SHARQ ALLOMALARI ASARLARIDA ADOLATLI JAMIYATNI SHAKLLANTIRISH MASALALARI
Inson tabiatan erkinlikka, ezgulikka intilib yashaydi. Bunday eqtiyojlarning
barcha uchun umum bo’lgan qoidalarini va ularning tartibotlarini tashkil etishda
davlatga bo’lgan eqtiyoj vujudga keladi. Mana shunday eqtiyoj umuminsoniy
qadriyatlarning nazariy mezonlarini shakllantirgan. Ayni paytda, kishilik
jamiyatining o’zaro urushlar va ixtiloflar bilan bog’liq davrlarida yangi maorifiy
taolimotlar xaloskor g’oya sifatida ham vujudga kelgan. Aynan IX va XII asrlar
O’rta Osiyo tarixida shunday murakkab davr bo’lgan. Xalqning o’z mustaqilligi
uchun kurashi va bunda hurriyat va inson erkinligi bilan bog’liq g’oyalar millatni
ma’naviy yuksalishga chaqiradi. Dunyoga mashqur Xorazmiy, Farqoniy, Abu
Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos qojib, Nizomulmulk kabi faylasuf,
siyosatchi, tarixchi olimlar, shu davrda yashab ijod etdilar. Bu davr o’z mazmuni,
salmoqi jihatidan O’rta Osiyo Uyqonish davri deb tarixga kiradi. Uyqonish davri
madaniyatining o’ziga xos tomonlari mavjud bo’lib, ular davlatchiligimiz
nazariyasining vujudga kelishida quyidagilarga asoslangan qolda talqin etiladi:
1. Dunyoviy maorifatga intilish, bu yo’lda o’tmish va qo’shni
mamlakatlarning madaniyati yutuqlaridan keng foydalanish, ayniqsa tabiiyfalsafiy,
diniy, tarixiy hamda ijtimoiy ilmlarni rivojlantirish.
Tabiatga qiziqish, tabiatshunoslik ilmlarining rivoji, ratsionalizm, aql kuchiga
ishonish, asosiy ehtiborni haqiqatni topishga qaratilgan fanlarga berish, haqiqatni
inson tasavvuri, ilmining asosi deb hisoblash.
Insonni ulug’lash, uning aqliy, tabiiy, ruhiy badiiy, ma’naviy fazilatlarini
asoslash, insonparvarlik, yuqori axloqiy qonun va qoidalarni namoyon etish, komil
insonni tarbiyalash.
Universallik - qomusiylik, barcha tabiat qodisalari bilan qiziqish va uning
mohiyatiga intilish.
Davlat qurilishi va boshqaruvining nazariy negizlari adolat, axloq
tamoyillarida shakllantirish, ularning huquqiy hamda amaliy asoslarining
rivojlantirilishi.
Davlat raqbari va xizmatchilarining faoliyat darajalari tasniflari, mashuliyati
mezonlari tizimining nazariy negizlarining yaratilishi.
Milliy davlatchilik negizlari haqida fikr yuritar ekanmiz, qadimgi Turon,
Movarounnahr, Turkiston hududida dastlabki davlatlar vujudga kelgan muqaddas
makonlardan biri sifatida hattoki qadimgi dunyo olimlari tomonidan ehtirof
etilgan. Masalan, bundan 2000 yil avval yashagan rimlik tarixchi Pompey Trog
Turkiyzabon xalqlarning eng qadimgi ajdodlari haqida shunday yozgan:
«Baqtriyaliklar, so’hdlar va xorazmliklar kelib chiqishining qadimiyligi bo’yicha
misrliklar bilan bemalol bellasha oladi». Bunday fikrni yunon tarixchilari Strabon,
gerodat, qikatiylar yozib qoldirgan mahlumotlarda ham uchratish mumkin.
IX-XII asrlarda yashagan O’rta Osiyo mutafakkirlarining qarashlarida
davlatni boshqarish va adolatli jamiyat qurish g’oyalari o’zining o’ziga xos ilmiy
mazmun kashf etishi bilan bog’liq. Bu g’oyalar Xorazmiy, Farqoniy, Forobiy, Ibn
Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk, Amir Temur, Navoiy va boshqa
buyuk zotlar ijtimoiy-siyosiy qarashlarida chuqur bayon etilgan. Al-Xorazmiy
“Algebra” faniga asos solib, dunyo ilmiga aniq fanlarni har tomonlama
rivojlantirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |