MUSO AL-XORAZMIY (783-850). Buyuk matematik, astronom va
geograf. U algebra fanining asoschisi. «Algebra» so’zi uning «Al-kitob almuxtasar
fi hisob al-jabr va al-muqobala» asaridan olingan. Bizgacha yetib kelgan
«hind hisobi haqida kitob», «qo’shish va ayirish haqida kitob», «Kitob surat-ularz
», «Zij», «Asturlob bilan ishlash haqida kitob» kabi o’nga yaqin asari
mashhurdir.
Beruniy o’zining “Hindiston”, “Geodeziya”, “Mineralogiya”, “qadimgi
xalqlardan qolgan yodgorliklar” kabi asarlarida jamiyatda ijtimoiy adolatni
ta’minlash zarurligini, qonun ustuvorligini talqin etgan. Beruniy davlat shakli
mamlakatni shohlar mutloq hokimlik emas, balki maorifatparvar shohlar
boshqarishi tarafdori edi.
ABU NASR FOROBIY (873-950). «SHarq Aristoteli» nomini olgan
qomusiy olim. 160 dan ortiq asar yaratgan. «Mantiqqa kirish kitobi». «Isbot
kitobi», «Falsafaga izoxlar», «Musiqa haqida katta kitob», «Inson aozolari haqida
kitob». «Lug’atlar haqida kitob», «SHaharni boshqarish», «Fazilatli hulqlar» kabi
asarlari jahon madaniyatiga qo’shilgan katta hissadir.
SHu davrning yirik namoyondalardan biri Abu Nasr Forobiy o’zining “Fozil
odamlar shahri” asarida insoniyat jamiyatining vujudga kelishi va rivojlanishining
muayyan tabiiy - davlatga bo’lgan eqtiyojlarning paydo bo’lishini, unda adolat va
axloqning shakllanishi qonuniyatlarini nazariy tamoyillarini yaratganligi bilan
mashhurdir. U - «Madaniy jamiyat va madaniy shahar (yoki mamlakat) shunday
bo’ladiki, shu mamlakatning aholisidan bo’lgan har bir odam kasb-hunarda ozod,
Hamma bab-barobar bo’ladi, kishilar o’rtasida farq bo’lmaydi, har kim o’zi istagan
yoki tanlagan kasb-hunar bilan shug’ullanadi. Odamlar chin mahnosi bilan ozod
bo’ladilar. Odamlarning tinchlik va erkinliklariga xalaqit beruvchi sulton
bo’lmaydi. Ular orasida turli yaxshi odatlar, zavq-lazzatlar paydo bo’ladi». SHu
tariqa olim bugun bizning tasavvurimizdagi demokratik davlat shakllari va unda
boshqaruvning siyosiy va falsafiy mohiyatini yaratishga erishadi. Masalan, fozillar
shaharining (davlat nazarda tutilgan) tarkib topishi va unda qanday axloqiy
sifatdagi shaxsning raqbar bo’lishi tasniflari bugungi demokratik jamiyat
qurishning bevosita nazariy talablari bilan uyqun keladi. Bu borada Abu Nosir
Forobiy - «Ularning o’zlaridan saylangan raqbar yoki boshliqlar hokimi mutloq
bo’lmaydi. Ular odamlar ichidan ko’tarilgan, sinalgan eng oliyjanob, raxbarlikka
loyiq kishilar bo’ladilar. SHuning uchun bunday raxbarlar o’z saylovchilarini to’la
ozodlikka chiqaradilar, ularni tashqi dushmandan muqofaza qiladilar», deb davlat
boshqaruvida demokratik tamoyillarni ta’minlash bilan bog’liq axloqiy va madaniy
qadriyatlarni tizimlashtiradi. Ehtiborli jihati shundaki, Forobiy qarashlaridagi
«hokimi mutloq bo’lmasligi», «saylovchilar irodasi», «ozodlik» kabi fikrlari
nafaqat shu davrda, balki, bugunda ham insoniyat madaniyati noyob mahsuli
hisoblangan - demokratiyaning bosh g’oyasi bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |