlarda turlicha qarash va yondashuvdagi javoblarni toppish mumkin. Jumladan, falsafaga oid qomusiy lug'atlarda bu tushunchaga "voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-ma'naviy ahamiyatini ko'rsatish uchun qo'llanadigan falsafiy-sotsiologik va aksiologik tushuncha" [5, C.476] deb ta'rif bersalar, yana bir boshqa manbada "qadriyatlar muayyan jamiyat yoki sinfga mansub kishilar turmushi va madaniyatining haqiqiy yoki ideal ne'matlari bo'lgan tabiat va jamiyat hodisalarining mohiyati (yoki hodisaning bir jihati)dir. Bu ne'matlarning qadriyatlar deyilishiga sabab - kishilar ularni qadrlaydilar, chunki bu qadriyatlar ularning shaxsiy va ijtimoiy turmushini boyitadi. Shuning uchun ham kishilar o'z tasarruflaridagi qadriyatlarni himoya qiladilar va o'zlari uchun maqsad yoki ideal bo'lgan qadriyatlarni amalga oshirishga intiladilar" [8, С.3] deb e'tirof etilganini ko'rishimiz mumkin.
Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatga ega bo'lib, o'z ichida bir necha turlarga bo'linadi. Masalan, tabiiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, moddiy, ma'naviy, axloqiy, diniy qadriyatlar shular jumlasidandir. Sanab o'tilganlar ichida milliy g'oyani rivojlantirishda mukammal darajada shakllangan axloqiy qadriyatlarning o'rni beqiyosdir. Sababi, axloqiy qadriyatlar halollik, poklik, o'zaro yordam, adolatlilik, haqiqatgo'ylik, ezgulik, tinchlik, shaxs erkinligi, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi bir qator yuksak umminsoniy fazlilatlarni qamrab oladi. Aynan shu fazilatlarni mujassamlashtirgan xalq vakillari yaxshilik, burch, vijdon, or-nomus, sabr, farosat, kamtarlik, andisha kabi axloqning o'ziga xos o'lchamlarini o'zida namoyon etadi va shu bilan birgalikda millat, xalq va yurt taqdiriga daxldor tushuncha milliy g'oyani rivojlantirishda o'zining munosib hissasini qo'shadi.
Qadriyatlar ichida ma'naviy qadriyatlar ham inson ijtimoiy mohiyatini belgilashda muhim ahamiyatga egadir. Ma'naviy qadriyatlarga yuksak axloq, imon, e'tiqod, insof-diyonat, yaxshi xulq-atvorni targ'ibot qiluvchi boy ma'naviy merosimiz, urf - odatlarimiz, an'analarimiz kiradi. [4, C.240] Shu ma'noda ma'naviy qadriyat tushunchasi milliy g'oyani rivojlantirishning ijtimoiy-ahloqiy masalalari tarkibiga kiruvchi miliy an'ana va urf-odatlarni o'zida mujassamlashtirgan ma'naviy munosabatlarni shakllantirish tamoyili bilan chambarchas bog'liqdir.
Milliy an'ana va urf-odatlarni o'zida mujassamlashtirgan ma'naviy munosabatlarni shakllantirish tamoyili. Mazkur tamoyilning mazmun - mohiyati shundan iboratki, har bir millatning o'z ma'naviyatini chuqur anglashi, ongining tarkibiy qismiga aylantirishi jamiyat a'zolari o'rtasidagi qadr hissini boyitib, ularning o'zaro munosabatlarini mustahkamlaydi hamda vatan kelajagi uchun yagona kuch bo'lib birlashishga xizmat qiladi.
Ma'naviyat tushunchasi arab tilidan olingan bo'lib, "ma'nolar majmui" degan ma'noni anglatadi. Ma'naviyat insonning butun umri davomida uning kuchiga kuch
qo'shishga aql, idrok va zakovatini kengaytirib, mustahkamlashga xizmat qiladi. Ma'naviyat va ma'naviy boyliklar, qadriyatlar, davlat, millat, shaxsning bebaho xazinasi va taraqqiyot manbaidir.
Ma'naviyat tushunchasi kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari majmui. Shu nuqtai nazardan qaraganda, O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I. Karimov ma'naviyatga quyidagicha ta'rif beradi: "Ma'naviyat haqida gap ketar ekan, men, avvlo, insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da'vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e'tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg'otadigan qudratli botiniy kuchni tasavvur qilaman" [6, C.184]
Ma'naviyat aniq shakllarda namoyon bo'ladigan ijtimoiy hodisadir. U faqat insonga xos xususiyatdir. Inson ma'naviyat bilan tirik. Ma'naviyat insonga insoniy mazmun baxsh etadi. Ya'ni, odam farzandi ma'naviyat sohibi bo'lganligi, aql-idrok va tafakkurga, imon va e'tiqodga, odob-axloqqa, sharm-hayo va or-nomus singari fazilatlarga ega bo'lgani uchun inson degan sharafli nomga sazovordir. Ma'naviyat insonlarning o'zaro munosabatlarida, uning hayotiy tajribalari davomida shakllanadi va rivojlanadi. Har bir inson o'z ma'naviyatini o'zini shaxs sifatida anglagandan boshlab, to umrining oxirigacha shakllantirib va rivojlantirib boradi. [3, C.154] Shuning uchun ham jamiyat a'zolarining ma'naviyatini yuksaltirish, ijtimoiy hayotning har qanday sohasidagi munosabatlarni ma'naviy asoslarda yo'lga qo'yish milliy g'oyani rivojlantirishning ijtimoiy-axloqiy masalalarining asosiy tamoyillaridan biri sifatida baholanadi. Insonlar ma'naviyatini yuksaltirishda ko'p asrlar davomida yuzaga kelgan, ajdodlar dahosini o'zida namoyon etadigan, xalqning umumiy va bebaho boyligi sifatida e'tirof etilivchi ma'naviy merosning o'rni beqiyosdir. Ma'naviy meros tarkibiga tarixiy, ilmiy, madaniy va diniy merosni kiritish mumkin. Zero, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma'naviy meros, jumladan, "Avesto"da ilgari surilgan ezgu g'oayalar, Forobiy, Navoiy, Bobur, Furqat, Behbudiy, Fitrat, Cho'lpon, Avloniy va shu kabi bir qator allomalar asarlarida ifodalangan yuksak umuminsoniy fazilatlar ma'naviyatimizning qadimiyligini, mazmunan chuqurligini va shu bilan birgalikda bugungi kundagi salohiyati cheksiz ekanligini to'la namoyon etadi. Mazkur ma'naviy merosni ilmiy asosda to'la o'rganib chiqish, hali o'rganib ulgurilmaganlarini atroflicha tadqiq etish har bir shaxsga milliy ma'naviyatning tarkibiy qismi hisoblanuvchi mamlakatning, millatning, xalqning ajralmas bo'lagi ekanini his etish imkonini beradi.
Milliy g'oyani rivojantirishning ijtimoiy-axloqiy masalalari tarkibiga kiruvchi milliy qadriyatlarni saqlab qolish hamda yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, shuningdek, milliy an'ana va urf-odatlarni o'zida mujassamlashtirgan ma'naviy munosabatlarni shakllantirish tamoyillarining vujudga kelish ilk makoni - bu, shubhasiz, oiladir. Zero, oila avlodlararo aloqa muhiti
demakdir. Shu sababdan ham milliy g'oyani rivojlantirishning ijtimoiy-ahloqiy masalalarining navbatdagi tamoyili aynan, "jamiyatda oila institutini mustahkamlash hamda unda ma 'naviy muloqotni ta 'minlash " deb nomlanadi.
Har qanday davrda ham jamiyat va davlat aholi sonining bir maromda o'sib borishi, muayyan an'analar va muqaddas udumlarning saqlanib, avloddan-avlodga yetkazilib turilishidan manfaatdor bo'lgan. Buyuk rus psixologi A.N.Leontev avlodlararo muloqotning jamiyat taraqqiyoti uchun ahamiyatii o'rganib, ilk asarlaridan birida, agar shunday muloqot bo'lmaganida, taraqqiyotning o'zi ham mutloq bo'lmas edi, deb ta'kidlagan. Bu vazifani bajarishda jamiyatning muhim bo'lagi bo'lmish oilaning roli kattadir. Har bir jamiyatning betakror qadriyatlari, o'lmas merosi, avloddan-avlodga o'tib boradigan an'analari bo'ladi. fuqarolik holatlari, madaniy o'sish, madaniy yuksalishga xizmat qiluvchi qadriyatlarning saqlanib kelayotganligi ham oila tufaylidir. Masalan, shunday oilalar sulolasi borki, ular asrlar osha u yoki bu muqaddas qadriyatlarni kasb-kori, turmush tarzi orqali saqlab keladi.[9, C.18]
Oila jamiyatning asosiy bo'g'ini. Oilaning mustahkamligi bevosita jamiyatning mustahkamligiga daxldor tushuncha. O'zbek xalqining yirik ma'rifatparvar olimi Abdurauf Fitrat o'zining "Oila yoki boshqarish tartiblari" nomli asarida bu haqda quyidagi fikrlarni bildirib o'tgan:
Dunyoda izzat va saodat tolibi bo'lmagan birorta qavm yo'q. Har bir millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog'liq. Tinchlik va totuvlik esa shu millat oilalarining intizomiga tayanadi. Qayerda oila munosabati kuchli intizom va tartibga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va tartibli bo'ladi. Agarda bir mamlakatning aholisi axloqsizlik va johillik bilan oilaviy munosabatlarini zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo'l qo'ysa, shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostida qoladi. [1, C.6]
Tartib - intizom va mustahkamlikni taminlash uchun oila instituti bir qancha funksiyalarni bajaradi. Masalan, hissiy-emotsional funksiya, jismoniy quvvatni ta'minlash funksiyasi, baxt va tinchlik-xotirjamlikni barqarorlashtirish funksiyasi, reproduktiv funksiya, tarbiya va nazorat funksiyasi va, albatta, ma'naviy muloqotni ta'minlash funksiyasi. Bu funksiya mohiyati ilmiy adabiyotlarda quyidagicha ta'riflanadi:
Ma'naviy muloqotni ta'minlash funksiyasi - odamning o'z nasl-nasabi, madanaiy-ma'naviy an'analari bo'lishiga intilishidan kelib chiqadi, har bir shaxs o'zini kimning avlodi, qanday an'analarning vorisi ekanligidan cheksiz faxrlanadi. U qanday oila bo'lishidan qat'iy nazar, albatta, o'z a'zolarini muayyan yaxshi urf-odatlar, muomala maromlari doirasida birlashtirishga qodir bo'lgandagina mustahkam va baxtiyor bo'ladi. [9, C.19]
Oila institutining ma'naviy muloqotni taminlash funksiyasi orqali shaxslarda vorisiylik hissini shakllantish milliy g'oyani rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir. Zero, qanday xalq, qanday millat, qanday ajdodlarning avlodi ekanidan faxrlanish tuy'gusini his qilgan jamiyatning har qanday a'zosi shu jamiyat kelajagi uchun o'zini mas'uliyatli ekanligini anglab yetadi va shunga muvofiq harakatlanadi.
Milliy o'zlikni anglashniyangi bosqichga ko'tarish tamoyili.
Milliy o'zini-o'zi anglash ijtimoiy ongning aohida ko'rinishi bo'lib, unda milliy hayot o'z aksini topadi. Hozirgi davrda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy jarayonlar qanday yuz bermoqda hamda ular millatlar va xalqlarning ongida qanday o'z aksini topmoqda degan masala to'g'risida aniq, muaayyan tasavvurga ega bo'lish kerak. Millatlarning hayotida yuz berayotgan o'zgarishlar ularning nafaqat hozirgi va kelajakdagi, balki o'tmishdagi ma'naviyatlarining ham qanday bo'lganligi to'g'risida o'ylashga majbur qiladi. Milliy o'zini-o'zi anglashning o'sishi millat turmush tarzining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va boshqa omillariga bog'liqdir.
Milliy o'zini-o'zi anglash hodisasi ongning yuqori darajasi bo'lib, u milliy ongdan bir muncha keyinroq paydo bo'ladi. O'zini-o'zi anglash bu insonning faqat o'zini - o'zi tushunib, anglab yetishi bo'lmasdan, uning o'z-o'ziga, imkoniyatlariga, holatlariga bo'lgan munosabatini ham bildiradi. Bular to'liq ma'noda milliy o'zini -o'zi anglashga ham tegishlidir. Demak, milliy o'zini-o'zi anglash - bu o'zini-o'zi baholashi hamdir.
Hozirgi davrda milliy jarayonlarning rivojlanishini hisobga olib, ko'p tadqiqotchilar milliy o'zini-o'zi anglash bu millatning zaruriy, muhim belgisi deb hisoblamoqdalar.
Milliy o'zini-o'zi anglash tizimida quyidagi elementlarni ajratish mumkin:
- milliy identifikatsiya;
- hududiy birlikni tasavvur qilish;
- tili va madaniyat birligini anglash;
- ijtimoiy-davlatchilikka tegishli ekanini anglash;
- milliy manfaatlar. [2, C.49]
Ko'rinib turibdiki, milliy o'zini-o'zi anglash murakkab va ko'pqirrali tushuncha bo'lishi bilan bir qatorda jamiyatning ma'naviy hayotidagi muhim hodisa hamdir. Shu sababdan milliy o'zini-o'zi anglashning elementlarini bir butunlikda olib o'rganilgandagina, uning maxsus ma'naviy hodisa ekanligini his etish mumkin. Ma'naviy hayotdagi inqiroz, asosan, bir ijtimoiy munosabatlar tizimidan boshqasiga o'tishda, bir davlat tuzumidan boshqasiga o'tilishida kuchli namoyon bo'ladigan hodisadir. Shu ma'noda, O'zbekiston ham musstaqillikning dastlabki yillarida ma'naviy yangilanish davrini bosib o'tdi deyish mumkin. Bu davr chin ma'noda ma'naviy ildizlarimizga qaytish, jahon sivilizatsiyasi qadriyatlarini o'zlashtirish va
ma'naviy hayotimizni yangi sharoitlarga moslashtirish davri bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi.
Yurtimiz mustaqillika erishganidan so'ng uning oldida ilgarigi mafkura yakkahokimligini tugatish hamda uning o'rnida mafkuraviy bo'shliq paydo bo'lishiga yo'l qo'ymaslik vazifasi turar edi. Zero, mafkuraviy bo'shliqning yuzaga kelishi jamiyatda bir-biriga zid bo'lgan turli oqimlarning paydo bo'lishiga, natijada esa jamiyatda parokandalik kelib chiqishiga zamin hozirlangan bo'lar edi. Shu ma'noda, jamiyatni yagona maqsad atrofida birlashtiruvchi milliy g'oyani ishlab chiqish obyektiv zaruratga aylandi. Mazkur maqsad "milliy tiklanish" g'oyasida o'z ifodasini topdi. Milliy tiklanish g'oyasida mujassamlashgan vazifalarning O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov boshchiligida izchillik bilan amalga oshirilganligi natijasida xalqimiz o'zining milliy manfaatlarini anglab yetdi. Bu jarayon keng xalq ommasiga milliy mustaqillikning jamiyatimiz uchun ahamiyatini, uning siyosat, iqtisodiyot, ma'naviy hayot sohalariga ko'rsatadigan ijobiy ta'sirini singdirish, mustaqilligimizni mustahkamlashda fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash hamda yaqin va uzoq kelajakka mo'ljallangan maqsad va istiqbolli rejalarni belgilab olish kabi bir qator amaliy tadbirlar orqali amalga oshirildi. Bu harakatlar tez orada o'z natijasini berdi, ya'ni xalqda milliy o'zlgini anglash hissi paydo bo'ldi. Milliy o'zlikning anglanishi yurtimizning qisqa fursatlarda o'z oldiga qo'ygan maqsadlarga erishuvida, ya'ni, milliy mustaqilligimizning mustahlkamlanishida, milliy urf-odatlarimiz, an'analarimiz, qadriyatlarimiz tiklanishida, milliy qahramonlarimiz, yetuk alloma-yu mutafakkirlarimizning millatimiz va insoniyat oldidagi beqiyos xizmatlarining haqqoniy ravishda e'tirof etila boshlanganida, shuningdek, vatanimiz nomi jahonning ilg'or mamlakatlari qatori tilga olina boshlanganida o'z ifodasini topdi.
Bugunga kelib milliy o'zlikni anglashni yangi bosqichga ko'tarish mavzusi kun tartibidagi muhim masalalardan biriga aylanib bormoqda. Sababiki, bugungi kunda jahon siyosiy xaritasidagi barcha davlatlar, jumladan, O'zbekiston ham butun yer sharini qamrab olgan globallashuv jarayonining eng faol ishtirokchisiga aylanib ulgurdi. Bu esa, globallashuv jarayoni o'zi bilan bir qancha ijobiy imkoniyatlar bilan birgalikda, salbiy oqibatlarni ham olib kelganligini bildiradi.
Globallashuv jarayonining ijobiy tomonlarini jahondagi xalqlarning tinchlik uchun birlashuvi, turli xil mamlakatlarning iqtisod-siyosat, fan-texnika, madaniyat, ta'lim va boshqa sohalardagi hamkorligi, qurollanish poygasi, terrorizm va giyohvandlik, yuqumli kasalliklar epidemiyalariga qarshi kurashi, tabiiy ofatlar, ya'ni, zil-zila, suv toshqinlari, yong'inlar, vulqon otilishi, sunami va boshqalardan zarar ko'rgan aholiga o'zga mamlakatlarning beg'araz yordamida ko'radigan bo'lsak, bu jarayonning salbiy jihatlari ekologik muammolar, ya'ni, ozon qatlamining yemirilishi, Yer haroratining oshib borishi, o'rmonlarining kamayishi, ya'ni cho'l va
sahrolarning paydo bo'lishi, orol dengizi fojiasi, turli mamlakatlarga kasallik epidemiyalarining tez sur'atlarda tarqalishi, terrorizm va giyohvandlikning oshishi, noqonuniy savdoning kengayishi, ma'naviyatga tahdidi va shu kabilarda namoyom bo'ladi.
Globallashuvni chetlab o'tish mumkin emas, u jamiyat tarqqiyotidagi tarixiy jarayondir. Lekin jamiyatdagi muayyan unsurlar hamda tuzilmalarga salbiy ta'sir ko'rsatishga yo'l qo'ymaslik XXI asr davlatlari va xalqlari oldida turgan muhim vazifaga aylandi. Afsuski, yangi asrda ham dunyoda barqarorlik, ijtimoiy tenglik tamoyillari to'liq qaror topayotir deyishga asos yo'q. Shu holni anglashning o'zi insoniyat taraqqiyotining samarali texnologiyalarini izlashni davom ettirishga undaydi.
Global muammolarning kelib chiqishi, mavjudligi va va ularni hal etish zarurati yangi sivilizatsiyaviy sifat o'zgarishini taqozo etmoqda. Bu jarayon mohiyatini anglash uchun uning jadalligiga, chuqurligi va miqyosiga e'tibor berish lozim. Zero, o'nlab va hatto yuzlab yillar davomida o'zgarmas bo'lib ko'ringan ijtimoiy munosabatlar g'oyat qisqa vaqtda tubdan o'zgarmoqda. Bu hol kishilar hayotining barcha jabhalarida namoyon bo'lmoqda. Ko'lamiga ko'ra bu jarayon biron mintaqani chetlab o'tayotgani yo'q. [7, C. 110-112]
Globallashuv jarayonining salbiy ta'sirlariga qarshi har bir soha o'z yo'nalishidan kelib chiqqan holda kurashadi. Shu ma'noda, uning ma'naviyatga ko'rsatayotgan salbiy ta'sirlariga qarshi kurashish vazifasi ijtimoiy soha vakillarining zimmasidadir. Ijtimoiy soha vakillari bugungi kunda globallashuvning ma'naviyatga
ko'rsatayotgan salbiy ta'sirini, jumladan, ...... kabi illatlarni bartaraf etish uchun
jamiyatning barcha qatlamalari ongiga milliy g'urur va milliy o'zlikni anglash tuyg'ularini yanada chuqurroq singdirishlari, bu borada samarali natijaga erishish uchun targ'ibotning zamona ruhiga mos yangi usullarini ishlab chiqishlari lozim bo'ladi.
Milliy g'urur - shaxs, ijtimoiy guruhning milliy o'z-o'zini anglashi asosida shakllanadigan, ajdodlari qoldirgan moddiy, ma'naviy merosdan, o'z xalqining jahon sivilizatsiyasiga qo'shgan hissasi, o'zga millatlar oldidagi, qadr qimmati, obro'-e'tibori bilan faxrlanish, uning muammolariga befarq qarab turmaslik; o'z eliga, millatiga jonkuyar bo'lish; o'z millatining moddiy, ma'naviy merosini asrab-avaylash; xalq odatlari, an'analari, qadriyatlarini hurmat qilish, ularni boyitish, takomillashtirish; o'z millatiga mehr-muhabbatini amaliy faoliyatda namoyon qilish.
Sog'lom milliy g'urur o'zga millatga mansub kishilarga hurmat - ehtirom ko'rsatishni taqozo qiladi. Bunday tuyg'uga ega, ma'naviy yetuk kishi milliylikni millatchilikdan, haqiqiy milliy g'ururni millatparastlikdan farq qila oladi, boshqa millat vakillarining izzat nafsi va g'ururini kamsitmaydi. [6, C.222]
Bundan ko'rinib turibdiki, globallashuv jarayonining salbiy ta'siriga qarshi kurashda milliy g'oyani rivojlantirishning ijtimoiy - ahloqiy masalalri tarkibiga kiruvchi ,illiy o'zlikni anglashning yangi bosqichga ko'tarish tamoyili va bu taoyil asosida jamiyat a'zolari qalbi va ongiga singdirilgan milliy g'uru, milli iftixor daxldorlik, vorisiylik tuyg'ulari munosib qurol vazifasini o'taydi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, milliy g'oyani rivojlantirishning ijtimoiy-axloqiy masalalarini o'rganish hozirgi davrda ilmiy-nazariy, amaliy ahamiyatga ega. Uning ilmiy-nazariy jihati "milliy g;oya" - jamiyat taraqqiyotini belgilab beruvchi asosiy kategoriyalardan biri ekanligini hisobga olgan holda, uni rivojlantiruvchi ijtimoiy asoslarni tadqiq etish, izlanishlar natijasida yuzaga chiqqan ijtimoiy asoslarni axloq normalari bilan umumlashtirgan holda bugungi davr milliy g'oyasini rivojlantirishning asosiy tamoyillarini yaratishdan iborat. Amaliy jihati esa milliy g'oyani rivojlantirishga mo'ljallangan ijtimoiy-axloqiy qadriyatlarni jamiyatning barcha qatlamlariga, jumladan, oila va yoshlar, ularning ta'lim-tarbiya jarayonlariiga tadbiq etish, targ'ibot ishlarini milliy qadriyatlarni saqlab qolish hamda yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, milliy an'ana va urf-odatlarni o'zida mujassamlashtirgan ma'naviy munosabatlarni shakllantirish, shuningdek, jamiyatda oila institutini mustahkamlash hamda unda ma'naviy muloqotni ta'minlash tamoyillari bilan uzviy bog'liqlikda olib borishdan iboratdir. Bu ishlarni tadrijiy, uzluksiz ravishda bajarib borish mamlakatimizni taraqqiyotning yangi bosqichida o'z oldiga qo'ygan ulkan maqsadlarni izchillik bilan amalga oshirishni ta'minlashga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Abdurauf Fitrat. Oila yokki boshqarish tartiblari - T.: Cho'lpon, 2013. - bet 6. (Abdurauf Fitrat. Family or management procedures - T.: Cholpon, 2013. page 6)
2. А.С.Ачилдиев. Диалектика национального самосознания и национальной культуры - Т.: 1997. - стр. 49. (A.S.Achildiyev. Dialectic national identity and national culture - Т.: 1997. - page 49.)
3. D.A. Yusubov. Falsafa (etika, estetika, mantiq) - T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2017. - bet 154. (D.A. Yusubov. Philosophy (ethics, aesthetics, logic) - T.: Academy of the MIA of the Republic of Uzbekistan, 2017. -page 154.)
4. D.A. Yusubov, X.B. Saitxodjayev, A.A. Mavlyanov. Falsafa. - T.: O'zbekiston Respublikasi IIV akademiyasi, 2012. - bet 240. (D.A. Yusubov, X.B. Saitxodjayev, A.A. Mavlyanov. Philosophy - T.: Academy of the MIA of the Republic of Uzbekistan, 2012. - page 240)
5. Falsafa: Qomusiy lug'at - T.: Sharq, 2004. - bet 476. (Philosophy: Encyclopedic dictionary - T.: East, 2004. - page 476.)
6. Milliy g'oya: targ'ibot texnologiyalari va atamalar lug'ati - T.: Akademiya, 2007. - betlar 184, 220, 222. (National ideology: advocacy technologies and glossary of terms - T.: Academy, 2007. - pages 184, 220, 222)
7. Nazarov Qiyomiddin. G'oyalar falsafasi - T.: Akademiya, 2011. - betlar 95, 110-112. (Nazarov Qiyomiddin. Philosophy of ideas - T.: Academy, 2011. - pages 95, 110-112)
8. Тугаринов В.П. О ценностях жизни и культуры - Л.: ЛГУ. 1960. - стр. 3. (Tugaripov V.P. About the values of life and culture - L.: LSU. 1960. - page 3.)
9. Vasila Karimova. Oila psixologiyasi - T.: Fan va texnologiya, 2008. - bet 18,19. (Vasila Karimova. Family psychology - T.: Science and technology, 2008. -pages 18,19.)
References
1. Abdurauf Fitrat. Oila yokki boshqarish tartiblari - T.: Cho'lpon, 2013. - bet 6. (Abdurauf Fitrat. Family or management procedures - T.: Cholpon, 2013. page 6)
2. А.С.Ачилдиев. Диалектика национального самосознания и национальной культуры - Т.: 1997. - стр. 49. (A.S.Achildiyev. Dialectic national identity and national culture - Т.: 1997. - page 49.)
3. D.A. Yusubov. Falsafa (etika, estetika, mantiq) - T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2017. - bet 154. (D.A. Yusubov. Philosophy (ethics, aesthetics, logic) - T.: Academy of the MIA of the Republic of Uzbekistan, 2017. -page 154.)
4. D.A. Yusubov, X.B. Saitxodjayev, A.A. Mavlyanov. Falsafa. - T.: O'zbekiston Respublikasi IIV akademiyasi, 2012. - bet 240. (D.A. Yusubov, X.B. Saitxodjayev, A.A. Mavlyanov. Philosophy - T.: Academy of the MIA of the Republic of Uzbekistan, 2012. - page 240)
5. Falsafa: Qomusiy lug'at - T.: Sharq, 2004. - bet 476. (Philosophy: Encyclopedic dictionary - T.: East, 2004. - page 476.)
6. Milliy g'oya: targ'ibot texnologiyalari va atamalar lug'ati - T.: Akademiya, 2007. - betlar 184, 220, 222. (National ideology: advocacy technologies and glossary of terms - T.: Academy, 2007. - pages 184, 220, 222)
7. Nazarov Qiyomiddin. G'oyalar falsafasi - T.: Akademiya, 2011. - betlar 95, 110-112. (Nazarov Qiyomiddin. Philosophy of ideas - T.: Academy, 2011. - pages 95, 110-112)
8. Тугаринов В.П. О ценностях жизни и культуры - Л.: ЛГУ. 1960. - стр. 3. (Tugaripov V.P. About the values of life and culture - L.: LSU. 1960. - page 3.)
9. Vasila Karimova. Oila psixologiyasi - T.: Fan va texnologiya, 2008. - 

VATAN TUYG'USI VA VATANPARVARLIK E'TIQODI PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK FENOMEN SIFATIDA


Sh.A.Do' stmuxamedova Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada "Vatan tuyg'usi" va " vatanparvarlik e'tiqodi" tushunchalari mazmuni va mohiyatining pedagogik-psixologik taxlili bayon etilganbo'lib,vatanparvarlik tuyg'usining milliy o'ziga xoslik asosiy tarkibiy qismlari yoritilgan. Vatan tuyg'usi va vatanparvarlik e'tiqodi shaxsning eng muhim ma'naviy boyligi bo'lib, uning rivojlanishi eng yuqori pog'onasini tavsiflashi ko'rsatib berilgan.
SENSE OF PATRIOTISM AND PATRIOTIC FAITH AS A PEDAGOGICAL-
PSYCHOLOGICAL PHENOMENON
Sh.A.Do'stmuxamedova Tashkent State Pedagogical University named after Nizami
Abstract: The following article explains the pedagogic-psychological analysis of content and essence of understandings of "feeling of patriotism " and " patriotic belief'and highlights the main components of national uniqueness of patriotic feeling. Feeling of patriotism and patriotic beliefs are described as the most important spiritual wealth of personality.
Vatanparvarlik tushunchasi asrlar davomida shakllangan chuqur nazariy an'anaga ega. Aflotunning so'zlariga ko'ra, vatan ota va onadan qimmatroqdir. Sharq mutafakkirlarining asarlarida vatanga muhabbat, eng oliy qadriyat sifatida qaraladi. O'tmishning ko'plab mutafakkirlari va ma'rifatparvarlari shaxsni shaxs sifatida shakllantirish jarayonida vatanparvarlikning rolini ochib berib, ularning ko'p qirrali shakllantiruvchi ta'siriga ishora qildilar. Ular vatanparvarlik nafaqat tarbiyaning muhim vazifasi, balki kuchli ta'lim berish vositasi ekanligiga ishonishdi. Qudratli imperiya barpo etgan Zahiriddin Muhammad Bobur ham Vatan firoqida hayotdan ko'z yumib ketdi. Shu sababli vatan tuyg'usi hamma insonlarda bo'lsa ham, lekin bu tuyg'u o'zbeklarda juda mustaxkam, barqaror, xatto milliy fazilat, qadriyat darajasiga ko'tarilganini ochiq aytish mubolag'a bo'lmasa kerak. Vatan tuyg'usi bo'lgan kishidagina vatanparvarlik jo'shuradi. Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov aytganidek: "Vatanga muhabbat hissi odamning qalbida tabiiy ravishda tug'iladi. Ya'ni, inson o'zligini anglagan, nasl-nasabini bilgani sari yuragida vatanga
bo'lgan muhabbat tuyg'usi ildiz otib, yuksala boradi. Bu ildiz qanchalik chuqur bo'lsa, tug'ilib o'sgan Vatanga muhabbat ham shu qadar cheksiz bo'ladi". "Haqiqiy vatanparvarlik, -deb ku'rsatishgan edi amerikalik etnopsixologlar B.Ganniy va V.Jeromlar - faqat xalki va Vatanining jahon miqyosida tutgan mavkeidan faxrlanish bilangina namoyon bu'lmaydi. Millat hayotida shunday davrlar va holatlar ham bu'ladiki, bunda haqiqiy vatanparvarlik tuygusi uyalish va orlanish bilan tu'lib toshishi mumkin. Darxaqiqat, millatning o'qimishli vakillari, ziyoli va olimlar, yozuvchilar millat hayotiga, milliy jarayonga teran ob'ektiv ku'z bilan qarab, millat hayotidagi ayrim kamchilik va nuqsonlarni ru'y-rost ayta olishgan, tanqid qilishgan. Taniqli u'zbek ma'rifatparvari Abdulla Avloniy "Guliston yoki axlok" kitobida bunday yozadi: "... Bizlar na uchun harakat qilmaymiz, qimirlamaymiz? Boshqa millatlarning o'gillari, qizlari kecha demay, kunduz demay, yoz demay, qish demay ilm yu'lida jonlarini fido qilib, qovushib, yugurishib, ko'zlarimizni qamashtirib turgan bir zamonda, bizlar hamon uyqudan, jaholatdan boshimizni ku'tarmaymiz, ibrat olmaymiz" ... Muqaddas Vatan uchun jonini fido etishga tayyor turish kishining yuksak axlokiyligidan dalolatdir. Vatanparvarlik qadimiy tuygulardan hisoblanadi. Vatan inson uchun shu qadar aziz va muqaddaski, eng og'ir jinoyat qilganlarga jazo sifatida Vatandan badarga qilish hukm qilinadi.
Millatning ilgor vakillari doimo milliy tuygularni o'zlarida mujassamlashtirgan va uni targ'ibotchisi bo'lib kelganlar. Vatanga mehr, sadoqat iymonlilikning belgisi sifatida qaralgan. Muhammad payg'ambarning hadisi muboraklarida aytgan, «Vatanni sevmoq iymondandir», degan tabarruk fikrlarida ham xuddi shu ma'no yotadi. Buyuk mutafakkir Abdurauf Fitrat ham Vatan qiblagohdir, sajdagohdir, degan teran fikrlarni aytgan edi. O'zbekiston birinchi Prezidenti Islom Karimovning "Elim deb, yurtim deb kuyib, yonib yashamoq kerak, bizdan ozod va obod Vatan qolsin", degan teran fikrlarida xalqimiz e'tiqodiga chuqur singib ketgan vatanparvarlik e'tiqodi va qadriyatlari o'z ifodasini topgan. So'nggi yillarda ushbu sohada nafaqat vatanparvarlik, balki ijtimoiy, balki ma'naviy, axloqiy, madaniy, tarixiy va boshqa tarkibiy qismlarni birlashtiruvchi muhim qadriyat sifatida qarash keng tarqalgan. Vatanparvarlik haqidagi barcha fikrlardan shunday xulosaga kelishimiz mumkin: vatanparvarlik jamiyat va davlat hayotining barcha sohalariga xos bo'lgan eng muhim, boqiy qadriyatlardan biri, shaxsning eng muhim ma'naviy boyligi bo'lib, uning rivojlanishi eng yuqori pog'onasini tavsiflaydi va o'zini Vatan manfaati yolida faol harakat etishida namoyon bo'ladi. Yuqoridagi ta'rif vatanparvarlik tushunchasining mazmunini aniqlashtirishga imkon beradi. Bunga quyidagilar kiradi: inson tug'ilib o'sgan joylarga mehr-muhabbat hissi; o'z xalqining tiliga hurmat; vatan manfaatlarini himoya qilish; Vatan oldidagi burchini anglash, uning sha'ni va qadr-qimmatini, erkinligi va mustaqilligini himoya qilish (Vatanni himoya qilish); fuqarolik hissi va vatanga sadoqat namoyon bo'lishi; o'z mamlakatining ijtimoiy va
madaniy yutuqlari bilan faxrlanish; o'z Vatani, davlat ramzlari, o'z xalqi uchun g'ururlanish; Vatanning tarixiy o'tmishiga, xalqiga, urf-odatlari va an'analariga hurmat bilan munosabatda bo'lish; vatan va uning xalqi taqdiri, ularning kelajagi uchun javobgarlik, o'zishiga, Vatanning qudrati va farovonligini oshirishga bag'ishlanish istagida ifodaetilgan; gumanizm, rahm-shafqat, umuminsoniy qadriyatlar. Vatanparvarlik ta'limi ta'lim tashkilotlarining tarbiyaviy ishlarining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylanib bormoqda. Vatanparvarlik tuyg'usi axloqiy tuyg'ular guruhiga tegishli. Axloqiy tuyg'ular insonning boshqa odamlarga, vataniga, oilasiga, o'ziga munosabatini namoyon etadi.
Hissiyot bizning tuyg'ularimizning o'ziga xos aks ettirish jarayoni bo'lib, bunda narsa va hodisalarni aks ettirish jarayonida bizda tug'iladigan ichki kechinmalar va munosabatlar aks ettiriladi. Hissiyot hodisalarga jarayonlarga yo'naltirilgan doimiy motivatsion ahamiyatga ega va faoliyatning umumiy yo'nalishi uchun mas'uldir. K.K.Platonovning ta'kidlashicha, hissiyotlarning psixologik tuzilishi emotsiya va tushunchalarni o'z ichiga oladi. Odamda Vatanga muhabbat hissi paydo bo'lishi uchun unga Vatan tushunchasi yaqin bo'lishi kerak. Tushunchalar tyg'ularning kontseptual komponenti tarkibidagi hissiyotlarni o'zgartiradi,ularning tarkibi, munosabatlarda, xulq-atvorda namoyon bo'ladi. Tuyg'ular tarkibidavatanparvarlik axloqiy tuyg'ularning eng asosiysi xisoblanib,unda uchta tarkibiy qismni ajratish mumkin. Kognitiv tarkibiy qism - Vatan, uning xalqi, madaniyati, fuqarolik burchi, vatanning ahamiyati, uning fuqarolari,inson haqidagi tushunchalarni o'z ichiga oladi. Emotsional tarkibiy qism insonning Vatanga, uning madaniyati, tili, tabiati, tarixiga bo'lgan muhabbatini aks ettiradigan kechinmalar to'plaminidan iborat.
Xulq-atvor komponenti inson faoliyati, ularning xulq-atvorga ta'sir etuvchi motivlarxarakteri, xatti-harakatlardagi ushbu holalarning namoyon bo'lishini anglatadi.
Ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida tuyg'u insonning faoliyati, manfaati, maqsadi, ehtiyojlari bilan bevosita bog'liq bo'ladi. Inson o'zi yashab turgan Vatan manfaatlarini, ehtiyojlarini o'zining ongli faoliyati davomida anglab boradi. Ushbu faoliyat davomida uning manfaatlari yo'lida kuyunadi, achinadi, g'am chekadi, xursand bo'ladi, faxrlanadi va hokazo. Tuyg'u - bu inson faoliyati uchun ahamiyatli bo'lgan hodisalarni aks ettirish orqali uning manfaatlari, ehtiyojlari va maqsadlariga xizmat qiladigan ongning bo'linmas atributidir. Bu esa xar bir insonga, jamiyatga tegishli hodisadir. Shuning uchun Vatan tuyg'usi insonlar faoliyati bilan bog'liq holda o'z zaminiga binoan muhabbat tuyg'usidir. Vatanga e'tiqod -bu uning manfaatlari, ehtyojlari yo'lida tinmay mehnat qilishdir. E'tiqod - umidli bo'lish, ishonish, maqsad sari bilimlar, g'oyaviy qarashlar tizimiga asoslanib borish demakdir. Shaxsda vatan tuyg'usi va vatanparvarlik e'tiqodi ma'lum bir xulq-atvorlarga, ya'ni shu xulq-atvorni sababi bo'lgan motivlarga undaydi. Vatanni sevish,
vatanparvarlik e'tiqodi ma'lum bir millatga tegishli bo'lgan shaxslarni vatan manfaatlari va maqsadlari yo'lida, o'z ehtiyojlarini hisobga olgan holda ma'lum bir xatti-xarakatlarini amalga oshirishga undaydi. Bunday xatti-xarakat milliy birlikda ko'zga tashlanadi.
Vatan tuyg'usi, vatanparvarlik e'tiqodi hamma xalqlarda mavjud. Barcha xalqlar o'z tarixiy taraqqiyoti davomida vatanparvarlik e'tiqodining ajoyib namunalarini ko'rsatganlar. O'z vatanini boshqalar tomonidan istilo qilinishiga qadr-qimmati, obro'-e'tibori, manfaatalari kamsitilishiga beparvo bo'lib turadigan inson jahonda yo'q, desak ham bo'ladi. Vatan tushunchasini muayyan aniq xudud bilan bog'lab tushunishga o'rganib qolgan o'zbeklarda vatanparvarlik tushunchasi ham o'ziga xos xususiyatlarga ega. O'zbeklarni qo'ni-qo'shnichilik, maxalla-ko'ychilik, qarindosh-urug'chilik rishtalari nihoyatda maxkamdir. Ularni uzoq yurtlarga ketishi u yoqda tursin, bir maxalladan ikkinchi maxallaga ko'chirish ham katta muammo xisoblanadi. O'zbek tabiatdan millatchi emas. Lekin u qaerda bo'lmasin, o'zini tushunadigan millatdoshlari ichida yashashni istaydi. Agar biror joydan uy-joy sotib olishni istasa ham, birinchi navbatda qo'ni-qo'shnilari ichida o'zbeklar bor yoki yo'qligini surishtiradi.
Vatan tuyg'usi avloddan-avlodga vatanparvarlik qadriyatlari orqali o'tadi. Vatan tuyg'usi, bu boradagi insoniy fazilatlar esa ta'lim-tarbiya jarayonida shakllanadi, boyib, rivojlanib, avloddan-avlodga o'tadi. Shu sababli ham kishilarni vatanparvarlik ruhida voyaga yetkazish masalasi barcha davrlarda ham katta ahamiyat kasb etgan. Vatanparvarlik ham ma'naviyat, ham ichki ruhiy quvvatdir. O'zbekiston o'z mustaqilligiga erishgandan keyin yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga katta e'tibor berilayotganining sababi ham shundadir.
Vatanparvarlik tuyg'usi deb atalsa ham unda chuqur aqliy, odob, iymon, e'tiqod mujassamlashadi. Bu e'tiqod esa halollik, poklik, sadoqat, fidoyilik, mehr-muruvatlilik, mehnatsevarlik, millatparvarlik, insonparvarlik, ijodiy tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, tadbirkorlik, oilaparvarlik, adolatparvarlik singari fazilatlar yotadi.
Yaratilgan vatanparvarlik tuyg'usi milliy o'ziga xoslikning asosiy tarkibiy qismlaridan biridir. Bu o'z ona Vataniga, uning tarixi, madaniyati, urf-odatlari va kundalik hayotiga muhabbat, g'urur va sadoqat tuyg'usida, uni himoya qilishning axloqiy burchini anglashda, shuningdek, boshqa jamoalarning qadr-qimmatini anglashda, bir-biri bilan qarama-qarshilik qilmasdan ularning shaxsini va yashash huquqini tan olishda ifodalanadi. Albatta, vatanparvarlik hissi haqida uni shakllantirish omilisiz gaplashish mumkin emas, bu tarbiyadir. Ta'limning psixologik tomoni va milliy madaniyatning o'rnini psixolog olim I.A.Ilyin bolada vatanparvarlik tuyg'usini rivojlantirishda, shaxsini shakllantirishda, bolalar tarbiyasidamilliy-ma'naviy xususiyatlarni uyg'otish sifatida belgilaydi. Bolada hayratlanish, axloqiy va estetik tuyg'ular, qiziquvchanlik, yutuqqa chanqoqlik, milliy bo'lishga intilish juda
muhimdir. Vatanparvarlik xalqning teran tarixiy ildizlarini, milliy meros va qadriyatlarini anglash bilan ham bog'liq bo'lishi da^or O'z tarixini bilmagan, tarixiy xotiraga ega bo'lmagan xalq ertangi kunini ham to'g'гi tasavvuг qilish imkoniga ega bo'lmaydi. Vatanpaгvaгlik o'z vatanining tarixini, milliy meras va qadriyatlarini bilish bilangina cheklanmaydi. Bu o'rinda jahon sivilizatsiyasining ilg^ yutuqlarini bilish, ulaгdan oqilona foydalana olish ham zarurdir. Shu ma'noda milliy vatanparvarlik umuminsoniy meros va qadriyatlarga tayanadi. Shu ma'noda o'z izzati va qadrini bilgan xalq millat ajratmaydi, uning bag'гi keng bo'ladi. E'tiqodiy bag'rikenglik ham vatanparvarlik va millatparvarlikning asosiy belgilaridandir. Xulosa qilish mumkinki:
1) Insonlaг umg', qabila, elat, millat kabi ijtimoiy-iqtisodiy va tarixiy birliklarni boshidan kechirgan. Xar bir davrda ham inson o'zini qaysidir guruxga mansub ekanligini anglab turgan. Birgalikda qilgan mehnatlari ularning ishlarini baroridan keltirgan. Hamkorlikda mehnat esa ulaгda uгug'ga, qabilaga, elatga, millatga tegishli ijtimoiy-psixologik xolatlarning vujudga kelishiga, rivojlanishiga, mustaxkamlanishiga olib kelgan. Shu tarzda insonlarda birdamlik, birlik xissi paydo bo'lgan va shakllangan.
2) Millatga tegishli bo'lgan urf-odatla^ an'analaг, madaniyat, til, san'at aynan shu millatga tegishli bo'lgan ijtimoiy-psixologik xaraktemi paydo bo'lishiga olib kelgan. Milliy manfaatlami, milliy o'zini-o'zi anglagan millatdagina milliy biïdamlik va biriik mavjud bo'ladi.
3) Milliy biriik tuyg'usi millat tarixi, vatanpaivariik tuyg'usi, milliy o'zini-o'zi anglash, shaxsning psixologik kechinmalari, shaxsning bilim darajasi, dunyoqarashi kabi tomon^ bilan chambarchas bog'liqdir
4) Vatanparvaгlik tuyg'usi bu yoshlikdan inson xayoti faoliyati davomida shakllanadi. Insonning o'z Vatanini sevishi avvalo o'z oilasidan, yaqinlaridan boshlanadi.
5) Vatanpaгvaгlik tuyg'usining shakllanishida insonlaming ijtimoiy-psixologik munosabatlari ham muximdir. Iroda, tafakkur, xotira, milliy xarakter kategoriyalari ham vatanpaгvaгlik tuyg'usining shakllanishida asosiy omillar vazifasini bajaradi, xatto psixologik mexanizm rolini bajarishi mumkin.
6) Vatan tuyg'usi, vatanpaгvaгlik e'tiqodi va milliy biriik bu Ыг-biri bilan bog'liq ijtimoiy-psixologik jarayon bo'lib, unda inson, jamiyat, muloqoti asosida shakllanib boradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Каримов И. А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон хдёт-пировард максадимиз. Т. , Узбекистан, 2000.
2. Каримов И. А. Юксак маънавият енгилмас куч . Т. : Маънавият, 2009.
3. Каримов И. А. Адабиётга эътибор - маънавиятга, келажакка эътибор. T. , Узбекистан, 2009.
4. Иброхдмов А. , Султонов Х. , Жураев Н. Ватан туйгуси. Т. , Узбекистан, 1996 й.
5. Саъдуллаев Д. Иймондан айрилган бахтли булмас. Мулокот, №2

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish