Pedagogik fikrlarning paydo bo`lishi. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha. Tarixga nazar tashlar ekanmiz, pedagogik g‘oyalar eramizdan oldingi VI asrda shakllanganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Zero, tabiatning oliy mahsuli inson paydo bo‘lishi tabiatning hodisalari, jarayonlarini o‘rganshi, ulardan yashash uchun oqilona foydalanish asosida insonlar sekin – asta madaniylashuvi, ijtimoiylashuvi asosida pedagogik g‘oyalar shakllana va rivojlna boshlagan.
Antik davrlarda ta’lim-tarbiya yoshlarga ota-onalarning yashash uchun tabiat ne’matlaridan foydalanish, uy-ro‘zg‘or yuritish, o‘zaro va tabiatga munosabat axloqi, odobi sifatida shakllana boshalagan bo‘lsa, bilimlar xajmi kengaya boshlagach, maxsus tarbiyachilarga ehtiyoj tug‘ila boshlagan. Ma’lum qabila, elat, millat miqyosidagi ta’lim-tarbiya qoidalari majmuasi konsepsiyalar alohida kishilar (ya’ni kohinlar yoki oqsoqollar) tomonidan takomillash-tirilgan. SHuning uchun ta’lim-tarbiya konsepsiyalari ko‘p hollar-da ma’lum bir shaxs (muallif)ning nomi bilan bog‘lanmaydi.
Antik pedagogikda tabiatga, atrof-muhatga o‘zaro insoniy munosabatlar majmuasi bo‘lgan donishmandlik pedagogikasi shakllangan. Donishmandlik pedagogikasida yoshlarda donishmandlik, mehnatsevarlik, ma’naviy – axloqiy sifatlar bilan uyg‘un rivojlanishi g‘oyasi ilgari surilgan. Bu pedagogik g‘oyalarning shakllanishi va rivojlanishida zardushtiylik ta’limoti, uning muqaddas kitobi “Avesto” (er.av.VII asr) da va qadimgi Xitoyning Daos maktabi (er. Av. SH asr) namoyandalir pedagogik tajribalarida aks etgan edi. Eramizdan avvalgi II asrlarga kelib qadimgi SHarq va Hindiston pedagogikasida insonning ma’naviy – axloqiy sifatlari va amaliy kasbiy faolligi bilan bog‘liq sog‘lom e’tiqod, mehnatsevarlik, sofdillik, saxiylik, insoniylik kabi shaxsning barkamollik g‘oyalari ilgari surildi.
Islom ta’limoti, Qur’oni Karim va Hadislarda, shuningdek, tasavvuf ilmida ilgari surilgan zoxiriy va botiniy ilmlarning mazmun – mohiyatini, insonning ma’naviy barkamollik sifatlarini to‘g‘ri anglash ta’lim-tarbiyaning metodologik asoslarini to‘g‘ri tanlashga yordam beradi.
SHuni alohida ta’kidlash joizki, antik falsafa (pedagogi-ka)da ham Demokrit, Platon, Aristotel (Arastu)asarlarida ham zohriy va botiniy ilmlar uyg‘unlikda insonparvarlik g‘oyalari ilgari surilgan edi.
Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyom, Ahmad al-farg‘oniy asarlarida ilmiy bilish va fan uzviyligi, shuningdek, ta’limda amaliy faoliyat ustuvorligi g‘oyalari ilgari surildi. XIII – XIV asarlarda SHayx Najmiddin Kubroning Kubroviya ta’limotiga asos bo‘lgan o‘nta bosqichlar (tavba, zuhd, tavakkul, qanoat, uzlat, tavajju, sabr, murokaba, zikr, rizo)ni, ustozlar tanlagan yo‘lning shogirdlarva kamolotidagi dunyoviy ilmlarni bir-biriga uyg‘un bog‘lashga bo‘lgan urinish Hazrati Abduholiq G‘ijduvoniy zikri Xufiya, ya’ni Alloh taol tomonidan ato qilingan ilm (“ilmi laduniy”) ni egallash qoidasi va tartibini amaliy tushuntirib bersa, uning sadoqatli shogirdi Bahouddin Naqshbandiy tariqatlarida mehnatsevarlik, o‘z qo‘l kuchi bilan halol luqma tpomoq ko‘ngil esa Alloh Taolo yodi bilan bo‘lmoqqa asoslangan: “Dil ba yoru dast ba kar!”, ya’ni “Ko‘ngil yor (Alloh) yodi bilan, qo‘l esa ish bilan band bo‘lsin”, degan g‘oya butun musulmon olamiga mashhurdir.
Mirzo Ulug‘bek ta’lim nazariyasida tadqiqot, kuzatish, umumlashtirish g‘oyasini ishlab chiqdi, bu g‘oyani amalda tadbiq qilib maktab va madrasalar, rasadxona va kutubxonalar ochdi va dasrliklar yozdi.
Umuman olganda, XV-XVI asrlarda Amir Temur, Alisher Navoiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi mutafakkirlar ma’rifiy va insonparvarlik g‘oyalarini ilgari surishdi.
XVII-XVIII asrlarda Abulg‘oziy, Nodira, Munis Xorazmiy, Ogahiy, Uvaysiy, Berdaq, So‘fi Olloyor asarlarida inson aqlini yuksakka ko‘tardi va uning qobiliyatiga ishongan holda ma’rifiy – pedagogik g‘oyalar o‘z aksini topgan.
XIX-XX asrlarda Dilshod otin, Anvar otin, Ahmad Donish, Furqat, Avaz
O‘tar o‘g‘li, Mahmudho‘ja Behbudiy, Hamza, Abdulla Avloniy va boshqalar “usuli jadid” ya’ni “yangi usul” maktablarida ta’lim-tarbiya jarayonida aqliy, jismoniy, estetik, axloqiy va mehnat tarbiyasini uyg‘unlikda amalga oshirish g‘oyasini ilgari surishdi.
SHunday qilib, o‘zbek pedagogikasi tarixi turli davrlardagi g‘oyalar, ma’rifiy – pedagogik qarashlar, ta’lim-tarbiya jarayonlari asosida rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tdi.
Pedagogik fikrlarning paydo bo`lishi. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha.
O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida pedagogika tarixi fani zamonaviy konsepsiyasini yaratish va yanada takomillashtirish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, “Mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari” (Safo Ochil); “Pedagogika” (R.Mavlonova, O.To‘raeva, K.Xoliqberdiev); “Pedagogika tarixi” (K.Hoshimov, S.Nishonova, M.Inomova, R.Hasanov); “Pedagogika tarixi” (O.Hasanboeva, J.Xasanboev, H.Hamidov); “O‘zbek pedagogika tarixi” (p.f.d. prof. Asqar Zunnunovning umumiy tahrir ostida), “O‘zbek pedagogikasi antologiyasi (K.Xoshimov va boshqalar) kabi darslik, o‘quv qo‘llanmalari, shuningdek, N.Saidahmedov, SH.Qurbonov va R.Ahliddinovning ilmiy pedagogik monografiyalari va maqolalarida pedagogik texnologiya tarkibiy qismlari, shaxs va milliy modelning uzviyligi, DTSning ijtimoiy mohiyati bilan bog‘liq masalalarning yoritib berilishi pedagogika tarixi fanida muhim ahamiyat kasb etdi. Ular O‘rta Osiyo xalqlari, jumladan, o‘zbek xalqining tarixiy – pedagogik merosni ommalashtirishga, yoshlarda milliy g‘ururni va milliy ma’naviyatni o‘stirishga, shuningdek, talabalarni jahon pedagogika fani rivojlanish tarixi, qardosh hamdo‘stlik davlatlari mutafakkirlarining ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari bilan tanishtirishga xizmat qilmoqda.
SHubhasiz, bu o‘quv qo‘llanmalari pedagogika tarixi fanini o‘rganishda talabalar uchun foydali bo‘lib, O‘rta Osiyo va SHarq xalqlarining tarixiypedagogik merosini hamda Rossiya va Evropa mamlakatlarida ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyotini bilib olishga imkon yaratadi. Lekin bu o‘quv qo‘llanmalari ham mazmuni va qurilishi jihatidan an’anaviy usulda yozilgan.
Ma’lumki, mustaqillik zaminida vujudga kelgan ma’naviy –ma’rifiy va ta’lim sohasidagi yangilanish markazida milliy g‘oya, miliy mafkura, kadrlar tayyorlash milliy modeli va milliy tarbiya asosiy o‘rinni egallaydi.
Pedagogik fikrlarning paydo bo`lishi. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha.
O'RTA ASR SHARQ MUTAFAKKIRLARI QARASHLARINING YOSHLAR AXLOQIY TARBIYASIDAGI O'RNI
Oysha Iskandarovna Jabborova
Buxoro davlat tibbiyot instituti dotsenti
ANNOTATSIYA
Maqolada O 'zbekiston Respublikasida ma 'naviy-ma 'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora tadbirlar tahlil qilingan. O'rta asr Sharq mutafakkirlari qarashlarida yoshlar axloqiy tarbiyasi masalalarining yoritilishiga keng e'tibor qaratilgan. Sharqona tarbiyaning falsafiy mazmuni ochib berilgan. Sharq mutafakkirlarining tarbiya borasidagi fikrlaridan misollar keltirilib, ma 'naviy asoslari tadqiq qilingan.
Kalit so 'zlar: Yangi O 'zbekiston, ma 'naviyat, tarbiya, o 'rta asr Sharq mutafakkirlari, axloq.
The article analyzes the measures taken to radically improve the system of spiritual and educational work in the Republic of Uzbekistan. The views of medieval Eastern thinkers focused on the issues of moral education of young people. The philosophical content of Eastern education is revealed. Examples of the ideas of Eastern thinkers on education are given, and their spiritual foundations are studied.
Keywords: New Uzbekistan, spirituality, education, medieval Eastern thinkers, morality.
Ma'lumki, yangi O'zbekiston sharoitida kelajagimiz poydevori bo'lgan yoshlami barkamol insonlar qilib tarbiyalashda sog'lom ijtimoiy-ruhiy muhitni yaratib berishga katta ahamiyat berib kelinmoqda. Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirmasdan turib, xalqimiz hayoti va turmushi yuksalishida hamda mamlakatimiz taraqqiyotida muvaffaqiyatlarga erishish qiyin. Qolaversa, ma'naviyat davlat ahamiyatiga molik masalaga aylandi. Sog'lom kishi deganda, faqat jismoniy sog'lomlikni emas, balki sharqona axloq-odob va umumbashariy g'oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz. Sharqona axloq-odob va umumbashariy g'oyalarni ongiga singdirib olgan yoshlar yuksak ma'naviyatli kishilardan hisoblanadi.
2020 yilni Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan "Yoshlami har tomonlama qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" deb e'lon qilinishi ma'naviy tarbiyada doimiy hamkorlik va muloqot doirasini kengaytirish yo'lida amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalarni belgilab berdi.
ABSTRACT
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
Mamlakatimizning barqaror taraqqiyotiga, qadriyat va urf-odatlarga hamda insonparvarlik g'oyalariga xavf soluvchi turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi samarali targ'ibot ishlarini olib borish; aholining ijtimoiy-ma'naviy hayotida bunyodkorlik g'oyalarini kuchaytirish, diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlik muhitini yanada mustahkamlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4307-sonli Qarori [1] qabul qilingan edi.
2019 yil 31 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 1059-sonli Qarori [2] e'lon qilinib, 8 bob va 70 banddan iborat uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasi ilova qilindi. Shuningdek, ushbu konsepsiyada uzluksiz ma'naviy tarbiyani oilada, maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus kasb-hunar va oliy ta'lim tizimi, ishlab chiqarishda faoliyat ko'rsatayotgan hamda band bo'lmagan yoshlar o'rtasida amalga oshirish bo'yicha vazifalar ko'rsatib berildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ta'kidlash joizki, yoshlar axloqiy tarbiyasida o'rta asr Sharq mutafakkirlari qarashlarining roli beqiyosdir.
XV asrda Movarounnahr, Eron va Xurosonda ijtimoiy-falsafiy, ma'rifiy fikr taraqqiyotiga ulkan xissa qo'shgan olim Jaloliddin Davoniydir. Bizga ma'lumki, Sharq Uyg'onish davrida, Amir Temur va Temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat yuksalgan davr edi. Davoniy ham ushbu davrning ilm-fan va axloqiga ulkan xissa qo'shgan qomusiy olimdir. U Foniy tahallusi bilan ijod qilgan. Uning she'rlari Eron va Iroqda chop etilgan. Davoniyning eng mashhur asari bu "Axloqi Jaloliy" deb nomlanadi. Mutafakkir o'z asarida yosh avlodni tarbiyalash va uni yaxshi kasb hunar va malakalarni egallashi to'g'risida so'z yuritar ekan, avvalo inson jamiyatda, atrofdagilar bilan o'zaro munosabat natijasida kamol topishini uqtiradi.
Husayn Voiz Koshifiy o'zining "Futuvvatnomai Sultoniy yohud javonmardlik tariqati" asarida futuvvat ilmining mohiyati, uning mavzui, kelib chiqishi, piru muridlik, shayxlik va shogirdlik munosabatlari, so'fiylar va futuvvat axliga qo'yiladigan talablar, firqa shartlari, ular kiyadigan liboslari, bosh kiyimlar xulq-odobi haqidagi fikrlar batafsil bayon qilinadi [3]. Koshifiy futuvvat ilmi to'g'risida so'z yuritar ekan, tasavvuf va tavhid ilmining bir bo'lagi sifatida ta'rifllaydi va uning asosiy mavzusi inson ruhini tarbiyalash deb biladi. "Zero insonning ruhini fazilatli qilib yetishtirish mumkin" [4], deydi mutafakkir. Allomaning fikricha, futuvvat tariqatiga mansub inson yaxshi axloqli, javonmard, shijoatli, sahovatli, xalq g'amini
27
Scientific Journal Impact Factor
o'ylaydigan, insonparvar, xushfe'l, kamtar, xokisor, xushfe'l bo'lmog'i zarur deyiladi. Koshifiyning ushbu risolasida, javonmardlik tariqati, uning xususiyatlari, sifatlari shartlari, futuvvat axlining xislatlari, tariqatning maqomlari va boshqalar haqida ma'lumot beradi. Yana mutafakkir javonmardlikning ruknlari haqida gapirib, ular oltita botiniy ruknlardan iborat ekanligini aytadi. Xusayn Voiz Koshifiy asarlarini o'z davrining ilmiy tili -fors tilida yozgan bo'lib, undan ko'pgina ilmiy,badiiy tarjima asarlari ham meros qolgan. U falsafa, axloq, tilshunoslik, adabiyotshunoslik siyosat, tarix, kimyo, astronomiya, matematika, musiqa, voizlik, she'r san'ati, din tarixi, fiqx, tibbiyot kabi fanlarga oid 200-dan ortiq asarlar yozganligi manbalardan ma'lum. Allomaning O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik insitutida asarlarining qo'lyozma va toshbosma nusxalari saqlanmoqda. Olim o'z davrining ko'zga ko'ringan iloxiyotchisi bo'lib, Hadisni, Qur'oni Karimni yoddan bilgan, hatto Qur'onga to'rt kitobdan iborat sharh ham yozgan [5]. Koshifiyning "Axloqi Muhsiniy", "Anvari Suxayli", "Risolati Xotamiya", "Futuvvatnomai Sultoniy", "Tasviri Xusayniy", "Javohirnoma" kabi o'nlab asarlari arab, tatar, eski o'zbek, urdu, turk, nemis, ingliz, fransuz va boshqa tillarga tarjima qilingan. Bugungi kunda allomaning asarlari Parij, London, Berlin, Sankt-Peterburg, Moskva kabi shaharlarda, Iroq, Turkiya, Eron, Afg'oniston, Xindiston, Bangladesh va boshqa sharq mamlakatlarining kutbxonalarida saqlanmoqda. Chet yel mamlakatlarida allomaning asarlariga qiziqish XVIII-XIX asrlardayoq juda kuchli bo'lib, G'arbiy Ovro'paning X.G.Kin, M,Duayt, D,D,Donal'son, E.Braun, A,A,Arberri, E,S,Kennedi, E,Rozen'tal', X,Masse, K.S, Lambton, R,Levi, A, M, Shasteri kabi mashxur olimlari Markaziy Osiyo vaEronning XIV-XV asrdagi madaniyati tarixini atroflicha o'rganganlar va allomaning boy tarixiy merosiga yuksak baho berganlar. Xusayn Voiz Koshifiy Hirot madrasalarida talabalarga ta'lim - tarbiya berib, ularga hamda Xuroson shahri axolisiga axloq-odobdan ham ma'ruzalar o'qigan.
Koshifiyning bebaho axloqiy merosi barkamol avlod tarbiyasida muhim rol o'ynaydi. U o'z asarida bola tarbiyasiga juda katta e'tibor qaratadi. Bolaga iloji boricha yaxshi ta'lim tarbiya berish kerak, shunda u ezgu xislatlarni o'zlashtiradi. Bolaning ongi beg'ubor va musaffo, uni zararli illat va salbiy odatlardan saqlamoq lozim, deydi alloma. Koshifiy bolani yoshligidanoq o'z qiziqishi va qobiliyatiga qarab, biror kasb hunarga yo'naltirish va unga o'z ustida izlanishi uchun shart-sharoit yaratib berish lozim deydi. Bunda bevosita ota-ona va muallimning naqadar ma'sul bo'lishini uqtiradi. Koshifiy komil insonning o'n xil fazilatlarini keltiradi:
Birinchisi, xayrli ishlarda insonlar bilan nizoga bormaslik;
Scientific Journal Impact Factor
Ikkinchisi, har qanday holatda ham, his tuyg'u va ehtirosni jilovlay olish. Uchinchisi, birovlarning aybini, nuqsonini qidirmaslik. To'rtinchisi, insonlar baxtsizligiga hamdard bo'lish.
Beshinchisi, bir inson ayb ish qilsa, va u o'z aybiga iqror bo'lsa, uni kechirmoq. Oltinchisi, yordamga muhtoj insonlarga, qo'ldan kelgancha yordam bermoq. Yettinchisi, insonlar baxt-saodati uchun g'amxo'rlik qilish. Sakkizinchisi, inson o'zidagi bor kamchilikni ko'ra bila olishi va uni tuzatmog'i.
To'qqizinchisi, go'zal xulq odobga ega bo'lmoq. O'ninchisi, shirinsuxanlik va xushmuomlalikdir" [5].
Husayn Voiz Koshifiy "Axloqi Muxsiniy" asarida barkamol inson haqida va u egallashi zarur bo'lgan ma'naviy-axloqiy go'zal fazilatlar haqida so'z yuritadi. Ushbu fazilatlar inson komilligining zamini bo'lib xizmat qiladi.
Alisher Navoiy kishilarga mehr-muruvvat ko'rsatishga, solih amallarni bajarishga, nafsni tiyishga, kambag'allarga xayr-ehson qilishga, rahmdil va shafqatli bo'lishga, doimo xalq g'amini yeyishga, ular tashvishida yashashga insonlarni da'vat qildi, insoniylik va odamiylikni har narsadan yuqori qo'yadi: Odamiy ersang demagil odami, Oniki yo'q xalq g'amidin g'ami [6].
Hazrat Navoiy o'zining nasriy va nazmiy asarlarida komil inson uchun poydevor bo'lib xizmat qiladigan odamiylikka, insonparvarlikning turli jihatlariga e'tibor beradi.
Shoirning ta'kidlashicha, hayotda shunday odamlar borki, ular tashqi tarafdan inson qiyofasida bo'lsa ham, qilgan ishlari, fe'l-atvori insonlarga xos emas. Ularning so'zi bilan ishi turlicha, qilgan ishlari qabihlik va riyokorlikdan boshqa narsa emas. Bunday odamlarni insonlar qatoriga qo'shib bo'lmaydi, ular bilan do'stlashishdan qochish kerak:
Kimniki inson desang, inson emas, Shaklda bir, fe'lda yakson emas, Naxl sifat sham' ila muz jo'shasi Munung o't, oning suv erur xo'shasi. Kimniki aylay der esang mahraming Ko'p sinamay aylamagil hamdaming.
Buyuk mutafakkir Abulqosim Firdavsiy shunday degan edi: "Olamda eng avvalo inson aqli yaralgan. Aql qalb posbonidir. Aql yana uch qo'riqchi: til, ko'z,
Scientific Journal Impact Factor
quloqning ustidan ham posbonlik qilguvchidir. Zero, ezgulik va yovuzlik aynan ana shu uch a'zo orqali qalbga kirib boradi"
Ahmad Yassaviy insondagi yomon illatlarni nafs deb biladi va unga qarshi kurash lozimligini uqtiradi. Nafsni tiymaslik, mol-dunyoga xirs qo'yish, ta'magirlik, badnafslik, nokaslik, nodonlik, jaholat va razolatni qattiq qoralaydi.
Ahmad Yassaviy hikmatlarining katta bir qismi ayni shu masala talqinlariga bag'ishlandi. Uning ta'rifiga binoan, nafs "Yabon qushdek qo'lga qo'nmas" bir narsa. Bu "qush" o'z xoxishicha "parvoz" etaversa, odamni kundan kun to'g'rilikdan ozdiraveradi. Oqibatda esa:
Nafs yo'liga kirgan kishi rasvo bo'lur. Yo'ldan ozib, toyib to'zib gumroh bo'lur [7-11].
Buyuk ajdodlarimiz o'z ilmiy qarashlarida insonning komillik darajasiga yetishishiga, uning xulq-atvorida yuksak fazilatlar shakllanishiga undovchi ichki turtki, ma'naviy intilish, kuch va g'ayrat, ya'ni motiv va motivatsiya mavjud bo'lmas ekan, yuksak kamolotga erishish mumkin emasligini bayon qilganlar.
Xulosa qilib aytganda, O'rta asrlardagi komil inson ta'limoti xalqning orzu-istaklari, fikr-o'ylarini aks ettirgan bo'lib, undan ko'zlangan asosiy maqsad xalqni komil inson qilib tarbiyalash, jamiyatga foyda keltirish, turli aqida va toifaga mansub kishilarning ongi-shuuriga ilohiy xislatlar, iymon-e'tiqod, hamida axloq, go'zal fazilat va xulq-odob qoidalarini singdirish bo'lgan. Mutasavviflar tomonidan komil insonga xos xususiyatlarning ochib berilishi keyingi allomalar, faylasuflarning asarlari, qarash va g'oyalarining ma'naviy asosi bo'ldi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4307-sonli Qarori.
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 1059-sonli Qarori.
3. Aliqulov X., Nosirov R., Qodirov M., Omonboyeva R., Ashurov A. Tasavvuf ta'limoti va uning yoshlar tarbiyasidagi o'rni. O'quv qo'llanma. Andijon. 2005y.36-
4. Husayn Voiz Koshifiy. Futuvvatnomai sultoniy yohud javonmardlik tariqati.-T.,1994-y. 7-b.
XULOSA
b.
Scientific Journal Impact Factor
Ma'naviyat yulduzlari. Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 2001y.
5. Aliqulov X. Mutafakkirlar axloq va adolat xaqida.T. Adolat. 1995-y.30-b.
6. Alisher Navoiy. Hayratul-abror - T.: G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1989. - 155 b.
7. Zhabborova, O. I., & Kenjaeva, H. P. (2018). Bases of gender equality of rights in Uzbekistan. Международный журнал гуманитарных и естественных наук, (5-
8. Кенжаева, Х. П., Тожиев, Ф. И., & Жураев, Б. Н. (2014). РОЛЬ ЖЕНЩИН В СОЗДАНИИ И РАЗВИТИИ ДЕМОКРАТИЧЕСКОГО ОБЩЕСТВА В УЗБЕКИСТАНЕ. In Инновации в технологиях и образовании (pp. 119-123).
9. Кенжаева, Х. П. (2021). ФУ^АРОЛИК МАДАНИЯТИ МЕЗОНЛАРИ ШАР^ ФАЛСАФАСИ ТАЛ^ИНИДА. Academic research in educational sciences, 2(3).
10. Кенжаева, Х. П. (2021). Аёллар ижтимоий фаоллигини оширишда фукдролик институтларининг урни. Scientific progress, 1(6), 957-961.
11. Кенжаева, Х. (2021). Миллий маънавий меросимизда таълим-тарбия масалалари. Общество и инновации, 2(6/S), 18-24.
242-b.
2).
Do'stlaringiz bilan baham: |